Martin Iden
457
tan olmaydi. Hech tap tortmay olikning
ni yechib olaveradi. U bilan burjua ahli o‘rtasi-
dagi farq shundaki, u o'zini aldamasdan turib,
o‘g‘irlik qilaveradi. U Nitsshe, Shopengauer, Kant
to‘g‘risida, duch kelgan narsa to‘g‘rida gapirishi
mumkin, lekin aslida faqat monizmga qiziqadi.
Hattoki, o‘z Merisi haqida ham monizm haqida
oyiaganchalik oyiamaydi. Gekkelni xudo deb bi-
ladi. Uni haqorat qilishning birdan-bir yoli Gek-
kelga til tegizishdir. Mana, yetib ham keldik.
Brissenden tepaga chiqish oldidan nafasini
rostlab olish uchun flyagalarni zina pillapoyasiga
qo“ydi. Ikki qavatli bu oddiy uy muyulishda tu-
rar, birinchi qavatida salun va baqqollik dolconi
bor edi.
- Ulfatlar shu yerda istiqomat qilishadi, butun
ikkinchi qavatni egallashgan, - dedi Brissenden,
- lekin faqat Kreys ikki xonali kvartirada yashay-
di. Ketdik!
Tepada chiroq yo‘q edi, lekin Brissenden
qorong'ida xuddi ajinadek dadil yurib borardi. U
tobctab, Martinga dedi:
- Bu yerda yana Stivens degan odam bor, teo-
sof. Jag‘i ochilib ketsa, har qanday odamni ham
gapidan adashtirib yuboradi. Yaqinda restoranga
idish-tovoq yuvuvchi bolib ishga kirdi. Alo navli
sigaralarni juda yaxshi ko‘radi, oshxonaga kirib
o‘n sentlik ovqat eyishi, keyin ellik sentga sigara
sotib olib chekishi mumkin. Men, har ehtimolga
qarshi, uning uchun ikki dona sigara olib kel-
dim. Yana Parri ismli avstraliyalik yigit ham bor,
bu - statist va jonli sport qomusi. Siz undan,
Paragvayda ming to'qqiz yuz uchinchi yilda g‘alla
kafani-
458
Jek London
hosili qanaqa bolgan edi yoki ming sakkiz yuz
to‘qsoninchi yilda Xitoyga qancha ingliz matosi
olib kirilgan yoxud Jimmi Brayt Battling Nelson-
ni enggan chog'da vazni qancha edi, yo bolma-
sa ming sakkiz yuz oltmish sakkizinchi yilda
Qo'shma Shtatlaming o‘rta vazndagi chempioni
kim edi, deb savol bersangiz, u hamma savolla-
ringizga xuddi avtomat singari tez va bexato
javob qaytaradi. Yana Endi degan g‘isht teruvchi
ishchi ham bor, har narsaga o‘z nuqtai nazaridan
qaraydi, shaxmatni yaxshi otynaydi; keyin non-
voy Garri bor, u ashaddiy sotsialist va kasaba
uyushmasi arbobi. Ha, aytganday, oshpazlar bi
lan ofitsiantlaming ish tashlagani esingizdami?
Uni Gamilton uyushtirgan. U uyushma tashkil
qilib, shu yerda, Kreysning xonasida otirib ish
tashlash rejasini ishlab chiqqan. Buni u ermak
uchun qilgan edi, keyin yalqovligidan uyushma
ishlarida ishtirok etmadi. Agar xohlasa, allaqa-
chon katta lavozimga erishishi mumkin edi. Bu
odam behad imkoniyatlarga ega, ammo tasawur
qilib bolmas darajada yalqov.
Brissenden qorong'ida hamon yurib borardi,
nihoyat, ular eshik ostidagi tirqishdan yorug‘
tushib turgan xona oldiga kelishdi. Eshikni
taqirlatishdi, «kiring!» degan ovoz eshitildi.
Kirishlari bilan Martin Kreysning qolini siqib
ko'rishdi. Kreys - tishlari oppoq, sochi, motylovi
qop-qora, ko‘zlari qora va ma’nodor, о let am yigit
edi. Vazmin tabiat, sariq sochli juvon Meri ham
oshxona, ham yemakxona vazifasini o‘tovchi
kichkina xonada idish-tovoq yuvardi. Birinchi
xona yotoqxona va mehmonxona edi. Xona-
Do'stlaringiz bilan baham: |