Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

0 ‘TTIZ SAKKIZINCHI BOB

-  Yuring,  sotsialistlar klubiga boramiz, -  dedi 

Brissenden.  U bundan yarim soat oldin,  keyingi 

uch  kun ichida ikkinchi marta qon qusganidan 

keyin endi o'ziga kelgan edi. Uning titroq qollari- 

da har vaqtdagidek bir stakan viski bor edi.

-  Nima qilaman u yerda? -  deb so‘radi Martin.

-  Begonalar uchun besh daqiqa so‘zlashga rux- 

sat beriladi, -  dedi bemor, -  siz ham gapirishingiz 

mumkin.  Nima  uchun  sotsializmga  qarshiligin- 

gizni ularga aytib berasiz.  Ular haqida, ularning 

xarobazorlarda yashovchilarga xos axloqi haqida 

qanday fikrda ekanligingizni ayting.  Nitsshe fal- 

safasini yuzlariga soling,  tashvishga tushsinlar. 

Bunday munozaralar ularga foyda, sizga ham zi- 

yon qilmaydi! Olmasimdan oldin sotsialist bolib 

olishingizni juda ham istardim.  Bu hayotingizga 

ma’no bag'ishlaydi, umidsizlikka tushganingizda 

sizga  madad  beradi;  umidsizlikka  tushishingiz 

esa muqarrar.

-   Sizning,  kelib-kelib,  sizdek  odamning  sot­

sialist  bolganingizga  hayronman,  -   dedi  Mar­

tin,  -  axir olomonni ko‘rishga ko'zingiz yo‘q-ku.



482

J e k ,London

Chindan  ham,  sizdek  nafosat  shaydosi  bolgan 

odamning olomon manfaati va orzulari bilan nima 

ishi bor? -  Martin ta’na qilib viskiga ishora qildi,

-  sizni, aftidan, sotsializm qutqara olmasa kerak.

-  


Men og‘ir kasalman, -  deb javob  berdi Bris­

senden.  -   Sizning  yolingiz  boshqa.  Siz  sop- 

pa-sog‘siz,  siz  hayotda  hali  ko‘p  narsalarni 

ko'rasiz,  shunga  ko‘ra  hayotda  o'zingizning  bi- 

ron  maqsadingiz  bolishi  kerak.  Mening  nima 

uchun  sotsialist bolganimdan  ajablanyapsizmi? 

Ha,  mayli,  aytib  bera qolay.  Nega desangiz,  sot­

sializm  muqarrar;  nega desangiz,  hozirgi tuzum 

chirib  qolgan,  endi  ko‘pga  bormaydi;  nega  de­

sangiz,  siz  kutgan  otliqlar  zamoni  o'tib  ketgan. 

Qullar  otliqqa  ergashmaydi.  Qullar  shu  qadar 

ko'pki,  otliq  uzangiga  oyoq  qo'yishi  bilan,  uni 

yerga tortib tushiradilar.  Bundan qochib qutulib 

bolmaydi,  siz ulaming falsafasini hazm qilishga 

majbursiz. To'g'ri, unchalik shirali emas u. Lekin 

boshqa iloj  yo'q.  Siz o'sha Nitssheingiz  g'oyalari 

bilan  odamovi  bolib  qolgansiz,  Martin.  O'tgan 

narsa o'tib ketdi, tarix takrorlanadi degan odam 

yolg'on  gapiradi.  To'g'ri  aytdingiz,  men  olomon- 

ni  yoqtirmayman,  lekin  ilojim  qancha?  Otliqni 

kutgandan foyda yo'q, men hamma narsani afzal 

ko'rishga  ham  tayyorman,  faqat  qo'rqoq buijua 

to'ng'izlari hukmronlik qilmasa bolgani.  Yuring. 

Bu yerda yana birpas  o'tirsam,  g'irt mast bolib 

qolaman!  Doktoming  nima  deganini  bilasizmi? 

E,  qo'ying doktomi!  Men uni  shunaqayam laqil- 

latib aldagim keladiki...

Yakshanba  oqshomi,  Oklenddagi  sotsialistlar 

klubining chog'roqqina zali asosan  ishchilar bi-



Martin Zderi'  >

483

lan  liq tolgan  edi.  Notiq,  bama’ni yahudiy, 

chi  o‘z nutqi  bilan  Martinda e’tiroz  hissi uyg‘ot- 

gan bolsa ham,  Martinga yoqib qoldi.  Notiqning 

torgina yelkalari va botib ketgan kokragi, uning 

haqiqiy yahudiy  mahallasi  farzandi  ekanligidan 

dalolat  berib  turardi.  Martin  unga  tikilarkan, 

miskin  va  ojiz  qullaming  bu  dunyodagi  bir  ho- 

vuch zo'ravonlar bilan, ya’ni, o‘sha qullar ustidan 

hukmronlik qilib kelgan va hamisha hukmronlik 

qiladigan zo'ravonlar  bilan  doimiy jang  qilishini 

yaqqol  tasawur  etdi.  Bu  nimjon  odam,  Martin­

ning  nazarida,  mashaqqatli  hayot  yolida  zaru- 

riy  biologik  qonunga  binoan  qirilib  ketayotgan 

zaif va yashashga muvofiqlashmagan ommaning 

timsoli  edi.  Ular  olimga  mahkum  edilar.  Ular­

ning  murakkab  falsafasi  va  chumolidek jamoa- 

mizga  bolgan  mayliga  qaramay,  qudratli  va 

kuchli  odamlarni  deb  tabiat  ulardan  voz  kech- 

gan edi. Tabiat o‘zi yaratganlardan eng nodirlari- 

ni saralab olardi, odamlar ham unga taqlid qilib, 

oliy nav sabzavotlar va nasldor otlarni ko‘paytira 

boshladilar. Albatta, olamni yaratgan egam bun- 

dan tuzukroq usul ham о“у1аЬ  chiqishi mumkin 

edi, lekin odamlar joriy qilingan qonun-qoidalar- 

ni  tan  olishdan  boshqa  choralari  yo‘q  edi.  0 ‘z- 

o‘zidan malum, halok bolish oldidan ular sotsia- 

listlarga  o'xshab,  o‘zlarini  har  yoqqa  urishi,  ti- 

rishib-tirmashishlari mumkin,  to‘planib  olishib, 

bu dunyo azoblarini qanday qilib yengillashtirish 

va butun olamni  qanday qilib  laqillatish haqida 

mulohaza yuritishlari mumkin.

Martin shunday o'ylardi, Brissenden uni so‘zga 

chiqishga  ко‘ndirganidan  keyin,  Martin  shu




484

Jek  London

mulohazalarini  aytdi.  U  minbarga  chiqib,  odat 

bo*yicha raisga murojaat qildi. U boyagi yahudiy 

gapirayotganda miyasiga quyilib kelgan fikrlari­

ni  tartibga  solishga  urinib,  bir  oz  tutilib-tutilib 

past ovoz bilan gap boshladi. Bunday namoyish- 

larda har qaysi notiqqa besh daqiqa vaqt berilardi, 

Lekin bu berilgan besh daqiqa tamom bolganida, 

Martin endi o‘z nutqidan zavqlana boshlagan, sot- 

sialistlaming  nazariyalarini  endi  tanqid  qilishga 

kirishgan  edi,  lekin  u  tinglovchilami  o‘z  nutqiga 

qiziqtirib qoyganligi uchun hamma raisdan vaqt- 

ni cho'zib berishni talab qildi. Odamlar bu begona 

yigit  siymosida  o'zlariga  munosib  raqibni  ко'rib, 

uning har bir so'zini diqqat bilan tingladilar. Mar­

tin  zavq-shavq  bilan  dangal  gapira  boshladi,  u 

qullar axloqiga hujum qilarkan, qullar deganimda 

mana shu tinglovchilarimni nazarda tutaman deb 

dangal aytdi. U Spenser va Maltusdan naql keltir- 

di va dunyoning tadrijiy takomilining biologik qo- 

nuniga hamdu sano o'qidi.

-  


Demak,  -   deb  yakunladi  u  o‘z  nutqini,  -  

yolg'iz  qullardangina  tashkil  topgan  davlat  ya- 

shay olmaydi!  Asosiy takomil qonuni bu  o'rinda 

ham o‘z ta’sirini ko'rsatadi!  Men yuqorida isbot- 

laganimdek,  yashash  uchun  kurashda  kuch- 

lilar  va  kuchlilaming  avlodi  tirik  qoladi,  ojizlar 

va  ularning  avlodi  esa  olimga  mahkumdir.  Bu 

jarayon  natijasida  avloddan  avlodga  o'tgan  sari 

kuchlining kuchi orta boradi. Mana buni takomil 

deydilar! Siz qullar esa -  to‘g‘ri, kishi o'zining qul- 

ligini tan olishi ko'ngilsiz hoi, albatta -  siz qullar 

esa takomilning buyuk qonuniga tobe bolmagan 

jamiyat haqida orzu qilasiz. Siz zaif va layoqatsiz



Martin  Iden

485

kishilarning nobud bolmasligini istaysiz. 

odamlaming kuchlilar bilan  barobar,  ko'ngillari 

istagancha  ovqat  yeyishini  istaysiz.  Siz  ojizlar- 

ning kuchlilar bilan bir qatorda turmush qurish- 

larini va nasi qoldirishlarini istaysiz. Lekin bular 

qanday  natija  beradi?  Odamzodning  kuchi  va 

yashash  qobiliyati  avloddan  avlodga  o'tgan  sari 

rivojlanmaydi.  Aksincha,  orqaga  keta  beradi. 

Mana, sizning «Qullik falsafangiz»ning Nemezida- 

si26 Sizning jamiyatingiz -  qullar tomonidan, qul- 

lar  nomi  bilan  qullar  uchun  yaratilgan jamiyat

-  muntazam ravishda zaiflashib,  chiriy boshlay- 

di va nihoyat,  tamomila nobud  boladi.  Esingiz- 

da bolsin,  men sentimental axloq emas, biologi- 

ya qonunlariga asoslanib xulosa chiqaiyapman. 

Qullar davlati yashay olmaydi.

-  Xo‘sh, Qo‘shma Shtatlar-chi? -  deb qichqirdi 

kimdir.

-  Qo'shma Shtatlar? -  deb e’tiroz bildirdi Mar­

tin.  -  O'n uchta mustamlaka o'z hukmdorlarini 

quvib  yuborib,  respublika  degan  narsani  tash- 

kil qildi. Qullar o‘zlariga o'zlari xo‘jayin bolishdi. 

Qilich bilan davlatni boshqarib turgan hukmdor- 

lar qolmadi.  Biroq  qullar hukmdorlarsiz yashay 

olmas edilar, oqibat, yangi toifa hukmdorlar pay- 

do bolishdi.  Bular dovyurak, oliyjanob va kuch- 

li  odamlar  emas,  balki  ayanchli  o'rgimchaklar, 

chayqovchilar  va  sudxo'rlar  edi!  Ana  o‘shalar 

sizni qaytadan asorat domiga soldi, lekin bu ish- 

ni kuchlilar. singari oshkora qilmadilar, balki har 

turli nayranglar,  aj^yorliklar, yolg‘on va bo'hton-

Siz ojiz


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish