430
Jek London
li yozilganki, chinakam shohona asar, asarin-
gizdan uch-to‘rt misra o‘qishim bilan angladim
buni. Birinchi marta hikoyangizni qanday o‘qib
chiqqanimni aytib beraymi sizga? Yo‘q! Eng awal
sizni o‘z xodimlarimiz bilan tanishtirmoqchiman.
Mister Ford gapdan to'xtamay, uni umumiy
xonaga boshlab chiqdi, u yerda Martinni o‘z muo-
vini - mister Uayt bilan tanishtirdi, mister Uayt
qoli muzdek sovuq, qiyofasi bezgak tutayotgan-
ga obcshagan jikkakkina odam edi.
-
Bu kishi esa mister Ends. Mister Ends - biz-
ning boshqaruvchimiz.
Martin ko'zlari bejo, boshi kal janobning qoli
ni siqdi; bu janobning yuzi qordek oppoq soqol
bilan bezalgan bolsa ham, o‘zi hali uncha qari
emas edi, bu janobning rafiqasi har yakshanba
kuni uning soqolini chiroyli qilib dukartlab, en-
sasini ham ustara bilan qirib qotyarkan.
Uchovlari Martinni o‘rab olib, bir-birlarining
so'zini bolib, uni shunday maqtay boshladilarki,
nihoyat, Martin, bular gapni chalgltib meni laqil-
latishayotganga o'xshaydi, degan xayolga keldi.
- Biz doim, nega tahririyatimizga kelmaysiz
deb hayron bolardik! - dedi mister Uayt.
- Paromga pulim yo‘q edi, - deb javob qil
di Martin, shu bilan u o'zining pulga qanchalik
muhtojligini bildirdi.
«Mening «kishilik» kostyumim, - deb otyladi u
o'zicha, - buning juda yaxshi isboti bola oladi».
Bundan keyingi suhbat paytida Martin dam
otmay nima maqsadda kelganini shama qilib
turdi. Lekin iste’dodining ixlosmandlari uning
shamalarini eshitmas edilar. Ular Martinning hi-
Martin Iden
431
koyasidan qanday zavqlanganlarini,
qarindosh-uruglari qanday qoyil qolganini tin
may gapirar edilar. Lekin uchalasidan bittasi ham
uning haqini to lash haqida lom-mim demadi.
-
Men hikoyangizni birinchi marta qanday
vaziyatda o'qib chiqqanimni aytib bermadim-a?
- dedi mister Ford. - Men Nyu-Yorkdan kelayot-
gan edim, poyezd Ogdenda to'xtaganida vagonga
gazetafurush chiqdi, unda «Transkontinental oy-
lik jumali»ning oxirgi soni bor ekan.
«Yo tavba, - deb otyladi Martin, - bu haromzo-
da Pulman poyezdida sayr qilib yursa-yu, men
och o'tirsam, o‘z peshana terim bilan topgan
besh dollarimni talab qilib ololmasam!» Martin
ning g'azabi qaynab ketdi. «Transkontinental oy-
lik jurnali»dan yetgan ozor birdan tasawur qilib
bolmaydigan darajada kuchayib ketdi; u bu pul-
ni necha oy mobaynida ko'zlari to'rt bolib kut-
ganini, muhtojlik va ochlikda yashaganini esla-
di, kecha ham och-nahor yotib qolganini, bugun
esa tuz ham totmaganini esladi. Qoni qaynab
miyasiga urdi. Bular talonchi ham emas, shun-
chaki oddiy kissavurlar! Ular soxta va’dalar bilan
tovlamachilik qilib, uning hikoyasini tortib ol
gan edilar. Xo‘p, yaxshi! Martin koYsatib qotyadi
ularga!
Shuni otylab Martin o'ziga tegishli pulni bata-
mom olmaguncha tahririyatdan chiqmaslikka
ahd qildi. Baribir, Oklendga qaytishi uchun puli
yo‘q edi. Martin hamon o'zini bosib turar, lekin
yuzida endi vahshiyona ifoda paydo bola bosh-
lagan ediki, bu hoi hamsuhbatlarini dovdiratib,
hattoki cho'chitib yubordi.
xotinlari va
Do'stlaringiz bilan baham: |