0 ‘TTIZ UCHINCHI BOB
Martinning ahvoli tang edi. U qanchalik te-
jab-tergab sarf qilmasin, adabiy faoliyatidan kel
gan daromad hatto bir amallab kun kechirishiga
ham yetmasdi. Nihoyat, qora kostyumini garovga
qo'yishga majbur boldi, shu bilan Morzlaming
Shukronalik kuni tushlik ovqatga taklifini qabul
etish imkonidan mahrum boldi. Ruf taklifning
rad etish sababini bilib, juda xafa boldi, Martin
esa bu holdan qat’iy bir qarorga keldi. U besh
dollar haqini olgani «Transkontinental oylik jur-
nali» tahririyatiga o‘zi borib, so‘ng kostyumini
sotib olmoqchi boldi, shu niyatini Rufga aytib,
ularnikiga borishga va’da berdi.
Ertalab u Mariyadan o‘n sent qarz oldi. Qarz-
ni Brissendendan olgani ma’qul edi-yu, lekin u
tentak birdaniga qayoqqadir g‘oyib bolgan edi;
mana, ikki haftadirki, Martinnikiga kelmas,
Martin esa, yana uni xafa qilib qo ‘ymadimmikin,
Martin Iden________________________________
427
glmirlashni
428
Jek London
deb behuda bosh qotirgani-qotirgan edi. 0 ‘n sent
pul uni ko'rfazdan paromda suzib otishi uchun
kerak edi, mana u Market-strit bo “y lab ketib bo-
rarkan, pulni undira olmasam nima boladi, deb
o'ylardi. Bu holda uning Oklendga qaytishi ham
muammo bolib qolardi, chunki San-Fransisko-
da paromga o‘n sent qarz beradigan hech qanday
tanishi yo'q edi.
«Transkontinental oylik jumali»ning eshigi
qiya ochiq edi, Martin quyidagi gapni eshitib,
beixtiyor to'xtab qoldi:
-
Gap bunda emas, mister Ford. (Ford mu-
hamming familiyasi ekanligini Martin bilar-
di.) Gap mening haqimni tolashga qodir yo qo-
dir emasligingizda. Ya’ni, naqd tolash haqida.
Jurnalingizning kelgusi yildagi istiqboli bilan
sariq chaqalik ishim yo'q. Mening ish haqimni
tolashingizni talab qilaman, vassalom. Ogoh-
lantirib qo*yay, to ish haqimni oxirgi sentigacha
to lamas ekansiz, jumalning yangi yil soni bos-
maga tushirilmaydi. Xayr! Pul topganingizda ki-
rarsiz.
Eshik qattiq ochildi va Martinning yonidan bir
odam mushtlarini tugib, g'oldirab solcingancha
chopib o'tib ketdi. Martin yaxshisi, chorak soat-
cha kutib turay degan qarorga keldi. U bir oz
ko'chada tentirab yurib qaytib keldi-da, umri-
da birinchi marta tahririyat ostonasidan hatlab
o'tdi. Aftidan, bu yerda tashrifnomaning hoja-
ti yo'q edi, dastyor bola to'g'ridan-to'g'ri to'siq
orqasiga o'tib, bir odam mister Fordni so'rayot-
ganini aytdi. So'ng u qaytib chiqib, Martinni
muharrir kabinetiga boshlab kirdi. Bu yerda,
Martin Iden
429
Martin xona haddan tashqari tartibsiz,
yotganini ко‘rib hayron qoldi. Keyin u stol ortida
o'tirgan, aftidan xiyla yosh ko'ringan, chakka-
lariga soqol qo^ygan janobni ko‘rdi; u janob Mar
tinga qiziqsinib qarab o‘tirardi. Martin uning qi-
yofasidagi beg'amlik ifodasini ко‘rib hang-mang
bolib qoldi. Aftidan, bosmaxona xo‘jayini bilan
bolgan mojaro uning kayfiyatiga zarracha ham
ta’sir qilmagan ko‘rinardi.
- Men... men Martin Idenman, - deb gap bosh-
ladi Martin («men ham o'zimning besh dollarimni
olgani keldim», demoqchi boldi).
Lekin uning muharrir bilan birinchi marta
yuzma-yuz to'qnashishi edi, shuning uchun gap
ni jahl bilan boshlash yaxshimas degan qarorga
keldi. Biroq mister Ford Martinni taajjublantirib:
- I-ye, rostdanmi? - deb dik etib o'rnidan tu-
rib ketdi-yu, bir zumda zavq-shavq bilan uning
qolini siqib ko‘risha boshladi. - Siz bilan tanish-
ganimdan behad xursand bolganimni bilsangiz
edi, mister Iden. Sizni tez-tez oyiab turardim,
qanday odamligingizni tasawur qilishga uri-
nardim.
Mister Ford bir oz orqaga chekinib, Martin
ning ishlik kostyumini, ya’ni, hozirgi paytda
yagona kostyumini zavq bilan tomosha qildi, bu
kostyumning chatishlik va yamashlik holi qol-
magani yaqqol ko‘rinib turardi, rost, shimining
qatlari Mariya Silvaning dazmolida hafsala bilan
dazmollangan edi.
- Men sizni ancha katta yoshda bolsangiz
kerak deb o‘ylovdim. Hikoyangizda puxta mu-
lohazalar shunday ko‘p va u shunday chiroy-
ivirsib
Do'stlaringiz bilan baham: |