344
Jek London
charog'on bolib tuyuldi, hattoki birdaniga shar-
ros quygan yomg'ir ham uni xursand bolib tabas-
sum qilishga undadi. Martin och o^irgan kunlari
doim butun dunyoga sochilib ketgan ming-ming-
lab ochlar haqida o^lagan edi, lekin endi qomi
to^gandan keyin ochlar haqida tashvish qilmay
qo^di, endi o‘z muhabbatiga g‘arq bolgan Martin
yer yuzida yashovchi son-sanoqsiz oshiqlar haqi
da о У lay boshladi. Ishqiy she’rlaming misralari
asta-sekin esiga tusha boshladi, natijada shun
day ijodiy ehtiros ta’siriga berilib ketgan Martin
tramvayda ikki kvartal nariga o‘tib ketganini
ham sezmay qoldi.
Martin kelganda Morzlarning uyi mehmonlar
bilan gavjum edi. San-Rafaeldan Rufning ikki-
ta qiz xolavachchasi mehmon bolib kelgan edi,
shu munosabat bilan missis Morz mehmonlar-
ni zeriktirmaslik bahonasi bilan o‘z rejasini -
Ruf atrofiga yoshlami to‘plash rejasini amalga
oshirishga kirishgan edi. U Martinning kelishga
iloj topolmaganidan foydalanib, ishni boshlab
yuborgan, shuning uchun hozir ishlar juda avji-
da edi. Missis Morz turmushda muvaffaqiyat qo-
zongan yoki qozonayotgan kishilami uyiga taklif
qilishni maqsad qilib qo^gan edi. Shunday qilib,
mehmonxonada Rufning xolavachchalari —
Doro-
ti bilan Florensdan boshqa yana ikkita doril-
funun muallimi: biri - lotinshunos, ikkinchisi -
ingliz filologiyasi mutaxassisi; Rufning maktab-
dosh o‘rtog‘i, yaqinda Filippindan kelgan yosh-
gina qo'shin zobiti; San-Fransiskodagi kredit
jamiyatining boshligi Jozef Perkinsning shaxsiy
kotibi Melvill familiyali yigitcha; nihoyat, Sten-
Martin Iden
345
ford dorilfununida talim olib chiqib,
birida bosh buxgalter lavozimida ishlayotgan Nil
va Qo'shma klublarning a’zosi, saylov kampani-
yalari vaqtida respublika partiyasining doimiy
va’zxoni, o‘ttiz besh yoshlardagi bashang yigit
- har jihatdan istiqboli porloq Charlz Xepgudlar
bor edi. Xonimlardan biri - portretshunos ras-
som, ikkinchisining kasbi musiqachi, uchin-
chisi esa San-Fransiskoning xarob mahallala-
rida o'zining xayriya faoliyati bilan nom chiqa-
rib, jamiyatshunoslik fanlari doktori darajasiga
erishgan edi. Aytganday, missis Morzning rejasi-
da ayollar uncha muhim rol oynamasdilar. Ular
ikkinchi darajadagi o‘rinda edi. Axir muvaffaqi-
yat qozongan yoshlami biron narsa bilan uyga
jalb qilish kerak edi-da.
Ruf Martinni mehmonlar bilan tanishtirish-
dan oldin unga:
-
Suhbat paytida qizishmang, - deb pichirlab
qo^di.
Martin awaliga o‘zini juda o‘ng‘aysiz his qila
boshladi; u yana bir vaqtlardagidek, harakat qil-
ganida jihozlar yoki bezak ashyolaridan bironta-
siga tegib ketishdan qo'rqib yurdi. Bundan tash
qari, mehmonlar oldida o‘zini o‘ng‘aysiz sezdi. U
ilgari hech qachon shuncha ko‘p atoqli kishilar
bilan birga bolgan emas edi. Xususan, bosh
buxgalter Xepgud unda zo‘r taassurot qoldirdi,
shuning uchun Martin fursat kelganda u bilan
yaqindan tanishishga ahd qildi. Martin zohi-
ran cho'chib turgan bolsa ham, aslida o'zining
qudratiga qattiq ishonar edi, shuning uchun
ham, erkak va ayollar bilan kuch sinashishni
banklardan