r) \j)
Martin Iden
357
juda hayron qoldi, u olgan ilmlar qayoqda
ganiga hech aqli bovar qilmasdi. Lekin shunday
bolsa ham, zobit Martinga Charlz Xepguddan yuz
karra ko‘proq ma’qul boldi.
Keyinchalik Martin Rufga shunday degan edi:
- U odamning pastkashligi emas, balki shu
pastkashlikni tumtaroqli, o‘ziga bino qo^ib, tak-
abburlik bilan izhor etishi achchiglmni chiqar-
di. Qancha vaqt ketadi bunday bayonotga? Bu
korchalon, ishchi partiyasining demokratik
partiya bilan qo'shilganini aytib bolguncha,
men butun reformatsiya tarixini bayon qilib
berishim mumkin edi. Poker o*ynaydigan qi-
morboz uchun qarta qog'ozlari qanday bolsa,
uning uchun og‘zidan chiqayotgan so'zlar ham
shunday. Bir kun emas-bir kun bu o'yinni sizga
amalda ko‘rsataman.
- Uning sizga yoqmaganiga juda afsuslan-
yapman, - deb javob qildi Ruf. - Uni mister Betler
juda yaxshi ko'radi. Mister Betler uni eng no-
musli va ishonchli kishi deb aytadi; uni har qan
day bank muassasasi tayanishi mumkin bolgan
ulkan qoya deb ataydi.
- Men bunga shubha qilmayman, hatto undan
eshitganim uch-to‘rt og‘iz so‘z ham buning uchun
kifoya. Lekin endi mening banklarga hech qan
day hurmatim qolmadi. Fikrlarimni ochiqdan-
ochiq izhor qilayotganim uchun mendan xafa
emasmisiz, azizam?
- Aslo! Bu juda qiziq.
- Ha, - deb talddladi Martin, - axir men mada-
niyatdan ilk taassurot olayotgan yowoyi odam-
man-da. Mening bu taassurotlarim madaniyatli
358
Jek London
kishi uchun juda maroqli bolib tuyulishi kerak,
albatta.
- Xolavachchalarim haqida qanday fikrdasiz?
- deb so'radi Ruf.
- Ular boshqa ayollardan ko'ra ko‘proq yoqish-
di menga. Juda xushchaqchaq va manmanlikni
bilmaydigan, sodda tabiat qizlar ekan.
- Bundan chiqdi, sizga boshqa ayollar ham yo-
qibdi-da?
Martin bosh chayqadi.
- Anavi jamoat arbobi bolgan ayol, - ijtimoiy
masalalar to‘g‘risida valaqlaydigan to‘tiqushning
o'zginasi. Ont ichib aytamanki, uning qomi-
ni yorsangiz «alif» chiqmaydi. Portret chizuvchi
rassom nihoyatda noxush ayol. Xepgudga juda
munosib bolardi-da u. Musiqachi to‘g‘risida-ku
gap bolishi mumkin emas! Bilmadim, ehtimol u
yaxshi chalar, barmoqlari klavishlar ustida tez
yo‘rg‘alar, lekin u musiqa sohasida hech nimaga
tushunmaydi.
- Ammo u juda yaxshi chaladi, - deb e’tiroz
bildirishga urinib ko'rdi Ruf.
- Ha, sirtdan qaragan odamga juda mohirona
chalayotganga o'xshaydi, lekin u musiqaning asl
mohiyatini mutlaqo tushunmaydi. Men undan,
siz musiqadan qanday doxiliy mavhum topasiz,
deb so'radim, bilasizmi, bu masala meni doim
qiziqtiradi, ammo u ayol, musiqa joni dilim, u
dunyodagi san’atlar ichida eng buyugi, musiqani
men jonimdan ham ortiq ko'raman, deyishdan
boshqa hech nima deb javob bera olmadi.
-
Siz hammani ham o‘z kasb-kori to‘g‘risida
gapirishga majbur etibsiz, - dedi Ruf o'pkalanib.
Martin Iden
359
- Tan olaman. Biroq ular o‘z kasblari to‘
bama’niroq bir gap ayta olmaganlaridan keyin,
gapni bironta umumiy mavzu ustiga ko'chirgan-
larida mening qanchalik qiynalishimni tasawur
qilib ко‘ring. Men bolsam, bu odamlar madani-
yatning barcha imtiyozlaridan foydalana olganlar
deb o'ylabman... - Martin bir on sukutga toldi:
boshiga Stetson shlyapasi, egniga ikki yoqlama
tugmalanadigan kurtka kiygan yigitning chayqa-
lib yurib xonaga kirib kelayotgani yana ko'ziga
ko‘rindi. - Ha, men bolsam, uyingizga to'plan-
ganlaming hammasi nihoyatda aqlli va o‘qimish-
li odamlar bolsa kerak deb yuribman. Ammo
ular bilan qisqa muddatli muloqotda boldim,
endi xulosa chiqarishim mumkin; u odamlar-
ning aksariyati qip-qizil nodon odamlar, qolgan
to‘qson foizi chidab bolmaydigan darajada ruh-
siz odamlardir. Lekin professor Kolduell ulardan
tamomila mustasno. U miyasining eng so‘nggi
hujayrasigacha chinakam inson.
Ruf xursand bolib ketdi.
- Menga professor to‘g‘risida gapirib bering, -
dedi u, - ajoyib fazilatlari to‘g‘risida emas, uni
o‘zim ham yaxshi bilaman, uning sizga noma’qul
jihatlari haqida gapiring. Judayam bilgim keladi
shuni.
- Tag'in birdan pand yeb qolsam-chi, - deb
hazil aralash e’tiroz bildirdi Martin, - oldin siz
gapiring. Yo siz uning faqat yaxshi tomonlarini
bilasizmi?
- Men ikki kurs leksiyasini tingladim, ikki
yildan ko‘proq bilaman, shuning uchun Ьят
sizning taassurotingizni bilishga juda qiziqaman.
g'risida
360
Jek London
-
Xususan, salbiy tomonlarinimi? Nacho-
ra, marhamat! Oyiaymanki, u sizning hurmat-
e’tiboringizga arziydigan odam. Men shu payt-
gacha uchratgan hamma odamlar orasida u eng
aqlli, eng bilimdon odam, lekin uning ko'ngli
notinch. Yo‘q, ko‘nglingizga yomon narsa kelma-
sin! - dedi Martin. - Aytmoqchimanki, u narsa-
larning eng chuqur mohiyatini ko‘rgan-u, keyin
juda qo'rqib ketgan va hech narsa ko'rganim
yo‘q deb o'zini o‘zi ishontirmoqchi bolgan odam-
ni eslatadi. Fikrimni aniq bayon etolmadimmi?
Boshqacha yol bilan tushuntirishga urinib
ko'raman. Siz chakalakzor ichiga yashiringan,
ibodatxonaga olib boradigan so'qmoqni topgan
bolsa ham, bu yoldan bormagan odamni tasav-
vur qiling. Ehtimol, uning ibodatxonaga ko‘zi
tushgandir-u, lekin bu sarob edi deb o'zini o‘zi
ishontirmoqchi bolgandir. Yoki yana boshqa
misol. Bir kishi savob ish qilmoqchi bolgan-u,
lekin uni zarur deb topmagan, oqibat o‘sha
qolidan keladigan ishni qilmaganligi uchun
doim afsuslanib yuradi. U o‘z ishi evaziga oladi-
gan mukofotdan ichida kuladi, lekin qalbining
yana ham teranroq bir yerida shu mukofotni va
qilishi kerak bolgan ishidan oladigan huzurini
qo'msaydi.
- Men uni bunday tasawur qilmayman, - dedi
Ruf, - keyin, ochiglni aytsam, nima demoqchi
bolganingizga uncha yaxshi tushunmayapman.
— Chunki o‘zim ham hali mukammal tushu-
nib olganim yo‘q, - dedi Martin o'zini oqlamoq-
chi bolganday, —
mantiqan asoslay olmayap-
man ham. Men shunday his etyapman, ehtimol,
Martin Iden
361
yanglishayotgandirman. Siz, albatta,
Kolduellni mendan yaxshiroq bilsangiz kerak.
Morzlamikida bolgan bu olirish Martinning
dilida juda g‘alati va bir-biriga zid hislar tug'dir-
di. Qilmoqchi bolgan ishidan ko'ngli sovidi, o‘zi
yuksak saviyali deb o'ylagan odamlardan haf-
salasi pir boldi, vaholanki, Martin ularning savi-
yalariga yetishishni orzu qilardi. Ikkinchi tomon-
dan, erishgan muvaffaqiyati unga dalda ber-
di. E’tibor qozonish u oyiaganidan oson ekan.
Martin yuksaklikka ko'tarilish qiyinchiliklarini
yengib olish bilan birga (u soxta kamtarlik yu-
zasidan buni o‘zidan yashirishga urinmasdi), o‘zi
tenglashmoqchi bolgan odamlardan yuqorilab
ketgan edi, professor Kolduell bundan mustasno,
albatta. Martin hayotni ham, kitoblarni ham bu
odamlarning hammasidan ancha yaxshi bilardi,
shuning uchun ular o'z ilmlarini qaysi burchak-
larga va yertolalarga tiqib tashlaganlarini bilol-
may hayron edi. U hali o'zining o‘ta iste’dodli
odam ekanligini xayoliga ham keltirmas, mu-
tafakkirlarni aslo Morzlarning mehmonxonasi-
dan axtarish kerak emasligini, bu mutafakkirlar
yerdan juda balandda, oddiy hayot tashvishlari
va pastkashliklardan nihoyatda yiroqda parvoz
qilib yuruvchi burgutlarga o'xshashini ham bil-
mas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |