Martin Iden
475
nima da Vo qilmayman. Faqat kuchli
ustida javlon urgan otliq davlatni muqarrar in-
qirozdan saqlab qolishi mumkin. Nitsshe haq
edi. Men vaqtni o'tkazib, Nitsshening kimligini
sizlarga tushuntirib o'tirmayman, lekin u haq
edi! Dunyo kuchlilarnikidir, negaki ular qancha-
lik qudratli bolsalar, shunchalik oliyjanob ham-
dirlar, ular chayqovchilik botqog‘ida tipirchilab
yotmaydilar. Dunyo asilzoda kiborlarniki, sariq
soch shayton odamlamiki, murosasozlik qil-
may, hamma vaqt hayotga «labbay» deb javob
qiluvchilamikidir. Ana shular sizlami, ya’ni sot-
sializmdan qo‘rquvchi va o‘zini shaxsiyatparast
deb ko'rsatuvchi sotsialistlami yamlamay yutib
yuboradilar. Qullarga xos o‘rtamiyonalik si-
yosatingiz sizni qutqara olmaydi! Ha, albatta,
bulaming hammasi sizga chigal jumboqday nar
sa, shuning uchun ortiq jiglngizga tegmoqchi
emas man. Lekin bir narsani unutmang! Butun
Oklendni qidirib, chinakam shaxsiyatparast-
lardan besh-oltitasini ham topa olmaysiz, lekin
o'shalardan biri kamina qulingiz Martin Idendir.
Martin, munozara tamom boldi, degandek
Rufga o‘girilib oldi.
- Bugun juda charchadim, - dedi u, - men
suhbatga emas, muhabbatga mushtoqman.
- Meni ishontira olmadingiz. Hamma sotsia-
listlar ikkiyuzlamachi boladi. Ularning bosh-
qalardan ajratib turuvchi belgisi ham ana shu,
- dedi mister Morz.
Lekin Martin bu gapni javobsiz qoldirdi.
- Hechqisi yo‘q! Hali sizni tuppa-tuzuk res-
publikachi qilib qoyamiz, - dedi sudya Blount.
shaxs. ot
476
Jek London
-
Bu hoi yuz berishdan awal otliq yetib kela
di, - ehtirom bilan e’tiroz bildirdi Martin va yana
Rufga o'girildi.
Lekin mister Morz Martindan norozi edi.
Bolajak kuyovning ishyoqmasligi va ish faoliya-
tining normal, bama’ni turlaridan nafratlanishi
unga yoqmasdi; kuyovining mulohazalari unga
yot, fel-atvorini esa tushunmasdi. Shu payt
mister Morz suhbat mavzuini Gerbert Spen
ser talimotiga burib yubormoqchi boldi. Mister
Blount uning gapini quwatladi. Faylasufning is-
mini eshitishi bilan qulogl ding bolgan Martin
takabburlik bilan Spenserning g'oyalarini tanqid
qilayotgar sudyaning ovozini eshitib qoldi. Mis
ter Morz go^o: «Eshityapsizmi, bo‘tam?» demoq-
chiday o‘qtin-o‘qtin Martinga qarab qoyardi.
- Mahmadona hakka, - deb to‘ng‘illab qoydi
Martin, so‘ng yana Ruf va Artur bilan gaplashib
o‘tiraverdi.
Lekin kun bo^i ishlab charchaganligi va
kechagi «asl odamlar» bilan bolgan mubohasa-
lar o‘z ta’sirini ko'rsatdi; boya tramvayda o‘qigan
maqola uning g'azabini qo'zitgan, u hali ham
jahldan tushmagan edi.
- Nima boldi? - Martinning zo‘r-bazo‘r o‘zi-
ni bosib o‘tirganini payqagan Ruf hayajon bilan
so‘radi.
- Tanib bolmaydigan xudodan boshqa xudo
yo‘q, Gerbert Spenser esa uning yerdagi vakili, -
deb yubordi sudya.
Martin yalt etib unga o'girildi.
- Bozori оЧтау qolgan safsata, - dedi u xotir-
jamlik bilan. - Buni men birinchi marta Siti-Xoll-
Martin Iden
477
parkda bir ishchining og‘zidan eshitgan
ishchi salgina aqlliroq bolsa chakki bolmasdi.
0 ‘shandan beri bu jumlani tez-tez eshitib tura-
man-u, har safar uning qabihligidan nafratla-
naman. Uyalmadingizmi? Sizning og‘zingizdan
chiqayotgan so'zlar orasida u buyuk va oliyja-
nob kishining ismi misoli kolmak suvga tomgan
bir tomchi shabnamga o'xshaydi. Men sizdan
nafratlanaman!
Martinning so'zlari xonada o'tirganlami xud
di momaqaldiroq guldurosidek hang-mang qilib
qo^di. Sudya Blount cho‘g‘dek qizarib ketdi, ora-
ga mash’um bir sukunat cholcdi. Mister Morz
ichidan sevinar, qizining qattiq xijolat chekkani-
ni ко‘rib turardi. U o‘z niyatiga yetdi: u jini sev-
maydigan odamning tabiiy qo'polligini yuzaga
chiqarishga sababchi boldi.
Ruf yolvoruvchi bir tarzda stol ostida Martin
ning qolini qisdi, lekin endi Martinning qoni qay-
nab ketgan edi. Yuksak lavozimdagi kishilarning
dimog'dorligi va kaltafahmligi uning jiglbiyroni-
ni chiqargandi. Oliy sud a’zosi! Tavba, bor-yo‘g‘i
bundan ikki-uch yil muqaddam Martin bunday
odamlarni xudo yarlaqagan odamlar deb, ularga
sajda qilishga ham tayyor edi.
Sudya Blount o'ziga kelib, Martinga hatto
zo‘rma-zo‘raki nazokat bilan qarab qo“ydi va suh-
batni davom ettirishga urinib ko'rdi, lekin faqat
bu yerdagi xonimlar tufayli shunday qilayot-
ganini Martin tushundi. Bu uni yana beshbattar
g'azablantirdi. Nahotki yer yuzida nomus degan
narsa qolmagan bolsa?
edim, u
Do'stlaringiz bilan baham: |