348
Jek London
shuning uchun men hamisha odamlardagi eng
yaxshi jihatlami o‘rgangim keladi.
- Biroq, - deb e’tiroz bildirgan edi Ruf, - ham
ma uchun bir xilda qiziqarli bolgan mavzular
ham bor.
- Yo'q, bu masalada siz yanglishdingiz, - deb
Martin ham e’tiroz bildirgan edi, - deyarli har bir
kishi, har bir guruh o'zidan yuqoriroq tabaqadagi
odamlarga taqlid qiladi. Jamiyatda eng oliy taba-
qadagilar kimlar? Ishyoqmaslar, badavlat ish-
yoqmaslar. Odatda ular biror ish bilan mashglil
bolgan odamlar biladigan narsalar haqida hech
qanday tasawurga ega emaslar. Ular bunday
narsalar to‘g‘risida suhbatlashishdan zerikadi-
lar, ana .huning uchun ham ko‘pchilik ichida
har kimning kasb-kori haqida suhbat qurishini
«adabsizlik» deb jar soladilar. Ayni vaqtda, ular
odamlaming suhbat mavzuini ham tayinlab be-
radilar. Yangi opera, yangi romanlar, karta, bil-
yard o‘yinlari, kokteyl ichimliklari, avtomobillar,
yaxtalar, ot ko'rgazmalari, ov, baliq tutish va
hokazolar haqida, ya’ni, sezyapsizmi, ishyoq-
maslarga yaxshi tanish bolgan jamiki narsalar
haqida suhbat qurish mumkin emish... Aslini ol-
ganda, shuning o‘zi ishyoqmaslaming kasb-ko-
ridir. Hammadan qizigl shundaki, dono odamlar
yoki o'zlarini dono deb hisoblashlarini istagan-
lar bunday paytda tentak va yalqovlaming rayi-
ga itoat etadilar. Lekin menga qolsa, odamning
faqat eng yaxshi jihatlarini o'rganishni istardim.
Buni siz har kimning kasb-kori ustidagi suh
bat deysizmi, nazokatsizlik deysizmi, nima deb
atasangiz atayvering, menga baribir.
Martin Iden
349
Ammo Ruf Martinni tushunmasdi. Rasm
bolib qolgan narsalarni qoralashini uning qay-
sarligi va sarkashligidan deb bilardi.
Har holda, Martin o‘zining jiddiyligi bilan pro
fessor Kolduellni qiziqtirib qo^di, uni o‘ziga ta-
nish mavzuda gap ochishga majbur etdi. Ruf ya-
qin kelganda, Martin gapirayotgan edi:
- Lekin siz Kaliforniya dorilfununida bunday
safsatani bayon etishga jur’at eta olmasangiz
kerak?
Professor Kolduell yelkasini qisdi.
- Har bir nomusli soliq tolovchi kishi biroz
siyosatchi bolishi kerak. Sakramento21 bizga
mablag‘ ajratadi, shunga ko‘ra, Sakramentoni,
universitet ma’muriyatini, partiya matbuotini,
aniqroq qilib aytganda, ikkala partiya matbuoti
ni e’tiborga olishga to‘g‘ri keladi.
- Bu tushunarli, lekin sizning holingiz nima
kechadi? - dedi Martin. - Siz o‘zingizni qirg‘oqqa
otib yuborilgan baliqday his qilishingiz kerak!
- Bizning universitetimiz hovuzida menga
o'xshaganlar juda kam uchraydi. Ba’zan men
chindan ham o‘zimni qirg‘oqqa uloqtirilgan baliq
day his qilaman va Parijning biron yerida no'noq
qalamkashlar orasida yoki lotin kvartalining
serto'polon ahli orasida o‘zimni birmuncha du-
rustroq va erkinroq his qilgan bolardim deb
oyiay boshlayman. O'shanda men eng arzonba-
ho restoranlarda ovqatlanib, klaret ichardim-u,
koinot haqida benihoya dadil mulohazalar yu-
ritardim. Ba’zida o'zimga o‘zim radikal tabiat
odamdek tuyulaman. Biroq, afsuski, hali men
Do'stlaringiz bilan baham: