Martin Iden
353
bolsa ham, ora-sira o‘zi olgan tahsilning
chilik va qusurlarini seza boshladi. Bu qusurlar-
ga barham berish uchun faqat vaqt kerak edi,
xolos. «Ana o'shanda, bellashamiz!» - deb otyladi
Martin. Lekin hozircha u professorning og'zidan
chiqqan hamma so'zlarni ehtirom bilan tinglab,
o‘zini uning oyoqlari ostida o'tirganday his qilar-
di. Biroq Martin uchun hamsuhbatining mulo-
hazalaridagi zaif tomonni aniqlab olish uncha-
lik oson bolmasa ham, u narsa suhbat mavzui
o'zgarganda bilinib qolardi. Nihoyat, Martin bu
zaif tomonning nimadan iborat ekanini aniqlab
olganidan keyin, professor bilan oralaridagi teng-
sizlik hissi darhol g‘oyib boldi.
Ruf ularning oldiga ikkinchi marta yaqinlash-
ganda, Martin endi gap boshlagan edi.
- Sizning nimada adashayotganingizni yoki
aniqroq qilib aytganda, fikrlaringizning zaif tomo-
ni nimadaligini aytib berishim mumkin, - dedi u.
- Siz biologiyani nazarga ilmaysiz, mulohazala-
ringizda men shu narsani payqadim. Ya’ni, men
jonsiz moddalami jonlantirish borasida labo-
ratoriyada olib boriladigan tajribalardan tortib,
eng keng miqyosdagi jamiyatshunoslik va este-
tik umumlashmalargacha hamma narsani qam-
rab olgan chinakam ilmiy biologiyani nazarda
tutyapman.
Ruf tamomila hang-mang bolib qoldi. U pro
fessor Kolduellning leksiyasini ikki yil mobayni-
da eshitgan, professor unga donishmandlikning
qaynar bulogl bolib tuyular edi.
- Gapingizga unchalik tushuna olmadim, -
dedi taraddudlanib professor.
kam-
354
Jfek London
- Sizga izohlab berishga harakat qilaman, -
dedi Martin. - Esimda, Misr tarixini o'qiganimda,
unda Misr san’atini tushunish uchun awal shu
mamlakatning sharoitini o'rganish lozim degan
jumlani o‘qigan edim.
- Juda to‘g‘ri, - deb e’tirof etdi professor.
- Shuning uchun ham, - deb davom etdi Mar
tin, - menimcha, o‘z navbatida, awal hayotning
o‘zini nimadan va qay tarzda tashkil topgani-
ni bilib olmasdan, mamlakatning xususiyati-
ni o‘rganib bolmaydi. Qonunlar, muassasalar,
urf-odatlami va dinni, ulami yaratgan odamlar-.
ni, hattoki, bu odamlaming tabiatini o'rganmay
turib, qanday qilib tushuna olamiz? Adabiyot
ham Misr ibodatxonalari va ehromlari singari
odam yaratgan narsa emasmi? Nahotki koinot-
da butun jahon takomili qonuniga tobe bolma
gan biron narsa bolsa? Men ayrim san’atlaming
takomil tarixi ishlab chiqilganini bilaman, lekin
u yuzaki ishlangan, menimcha. Bu o‘rinda in
son chetda qolgan. Cholg4ilardan arfa, skripka
takomili, musiqa, raqs, qo‘shiqlaming takomi
li g‘oyat puxta ishlangan. Lekin insonning o‘zi,
u birinchi cholg4i asbobini yasamasdan, ilk
dafa qo'shiq kuylamasdan burun takomilla-
sha boshlagan a’zolari haqida nimalarni aytish.
mumkin? Siz mana shularni unutyapsiz, men
esa aynan shuni biologiya deb atayman. Bu ni-
hoyatda keng ma nodagi biologiyadir. Men juda
poyma-poy gapiryapman, lekin fikrimga tiishu-
nishingizni istardim. Bu fikr siz gapirayotgan
pajrtda miyamga keldi, shuning uchun uni dar-
hol aniq ifodalab bera olmayapman. Siz masala-
Do'stlaringiz bilan baham: |