Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

0 ‘TTIZ YETTINCHI BOB

Martin ertasiga ertalab Brissendenning masla- 

hatiga  quloq  solmay,  «Sharmanda  bolgan  qu- 

yosh»ni «Akropol» jurnaliga yubordi.  U jurnallar- 

dan  birontasi,  maqolamni  albatta  bosadi  degan 

umidda edi, jurnalda muvaffaqiyat qozonganidan 

keyin kitob nashriyotiga yol  ochish osonlashar- 

di.  U  «Efemerida»ni  ham  mashinkada  ko‘chirib, 

jumal tahririyatiga yubordi. Brissendenning mu- 

harrirlar va jurnallardan nihoyat darajada qattiq 

nafratlanishiga qaramay, Martin doston bosilishi 

kerak degan qat’iy qarorga keldi. U dostonni mu- 

allifning ijozatisiz bostirishni o'ylamagan edi, al­

batta.  U dostonni bironta yirik jurnal qabul qili- 

shini  istardi,  ana  undan  keyin  Brissendenning 

roziligini olsa boladi, deb o'ylardi Martin.

Martin  shu kuni ertalabdan boshlab, bundan 

uch  haftacha  burun  о*у1аЬ  qoVgan  va  o'shan- 

dan  beri  qog'ozga  ko'chirilishini  kutib  yotgan 

qissasini  yozishga  kirishdi.  Bu  dengiz  hayotini 

real xarakterlar va real voqealar asosida tasvir- 

lovchi  yigirmanchi  asr  romantikasining  namu- 

nasi  bolgan  qiziq  syujetli  qissa  bolishi  kerak 

edi.  Lekin  asardagi  qiziqarli  voqealar  zamirida 

shunday bir narsa yashirinishi kerak ediki,  uni 

sayoz fahmli kitobxon payqay olmasa-da, qissani 

o'qiganda huzur qilishi kerak edi.  Martin uchun 

bu qiziqarli voqealar emas,  aynan ana o‘sha «bir 

narsa» qissaning eng muhim jihati hisoblanardi. 

Uni hamisha asarning g‘oyasi o‘ziga jalb qilardi, 

syujet esa shu  g'oyaga bogliq edi.  U  o‘zi uchun 

g'oyani  aniqlab  olib,  uni  nihoyatda  ravshan




468

Jek  London

ifodalay  oladigan  voqealami  axtarardi.  Qissa- 

ning nomi «Kechikkan» deb atalishi va hajmi olt- 

mish ming so‘zdan oshmasligi kerak edi. Martin­

ning  ishga  qobiliyati  va  ijodiy  g'ayrati  e’tiborga 

olinsa,  bu albatta arzimas  bir ish edi.  U qissani 

yozishga  kirishgan  birinchi  kuniyoq  o‘z  san’at- 

korlik  mahoratidan  judayam  lazzatlandi.  Endi, 

adabiy  shakl  topishdagi  no'noqligim  fikrlarimni 

zaiflashtirib qo^adi, deb qo'rqmasdi. Martin ko‘p 

oylar  mobaynida  qunt  bilan,  tirishib,  zahmat 

chekib, nihoyat, o‘zi orzu qilgan samaraga erish- 

di.  Endi  u  o‘z  maqsadi  sari  dadil  va  og'ishmay 

borishi mumkin, ishga butun vujudi bilan berilib, 

hayotni hozir har qachongidan ham to‘g‘ri tushu- 

nayotganini  va  uni  to‘g‘ri  tasvirlay  olishini  his 

qilardi. Martin «Kechikkan» qissasida yuz bergan 

voqeiy hodisani  tasvirlamoqchi va haqqoniy fikr 

yurituvchi,  haqqoniy  tuyg4ili  kishilarni  ko‘rsat- 

moqchi  boldi.  Ammo  bundan  tashqari,  qissada 

ulkan  sirli  ma’no,  barcha  mamlakatlar,  barcha 

zamonlar va barcha xalqlar uchun bir xilda ado- 

latli bolgan g'oya bolishi kerak edi.  «Shulaming 

hammasiga  Gerbert  Spenser  tufayli  erishdim,

-   deb  oyiadi  Martin  kursi  suyanchiglga  o‘zini 

tashlab.  -   Ha,  Gerbert  Spenser  tufayli,  shu  bi­

lan birga,  u  qolimga tutqazgan,  koinot  sirlarini 

ochuvchi va takomil  qonuni  deb  ataluvchi  kalit 

tufayli erishdim!»

Martin hozir yaratayotgan asarining muhim- 

ligiga  juda  yaxshi  tushunardi.  Ish  yurishib 

ketadi!  Yurishib  ketdi.  Nihoyat,  u  har  qanday 

jurnal  ikki  qoli  bilan  yopishib  oladigan  narsa 

yozadi.  Butun  qissa uning  ko'zi  oldida  butun-





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish