Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

364

Jek  London

ga  oshiqning  yoki  ma’shuqaning  bironta  mar- 

donavor ishi, homiyning, ota-onaning yoki raqib- 

laming majburiy у о ixtiyoriy rozi-rizoligi, bironta 

siming  katilmaganda  fosh  qilinishi,  oshiqning 

fidoyiligi va shu kabi son-sanoqsiz hodisalar sa- 

babchi  bolardi.  Rozilik  bildirish  uchun  qizning 

qo*ygan  birinchi  qadami  juda  ta’sirli  chiqardi, 

Martin  bu  mavzuni  takomillashtirish  davomida 

yana  ko‘p  ta’sirli  vositalar  va  nayranglar  о У lab 

chiqardi.  U  faqat bir  narsani o‘z xohishicha ba- 

jara olmasdi:  har bir hikoyaning oxirida,  osmon 

uzilib yerga tushsa ham,  albatta to^ga chorlov- 

chi  qo‘ng‘iroq  sadolari yangrashi  kerak  edi.  Hi­

koyaning hajmi ham doimo muayyan, ya’ni,  eng 

ко‘pi  bir  yarim  ming,  eng  ozi  bir  ming  ikki yuz 

so'zdan iborat bolardi.

Bu  xildagi  hikoyalami  yozish  san’atini  mu- 

kammal  o'zlashtirib  olishdan  oldin,  Martin 

besh-oltita sxema tuzib oldi va yozuv jarayonida 

hikoyani shu sxemaga moslab bichib-to ‘qiyverdi.

Bu -  yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga, o‘ng- 

dan  chapga,  chapdan  o'ngga  ham  o'qilaveradi- 

gan,  hech  miyani  qotirib  o‘tirmay,  doimo  to‘g‘ri 

va  aniq javob  olish  mumkin  bolgan  matemati- 

ka jadvaliga o'xshardi.  Martin  mazkur  sxemalar 

asosida yanm soat ichidayoq o'nlab syujet tuzib, 

bir chetga olib qo^yar, keyin bo'sh vaqtlarida yoza 

boshlardi. Odatda, bularni u kun bo^i jiddiy ish- 

lar bilan shug4illangandan. keyin, uyquga yotish 

oldida yozardi.  Keyinchalik u Rufga,  bunday hi­

koyalami  hatto  tushimda  ham  yarata  oladigan 

bolib qoldim, deb aytgan edi. Eng muhimi — sxe­

ma tuzib olish, qolgan ish o‘z-o‘zidan ketaverardi.




Martin Iden

365

Martin Iden o‘z dasturining amaliy natija 

shiga shubha qilmas  edi.  Shunga ko‘ra,  u dast- 

labki  ikki  hikoyasini  tahririyatlarga  yuborar- 

kan,  ulaming pul bolishiga ishonchi komil  edi. 

Darhaqiqat,  o‘n kunlardan keyin Martin har biri 

to'rt dollarli ikkita chek oldi.

Bu orada u jurnalistlar haqida yangidan-yangi 

noxush  xabarlar  topdi.  «Transkontinental  oylik 

jurnali» uning «Qo‘ng‘iroq sadosi»ni bosib chiqar- 

di,  lekin  chek yubormadi.  Martin  pulga muhtoj 

edi, shuning uchun jurnalga maktub yozdi. Chek 

o'rniga mujmal javob  oldi, javob xatida yana bi- 

ron narsangizni yuboring degan iltimos ham bor 

edi.  Martin  ikki  kun  och  o‘tirib,  yana  velosipe- 

dini  garovga qo^ishga majbur  boldi.  U  o'zining 

besh  dollar  haqi  borligini  haftada  ikki  bor  «Oy­

lik» jurnalining esiga solib  turdi,  lekin dastlabki 

javob  tasodifan  kelgan  bolsa kerak. «Oylik» jur­

nali  mana  bir  necha yildirki,  zo‘rg‘a  kun  ко‘rib 

kelar,  uning  na  obunachilari  va  na  xaridorlari 

qolgan  edi,  u  faqat  o‘z  sahifalarida  bosiladigan 

elonlar  hisobiga  (bu  ham  bolsa  xayr-ehson 

uchun berilardi) yashab kelardiki, Martin bular- 

dan  bexabar  edi.  Shuningdek,  u  «Oylik» jurnali 

noshir bilan muharrir uchun birdan bir daromad 

manbai  ekanligini  va  bu  daromadni  ular  faqat 

mualliflarga muntazam ravishda haq tolamaslik 

evaziga olishlarini ham bilmasdi. Noshir Martin­

ga  tegishli  besh  dollarga  o'zining  Alamadadagi 

uyini  boyaganini,  boVaganda  ham  o‘z  qoli  bi­

lan  bo'yaganini,  chunki  boyoqchilar uyushma- 

si  tomonidan  belgilangan  haqni  tolashga  puli 

yetmasligini,  ammo u yollagan birinchi shtreyk-




brexer  allakim  tomonidan  ataylab  turtib  yubo- 

rilgan  narvondan  yiqilib  oyog'ini  sindirganini 

va  kasalxonaga jo ‘natilganini  Martin  qayoqdan 

ham bilsin.

Shuningdek,  Martin  Chikago  gazetasi  qabul 

qilgan «Xazina qidiruvchilar» ocherki uchun tega- 

digan  o‘n  dollami  ham  olmadi.  Ocherk  bosilib 

chiqqan  edi,  u  shahar  qiroatxonasidagi  gaze- 

talarni  ко‘rib  chiqib,  bunga  ishonch  hosil  qildi, 

lekin  noshirdan  hech  qanday  javob  ololmadi. 

Uning  xatlari  javobsiz  qolardi.  Maktublarining 

yetib borganiga ishonch hosil qilish uchun Mar­

tin  buyurtma xat yozardi.  Bu  talonchilik  degan 

qarorga keldi u,  kuppa-kunduz kuni  sovuqqon- 

lik bilan qilingan talonchilik -  u och nahor o4ir- 

sa-yu,  uning  non  pulini,  yagona  imkoniyatini, 

uning molini o‘g‘irlashsa.

«Yoshlik  va  yetuklik»  haftalik jumali  Martin 

yuborgan  yigirma  ming  so'zdan  iborat  qissasi- 

ning uchdan ikki qismini bosib chiqardi-yu,  bir­

dan butunlay chiqmay qo^di. Shunday qilib, o‘n 

olti dollardan ham umid uzildi.

Bular  ham  kamday,  uning  eng  yaxshi  deb 

hisoblagan  «Qozon»  hikoyasi  nest  bolib  ket­

di.  Umidsizlikka  tushgan  Martin  son-sanoqsiz 

jumallardan  nihoyat  San-Fransiskoda  chiqa- 

digan  «Tolqinmi  tanlab,  hikoyasini  shu jurnal- 

ga yuborgan  edi.  Negaki bu jurnaldan tez javob 

olishi  mumkin  edi:  uning  tahririyati  yaqinda, 

ko'rfazning  narigi  sohilida  edi.  Ikki  haftalardan 

keyin  o‘z hikoyasining jumalning ko‘zga tashla- 

nadigan yerida rasmlar bilan bezatilib bosilganini 

ко‘rib, o'zida yo qxursand bolib ketdi. Martin se-


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish