Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

461

Ular  Suinbern  bilan  Rosseti  haqida 

lashib,  so‘ng  fransuz  adabiyotiga  ko‘chdi.  Bu 

mavzuda  Meri  shunday  narsalami  gapirdiki, 

Martin  o‘zini  fransuz  adabiyotidan  hech  narsa 

bilmasligini  tushundi.  Ammo  Martin  Merining 

Meterlinkni  yaxshi  ko'rishini  sezib  qolib,  unga 

qarshi  puxta  о Siangan  dalillarni  ro Icach  qila 

boshladi;  bu  dalillar  «Sharmanda  bolgan  qu- 

yosh»ga asos bolgan edi.

Yana bir necha odam keldi,  nihoyat,  Brissen­

den jangni boshlashga ahd qilganida xona tama- 

ki tutunidan qorongllashib qoldi.

-  


Bu yerda ishlov berish  kerak bolgan yangi 

material  bor,  Kreys,  -   dedi  u,  -   butun  yoshlik 

ehtirosi bilan Gerbert Spenserga shaydo bolgan 

g‘o‘r  bir  yigitcha.  Qani,  uni  Gekkel  muxlisiga 

aylantirib ko'ringlar-chi!

Kreys xuddi elektr toki yuborilgandek bir sap- 

chib  tushdi,  Norton  esa  Martinga  achinganday 

qarab qoydi-da, go"yo o‘zim himoya qilaman, deb 

va’da  berayotgandek  jilmayib,  uning  ko'nglini 

ko‘tarib qoydi.

Kreys  shu  zahotiyoq  Martinga  hujum  bosh­

ladi,  lekin  Norton  ham  asta-sekin  gap  boshlab 

turdi,  nihoyat,  suhbat u  bilan  Kreys  o'rtasida- 

gi  yakkama-yakka  jangga  aylandi.  Martin  bu 

munozarani  tinglarkan,  o‘z  quloqlariga  ishon- 

masdi,  shu  narsalarning  hammasi  uning  ko‘z 

o'ngida,  yana qayerda  deng,  Market-strit janu- 

bidagi  ishchi  mahallasida  sodir  bolayotganiga 

hech aqli bovar qilmasdi. U o'qigan kitoblarning 

hammasi  goyo  shu  odamlar  timsolida jonlan- 

gandek  boldi.  Ular jahdu jadal  bilan,  ishtiyoq

suhbat-



462

Jek  London

bilan gapirishardi, boshqalarni g‘azab yoki spirt 

ichimligi  qanday  hayajonlantirsa,  aql  o^ini 

bularni  ham  shunday  hayajonga  solardi.  Bu 

Kant va Spenser singari afsonaviy avliyolarning 

kitobiy  so‘zlaridan  tuzilgan  quruq  falsafa  emas 

edi.  Bu  jonli  falsafa  edi,  u  bahslashuvchilar- 

ning qoniga va joniga singib ketgan,  nutqlarida 

qaynab-toshar  edi.  Asta-sekin  boshqalar  ham 

bahsga  aralashdi,  papiroslarini  tutatib,  butun 

diqqat-e’tiborlari  bilan  munozaraning  borishini 

kuzatishdi.

Idealizm Martinni hech qachon qiziqtirmagan 

edi.  Endi u  Martinga Nortonning bayonida yan­

gi  bir  kashfiyotdek  tuyuldi.  Biroq  Martinga  rad 

qilib bolmaydigandek ko'ringan mantiq Kreys bi­

lan  Gamiltonni  ishontira  olmadi,  ular  Nortonni 

metafizik deb ustidan kulardilar, Norton esa, o‘z 

navbatida, ulami metafizik deb atardi.

Havoda muttasil «fenomenlar» va «noumenlar» 

degan  so‘zlar  yangrardi.  Kreys  bilan  Gamilton 

Nortonni, sen ongni ongning o‘zidan kelib chiqib 

izohlaysan, deb ayblardilar. Norton esa sizlar da- 

1Шаг asosida emas, tushunchalar asosida xulosa 

chiqarasizlar,  deb  ulami  suxanbozlikda  ayblar 

edi.  Bu  ularning jig'ibiyronini  chiqarardi.  Ular­

ning  asosiy  tamoyillari  ishni  dalillardan  bosh- 

lamoq  va  dalillarga  nom  bermoq  kerak,  degan 

xulosadan iborat edi.

Norton  Kantning  murakkab  muhokamalarini 

tahlil qilishga kirishib ketgan edi, Kreys, eskicha 

talim  olgan  har  bir  hurmatli  nemis  faylasufi, 

olganidan keyin Oksfordga kelib istiqomat qilar- 

kan,  deb  qoydi.  Norton  Gamiltonning  shartlilik





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish