Martin Iden
459
ning u boshidan bu boshiga tortilgan arqonlar-
ga yuvilgan kiyimlar osilgan, shuning uchun
ham Martin xonaga kirgan zahoti burchakda
gaplashib o'tirgan ikki kishini payqamadi. Ular
ikkovi Brissendenni va uning qo'lidagi flya-
galarini shod-xurramlik bilan qarshi olishdi,
Martin tanisharkan, ularning Endi bilan Parri
ekanligini bildi. Martin Parrining kechagi boks
haqidagi hikoyasini berilib tingladi. Brissend
en esa shishalarning og'zini ochishga va punsh
tayyorlashga kirishib ketdi. Uning: «Hamma bu
yerga to'plansin», deb aytgan buyrug'iga bino-
an, Endi xonama-xona yurib hamma qo‘shnilar-
ni chaqirgani chiqib ketdi.
-
Baxtimiz bor ekan, deyarli hamma shu
yerda, - deb pichirladi Brissenden Martinga. -
Mana, Norton bilan Gamilton. Yuring, sizni ular
bilan tanishtirib qo^ay. Afsuski, Stivens hali
kelmabdi. Men monizm haqida gap ochib ko‘ra-
man. Awal ozgina qizishib olishlariga imkon be-
rish kerak.
Awaliga suhbat qovushmadi, lekin Martin
bu odamlar zakovatining o‘ziga xosligi va jonlili-
gini darhol payqab qoyil qoldi. Har bir kishining
qarashi boshqacha edi, ba’zida mulohazalari
bir-biriga zid chiqardi; lekin hazilkashliklari,
askiyalariga qaramay, u odamlarni aslo sayoz
fikrli kishilar deb bolmas edi. Martin shu nar
sani payqadiki, suhbat qay mavzuda borma-
sin, bu odamlar o'zlarining teran malumotlari
borligini namoyish qilardilar, ular dunyo va
jamiyat haqida qat’iy va aniq fikrga ega edilar.
Ular tayyor fikrlarni ishlatmas, chinakam ruhiy
460
Jek London
isyonkor edilar, shuning uchun ham har qanday
razolatdan nafratlanardilar. Martin Morzlar uyi
da hech qachon bu qadar rang-barang mavzu-
da gapirishlarini eshitmagan, talablari bu qadar
rang-barangligini ko‘rmagan edi. Go“yo bu yerda
dunyodagi har bir narsa to‘g‘risida ham uzluk-
siz muhokama yurgizsa bolardi. Suhbat missis
Xemfri Uordning oxirgi kitobidan Shouning yan
gi komediyasiga, dramaning kelajagi haqidagi
mavzudan Mensfild xotirasiga o'tib turardi. Ular
ertalabki gazetalaming bosh maqolalarini maq-
tashar yoki masxara qilishardi. Yangi Zelandi-
ya ishchilarining ahvoli haqida, Genri Jeyms va
Brender Metyuz haqida gapirishar, Germaniya-
ning uzoq Sharqdagi siyosati va Sariq falokatning
iqtisodiy oqibati haqida mulohaza yuritishar,
Germaniyadagi saylovlar va Bebelning so'nggi
nutqi haqida bahslashishar, mahalliy siyosatni,
sotsialistik partiya rahbarlari orasida yuz ber
gan oxirgi ixtiloflami va port yuk tashuvchila-
rining ish tashlashiga sababchi bolgan narsalar
to‘g‘risida fikr yuritishardi.
Martin ulaming har bir sohada ham juda
chuqur tushunchaga ega ekanliklarini ко‘rib
hayratda qoldi. Ular gazetalarda ham hech qa
chon bosilmagan narsalar dan xabardor edilar,
jamiki sirli ishlami ipidan ignasigacha bilardi-
lar. Bu suhbatlarga Meri ham aralashib Martin
ni hayron qoldirdi, aralashganda ham o‘zining
naqadar aqlli va bilimdon ekanligini shunday
namoyish qildiki, bunday aql-idrok va teran
bilimni Martin o‘ziga tanish bolgan bironta ham
ayolda uchratmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |