Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

O'TTIZ IKK1NCHI BOB

Ertasi kuni  Mariya yana bir marta esankirab 

qoldi. Martinning oldiga yana bir g'alati mehmon 

keldi.  Lekin  Mariya  bu  safar  o‘zini  shu  qadar 

tutib  olgan  ediki,  hatto  odob  bilan  mehmonni 

mehmonxonada kutib turishga taklif qildi.

-  Uyingizga taklif etilmagan bolsam ham kirib 

kelaverganimdan xafa emasmisiz?  -   deb  so'radi 

Brissenden.

-   Yo‘q,  yo‘q,  nima  deyapsiz?  -   dedi  Martin 

mehmonning  qolini  mahkam  siqib  korishar- 

kan, so'ng yagona kursini unga surib qo'yib, o‘zi 

karavotiga o‘tirdi.  -  Lekin  manzilimni qayoqdan 

bildingiz?

-   Morzlamikiga  qo‘ng‘iroq  qildim.  Telefonga 

miss Morzning o‘zi keldi. Mana, nihoyat huzurin- 

gizdaman.

Brissenden  qolini  paltosining  cho'ntagiga 

tiqib, kichik bir kitob oldi.

Mana bu -  bir shoiming she’r to‘plami  sizga,

-  dedi u kitobni stolga qo^arkan, -  o'qib chiqib, 

o'zingizga  olib  qolavering.  Oling!  -   deb  baqirib 

yubordi u Martinning e’tiroz bildiruvchi ishorasi- 

ga javoban.  -   Nima  qilaman  men  kitobni?  Bu- 

gun  ertalab yana qon qusdim.  Viskingiz, bormi? 

Qanaqa qilib bolsin! Birpas sabr qiling.

U dik etib turib chiqib ketdi.  Martin orqasidan 

kuzatib qolarkan, uning bir vaqtlar, ehtimol, zabar- 

dast bolgan yelkalarining botiq kolcraklari tomon 

cholckanini ko'rdi. Martin ikkita stakan olib qo^yib, 

sovg*a  kitobni  o‘qishga  tutindi.  Bu  Genri  Vogan 

Marlo\xning oxirgi she’rlar to'plami edi.




Martin Iden

419

-   Shotland  viskisi  yo‘q,  -   dedi  qaytib 

Brissenden. -  Haromzoda, faqat Amerika viskisi- 

ni sotib yotibdi.  Shunday bolsa ham bir shisha 

olib kelaverdim.

-   Men  hozir  bolalardan  birontasini  limonga 

yuboraman-da,  keyin  grog  qilamiz,  -   deb  taklif 

kiritdi  Martin.  -   Qiziq,  shunaqa  kitobi  uchun 

Marlou qancha olarkin?

-   Ellik  dollarcha,  -   javob  qildi  Brissenden,

-  bu  ham  holva.  Kitobini  bosishga jur’at  etgan 

noshimi topganiga shukur qilaversin.

-  Bundan chiqdi nazm bilan kun ко‘rib bo Tinas 

ekan-da?


Martinning  ovozidan  qattiq  ranjigani  sezilib 

turardi.


-   Albatta,  yashab  bolmaydi!  Qaysi  ahmoq 

umid  qiladi?  Qofiyabozlik  -   boshqa  masala. 

Bryus,  Viijiniya  Spring  yoki  Sejvikka  o'xsha- 

ganlar ishlarini boplab yuribdilar.  Lekin haqiqiy 

shoirlar... Siz Marlouning qanday yashashini bi- 

lasizmi? U Pensilvaniyada qoloq o'quvchilar mak- 

tabida  dars  beradi,  jahannamning yer yuzidagi 

bolimlari  ichida  eng  mudhishi,  shubhasiz,  shu 

maktabdir.  Agar  umrimga  ellik yil  qo'shib  ber- 

ganda  ham,  men  u  bilan  o'rin  almashtirmagan 

bolardim. Holbuki, uning she’rlari hozirgi shoir- 

chalaming  xom  she’rlari  orasida  xuddi  shisha 

parchalari orasida yotgan yoqut donalari singari 

yaraqlaydi.  Tanqidchilar  uning  to‘g‘risida  nima 

deb yozishadi deng!  La’nat o‘sha tanqidchilarga, 

o‘sha dimog'dor nodonlarga!

Umuman,  o'zlari  yozuvchi  bola  olmagan 

odamlar  haqiqiy  yozuvchilar  haqida  juda  ko‘p

kelgan



420

Jek  London

mulohaza yuritishadi,  -  dedi  Martin,  -  chunon- 

chi, Stivenson haqida ne-ne g‘iybatlami to‘qima- 

gan edilar!

-   Qolansalar!  -   dedi  Brissenden  nafrat  bilan 

g'ijinib.  -   Men  ularning  toifasini  bilaman.  Ular 

Stivensonning Damen otani yoqlab yozgan mak- 

tubi  uchun  umr  botyi  cho‘qilashdi,  har  qaysi 

so'zini  bittama-bitta  tahlil  qilib,  bittama-bitta 

tortib ko'rishdi va...

-  U ayanch odamlar o'zlarining olchovlari bi­

lan olchashdi, -  deb qo‘shib qotydi Martin.

-   Gapingiz  o‘rinli.  Ha,  albatta!  Stivensondagi 

jamiki  go'zallik,  samimiylik  va  ezgulikni  loyga 

qorib tashlab, keyin ragЪatlantirmoqchi bolgan- 

dek,  yelkalariga  qoqib  qotyishar  va:  «Barakalla! 

Ko'ppak Fido!»  deyishardi.  TuP.  Olim  to'shagida 

yotgan  Richard Ralf ular haqida:  «Odamzod toi- 

fasining ayanchli zag‘izgonlari», -  degan edi.

-   Ular  yulduzlar  gardini  cho‘qilayaptilar,  -  

Martin ehtiros bilan Brissendenning gapiga gap 

ulab ketdi.  -  Ular buyuk iste’dod egasining ya- 

shin tezligida parvoz qilayotgan fikrini ilib olish- 

ga  urinadilar.  Men  bir  kun  tanqidchilar  haqi­

da,  aniqrog'i,  taqrizchilar  haqida  maqola  ham 

yozgan edim.

-  Oling bu yoqqa! -  dedi darhol Brissenden.

Martin stol ostidan «Yulduzlar to‘zoni»ning bir

nusxasini topib  oldi,  Brissenden  shu zahotiyoq, 

dam-badam pishqirib, qollarini bir-biriga ishqab 

o‘qiy  boshladi;  u  hatto  ichayotgan  grogini  ham 

unutib qotygan edi.

-  Axir ko‘zi ko‘r pakanalar mamlakatiga uchib 

kelgan yulduzlar  to'zonining  zarrachasi  o'zingiz




' г


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish