486
Jek London
lar bilan sezdirmasdan qildilar. Ular sizning
sudyalaringizni pora bilan o'zlariga og‘dirib oldi,
qonunlaringizni buzib, o‘g‘il-qizlaringizni shun
day asoratda saqlamoqdalarki, qonuniy tus olgan
qullikning jamiki dahshatlari uning oldida hech
gap bolmay qoldi. Hozir sizning ikki million na-
far farzandlaringiz Qo‘shma Shtatlarining sanoat
xo'jayinlari zulmi ostida zahmat chekmoqda. 0 ‘n
million nafar qul boshpanasiz, och-yalang‘och
kun kechirmoqda. Yo‘q, qullar davlati mustaqil
yashay olmaydi, negaki bu tadrijiy takomilning
biologiya qonuniga ziddir. Qullar jamiyati tash-
kil topishi bilan darhol tushkunlik, nasi aynishi
boshlanadi. Siz tadrijiy takomil qonunini inkor
qilasizmi? Yaxshi! Bolmasa, siz qaysi qonunga
suyanmoqchisiz? Uni bizga ta’riflab bering. Balki
allaqachon ta’riflagandirsiz? Unday bolsa, men
ga tushuntirib bering uni.
Martin zaldagilaming baqiriq-chaqiriqlari os
tida o‘z o‘miga borib otirdi. Yigirmatacha odam,
menga so‘z bering, deb birdan o‘rinlaridan tu-
rishdi. Ular jo‘shqin ehtiros bilan qollarini paxsa
qilib, zaldagilaming gulduros qarsaklari ostida
birin-ketin Martinning hujumini daf qilar edi
lar. Bu chinakam jang edi, g'oyalaming shid-
datli to'qishishi edi. Keyinroq notiqlaming nutqi
umumiy mavzularga o‘tib ketgan bolsa ham,
aksariyat bevosita Martinga e’tiroz bildirardi.
Ular Martin uchun yangi bolgan fikrlami bayon
qilardilar; eski biologik qonunlami tatbiq qilish
uchun yangi imkoniyatlar borligini ko'rsatar edi
lar. Ular munozaraga mukkasidan sho‘ng‘ib ket-
ganligidan odobni ham unutib qo*ygan edilar,
Martin Iden
487
shuning uchun rais ulami bir necha bor tartibga
chaqirishga majbur boldi.
Sensatsiya ketidan quvaverib holdan toy-
gan yosh bir muxbir tasodifan shu majlisga
kelib qolgan edi. Unda na aql-idrok va na taj-
riba bor edi. Unda faqat gazeta muxbiriga xos
surbetlik bor edi. U mubohasaning ma’nosiga
tushunmas, haddan tashqari nodon edi. Biroq
u o‘ziga shunday bino qo^ygan ediki, mana bu
ishchilar sinfining mahmadona vosvoslaridan
o'zini baland tutardi. Shu bilan birga u yuksak
mavqedagi kishilarni, millat va gazetalar siyo-
satini belgilaydigan kuchli odamlarni juda hur-
mat qilardi. Uning eng oliy orzusi yo'qni yo‘ndi-
rishga qurbi yetadigan birinchi darajali muxbir
bolishdan iborat edi.
U baribir suhbatning nima to‘g‘risida bo-
rayotganini tushunmadi. Tushunishning ham
hojati yo‘q edi. U «inqilob» singari ayrim so‘zlar-
ga mahkam yopishib oldi. Paleontolog bir dona
topilgan suyak orqali butun boshli skeletni
tiklagani singari, bu muxbir ham esida qolgan
yagona «inqilob» so'zi bilan butun boshli nutqni
tiklamoqchi boldi. Shu kuni kechqurun nuqul
shu ish bilan shug4illandi, ishi muvaffaqiyat-
li chiqdi. Martinning nutqi hammadan ko'proq
shov-shuvga sababchi bolgani uchun, muxbir
Martinni anarxist deb tasvirlab, reaksion indi-
vidualizmni eng ashaddiy sotsializmga yo*y di-da,
o‘zi yozgan nutqni Martinning tili bilan bayon
qilmoqchi boldi. Muxbir yigitning adabiy iste’do-
di yo‘q emas edi, shuning uchun darg'azab olo-
monning shov-shuvi ostida musht dolaytirgan,
baqirib-chaqirgan sochi uzun badjahl odamlar-
ni, asab kasaliga yoliqqan kishilarni juda mohir-
lik bilan tasvirladi.
488
Jek London
Do'stlaringiz bilan baham: