410
Jek London
serning taijimai holini o'qish to‘g‘risida gapir-
masa ham boladi. Shu turqi sovuq odam bi
lan vaqt o‘tkazishning nima hojati bor ekan,
deb oyiardi Martin. Lekin uni jalb etgan narsa
hamrohi ham, ichkilik ham emas, balki shun-
ga aloqador bolgan hamma narsa, ya’ni: chiroq-
larning yorug' shulasi, ko'zgular, qadahlaming
jarangi va yaraqlashi, may dan qizigan chehralar
va odamlaming shang‘illab gapirishlari edi. Ha,
ha, hayotda muvaffaqiyat qozongan va pullarini
bahuzur ichkilikka sarfiay oladigan xushchaq-
chaq va betashvish kishilarning ovozlari. Martin
yolg'iz edi, uning baxtiqaroligi ham ana shunda
edi. Shuning uchun ham Brissendenning taklifi-
ni bajonu dil qabul qildi. Martin «Qaynar buloq»ni
tashlab, Jo bilan vidolashgandan beri, portugali-
yalik baqqol vino bilan mehmon qilgani hisobga
olinmasa, biron marta ham mayxonaga kirma-
gan edi. Miyaning charchashi jismoniy horg'in-
likdek ichkilikka mayl uyg'otmaydi, shuning
uchun ham, Martinning ichkisi yo‘q edi. Lekin
hozir uning ichkisi kelib qdldi, aniqrog'i, odamlar
ichkilik ichib, baqirib-chaqirib, xoxolab kulayot-
gan g‘ala-g‘ovur qovoqxonaga kirgisi keldi. «G'or»
aynan shunaqa qovoqxona edi. Brissenden bilan
Martin qulay charm kreslolarga bahuzur yasta-
nib o'tirib olib, shotland viskisini sodali suv bilan
chapishtirib, maydalab o'tirishdi.
Suhbatga kirishib ketishdi: ular har to‘g‘rida
gaplashisharkan, faqat navbatma-navbat yan-
gidan ichkilik bujairtirish uchungina suhbatni
to‘xtatishardi. Ichkilik ichishda juda chidam-
li Martin hamkosasining chidamliligiga taaj-
Martin Iden
411
jublandi. Uning fikr-mulohazalaridan ham
taajjublandi. Ko‘p o'tmay, Martin Brissenden-
ning bilimdonligiga, umuman, Martin uchrat-
gan ikkinchi chinakam ziyoli ekaniga ishonch
hosil qildi.
Bundan tashqari, Brissendenda yana pro
fessor Kolduellda bolmagan juda ko‘p xislatlar
bor edi. Uning gaplaridan o‘t chaqnar, u had-
dan tashqari serfahm, zehni o‘tkir edi, fikrlari
qandaydir erkin parvoz qilardi. U juda chiroyli
gapirardi. Yupqa lablari orasidan xuddi charx-
da qayralgandek o'tkir so'zlar otilib chiqardi. U
so'zlar nayzadek teshib, qilichdek chopardi. Shu
daqiqaning o'zida so'zlaming о‘mini ravon, yang-
roq jumlalar egallardiki, bu jumlalar borliqning
tasawur etib bolmaydigan go‘zallik shulasini
go
у
о o‘zida yashirgan, kishini maftun etuvchi
porloq obrazlar bilan bezatilgan edi. Ba’zan uning
nutqi bo Von, samoviy kurash sari da Vat etuvchi
jangovar burg4i singari yangrar, kumushdek ja-
ranglar, yulduzlar olamining sovuq shulasidek
yaraqlardi. Bu nutqda fan olamining eng so‘nggi
yutuqlari qisqa va aniq ifodalanardi. Ayni vaqt-
da bu shoir nutqi edi, bu nutq so‘z bilan ifoda-
lab bolmaydigan, lekin shu so'zlardan vujudga
keluvchi nozik, murakkab tasawurlar vositasi
bilangina his qilishga imkon tug‘diruvchi g'oyat
Зддквак muhokamalar bilan sug'orilgan edi. Aqli
insoniy tajribaning qudrati yetmagan allaqanday
uzoq sohalarga kirib borardi, vaholanki, bularni
oddiy til bilan tasvirlab bolmaydiganga o'xshar-
di. Lekin u nutqining sehrli mahorati bilan od
diy so'zlar orqali g‘ayrioddiy ma’nolarni ifoda eta
412
Jek London
olardi, buni o'rtamiyona aql egalari anglay ol-
masdi-yu, lekin ular Martin uchun juda yaqin va
tushunarli edi.
Martin Brissendenga bolgan adovatini bir-
pasda unutdi. Uning qarshisida shu choqqacha
faqat kitoblardagina o‘qigan narsa turardi. Uning
qarshisida mutafakkiming kamolga yetgan orzu-
si, oyog'iga sajda qilsa arziydigan odam o'tirardi.
U hamsuhbatining gaplarini zavq bilan tinglar-
kan, «men uning xoki poyi bolishga loyiqman»,
der edi ichida.
- Nazarimda, siz biologiyani o‘rgangan ko‘ri-
nasiz! - dedi nihoyat Martin, o'zining ham ba’zi
narsalarg^ tushunishiga ma’nodor shama qilib.
Ammo ; mssenden inkor ma’nosida bosh chay-
qab, Martinni hayron qoldirdi.
- Lekin siz shunday fikrlami oldinga suryap-
sizki, biologiyani bilmay turib, bunday xulosaga
kelish aslo mumkin emas, - deb gapda davom
etdi Martin Brissendenning taajjub bilan boqib
turganini payqab. - Sizning xulosalaringiz buyuk
olimlar yuritgan barcha mulohazalarga juda
mos tushyapti. Siz ulaming asarlarini o'qimagan
bolishingiz mumkin emas.
- Bu gapingizdan boshim osmonga yetdi, - deb
javob qildi Brissenden, - mening yuzaki ilmim
haqiqatni anglashim uchun eng qisqa yol ochib
berganidan g‘oyat mamnunman. Lekin haqman-
mi, haq emasmanmi, menga baribir. Buning
hech qanday ahamiyati yo‘q. Chunki inson mut-
laq haqiqatga hech qachon erisha olmaydi.
- Siz Spenserning shogirdi va izdoshi ekansiz!
- zavq bilan gapirib yubordi Martin.
Martin Iden
413
-
Men yoshlik chog'imdan Spenseming
larini o‘qimaganman. Lekin bir vaqtlar uning
«Tarbiya»sini o‘qigan edim.
Martin Brissendenning butun aql-zakovatini
chuqur tahlil qilib chiqqach, yarim soatlardan
keyin dedi:
- Qani endi, men ham shunday osonlik bilan
ilm ololsam. Sizning gaplaringizni eshitganda
e’tirozga o'rin qolmaydi - meni eng ko‘p taajjub-
ga qo'yadigan jihatingiz mana shu. Siz, ilm-fan
aposteriori25 tiklagan narsalami tasdiqlaysiz. Siz
darhol to‘g‘ri xulosa chiqarasiz. Siz chindan ham
haqiqatga olib boradigan eng qisqa у о Ini topish
baxtiga muyassar bolgansiz, bu yolni yoruglik
tezligida uchib o'tgansiz. Bu endi qandaydir fav-
qultabiiy iste’doddir.
- Ha, muallimlarim ham, otam Jozef ham,
akam Letton ham doimo shunga hayron boli-
shardi, - dedi Brissenden. - Lekin bu yerda hech
qanday mo jiza yo‘q. Baxtimga men yosh chog'im-
dan katoliklar kollejida o'qidim. 0 ‘zingiz qayerda
tahsil ko'rgansiz?
Martin unga o‘zi haqida gapirib berarkan, ayni
vaqtda Brissendenni, yuzining kiborlarga xos bi-
chimini, qiyalab tushgan yelkalarini, yonidagi
kursiga tashlangan va cho ‘ntaklaridan kitoblar
chiqib turgan paltosini diqqat bilan ko‘zdan ke-
chira boshladi. Brissendenning yuzi va ingich-
ka qollari oftobda qoraygan edi, bu Martinni
ajablantirdi. Nahotki, Brissenden ochiq havoda
sayr qilishni yaxshi ko‘rsa? U qayerda bunchalik
kitob-
Do'stlaringiz bilan baham: |