Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

432

Jek  London

Ular  yana jonlarini  jabborga  berib,  hikoyani 

boshlariga  ko'tarib  maqtay  boshladilar.  Mister 

Ford  «Qo‘ng‘iroq  sadosi»ni  birinchi  dafa  qan­

day o'qiganini yana hikoya qila boshladi,  mister 

Ends esa jiyanining bu hikoyadan o‘zini yo'qotib 

qo^ganini, vaholanki, jiyani unaqa-bunaqa ayol 

emas,  Alamedda  maktab  muallimasi  ekanligini 

gapira boshladi.

-  


Men  haqimni  olgani  keldim,  -   deb  gapni 

cho‘rt  boldi  Martin,  -   hammangizga  shu  qadar 

yoqqan hikoyam bosilib chiqqandan keyin men­

ga besh dollar tolashingiz kerak edi.

Mister  Fordning  yuzida  uning  haqini  dar- 

hol  tolashga  tayyorlik  ifodasi  namoyon  boldi, 

cho'ntaklarini  paypaslab  ko‘rdi va mister Ends- 

ga o'girilib, pulini uyida unutib qoldirganini ayt­

di.  Mister  Ends  «chakki  bo‘pti»  deganday  unga 

qaradi,  lekin  shu  payt  uning  g'ayriixtiyoriy  ra- 

vishda  qoli  bilan  shimining  cho'ntagini  qopla- 

ganini ко‘rib qolgan Martin o'sha cho'ntakda pul 

borligini bildi.

-  


Ming  afsus,  -   dedi  mister  Ends,  -   bor-yo‘q 

pulimni hozirgina bosmaxonaga berib yuboruv- 

dim-a.  O'ylamasdan,  juda  oz  pul  olib  kelgan 

ekanman bugun,  lekin...  bilasizmi,  kutilmagan- 

da,  bosmaxona  xojayini  kelib  qolib,  hali  tolov 

vaqti  kelmagan  bolsa  ham,  bir  hojat  chiqarib, 

avans berishni iltimos qildi.

Ikkovlari  mister  Uaytga  qarashdi,  lekin  u 

kulib yuborib, yelkasini qisib qo^di.  Har holda 

uning vijdoni pok edi. U «Transkontinental oylik 

jumali»ga  jurnalistika  ishini  o‘rganish  uchun 

ishga kirgan edi, lekin unga asosan moliya siyo-




Martin Iden

433

satini o'rganishga to'g'ri keldi. «Oylik» unga 

oylik  maoshini  to'lamagan  edi,  lekin  u  muhar- 

rir  muovinining  haqini  tolagandan  ko'ra,  bos- 

maxonani  tinchitish muhimroq ekaniga tushu- 

nib qolgan edi.

-  Juda  chakki  boldi-da,  -   dedi  mister  Ford 

surbetlik bilan. -  Siz, mister Iden, to'satdan kelib 

qoldingiz.  Lekin biz  bunday qilsak.  Ertaga  erta- 

laboq sizga pochta orqali chek yuborsak.  Mister 

Ends, mister Idenning manzili bormi sizda?

-   O,  bolmasam-chi,  mister  Idenning  manzili 

yozib qo'yilgan,  ertaga ertalab chek yuboriladi. -  

Martin moliya va bank ishlariga yaxshi tushun- 

masdi,  lekin u,  agar ular ertaga chek yuborish- 

moqchi ekan, bu ishni hozir ham bemalol qilish- 

lari mumkin-ku,  degan qarorga keldi.

-  Demak,  kelishdik,  mister Iden,  ertaga sizga 

chek yuboriladi.

-  Menga pul ertaga emas, bugun kerak, -  dedi 

Martin qat’iy qilib.

-  Ko'ngilsiz tasodifni qarang-a! Agarda boshqa 

istagan  kuningizda  kelganingizda  ham...  -   deb 

mister Ford gap boshlagan edi,  ammo  chamasi, 

tabiatan  birmuncha  betoqatroq  bolgan  mister 

Ends to'satdan uning so'zini boldi.

-   Mister  Ford  sizga vaziyatni  tushuntirdi-ku,

-  qo'rslik bilan dedi u, -  men ham tushuntirdim. 

Chek ertaga yuboriladi.

-   Men  ham  sizga  tushuntirib  aytyapman,  -  

dedi Martin, -  pul menga bugun kerak!

Ish boshqaruvchining qo'pol muomalasi Mar­

tinga qattiq botdi;  shuning uchun unga ko‘z-qu-



43 4

Jek  London

loq  bolib  turdi,  inchunun  «Oylik»ning  kassasi, 

shubhasiz, uning cho‘ntagida edi.

Shu choq mister Ford yana:

-  Men  nochor  ahvolga tushib  qoldim...  -   deb 

gap boshladi.

Mister  Ends  esa  sabrsizlik  bilan  poshnasida 

orqasiga  o'girildi  va  xonadan  chiqib  ketmoqchi 

boldi.  Martin shu onning o‘zida unga tashlanib, 

hiqildoglga  shunday  yopishdiki,  uning  qordek 

oppoq, bejirim soqoli o'zining shaklini yo'qotmay 

qirq besh darajali burchak yasab tikkayib qoldi. 

Mister  Ford  bilan  mister  Uayt,  dahshatdan  su- 

rat bolib qotib, Martin ish boshqaruvchini xuddi 

eron gilamini qoqqandek silkitayotganini baqra- 

yib tomosha qilishdi.

-   Menga  qarang,  yosh.  iste’dod  egalarining 

kuchidan  foydalanuvchi  muhtaram  zot,  -   deb 

baqirdi  Martin,  -   pulni  chiqaring,  yo‘qsa,  yo- 

ningizdagi  pulning  hammasini  o‘zim  qoqib 

tushiraman!

So‘ng u  qo'rqib  ketgan  tomoshabinlarga  o‘gi- 

rilib, qo‘shib qoydi:

-  Yaxshisi,  aralasha  ko‘rmanglar...  bolmasa, 

sizlar ham shunday ta’ziringizni yeysizki, tuqqan 

onangiz ham taniyolmay qoladi.

Mister Ends bo‘g‘ila boshladi, Martin o‘z shar- 

tiga uning rozilik berishi uchun imkon tug'dirish 

maqsadida bir oz qolini bo'shatdi. Ish boshqaruv- 

chi cho'ntagini kovlab,  nihoyat,  to'rt dollaru o‘n 

besh sent chiqardi.

-  Cho'htakni ag‘daring! -  deb baqirdi unga Martin. 

Yana  o‘n  sent  chiqdi.  Martin  hisobga  to‘g‘ri

bolsin uchun oljani ikki marta sanadi.




Martin Iden'

435

- Endi  navbat  sizga!  -  deb  qichqirdi  u 

Fordga. -  Menga yana yetmish besh sent yetmaydi!

Mister  Ford  darhol  cho ‘ntaklaridagi  hamma 

narsani  oldi,  lekin  bor-yo‘q  puli  oltmish  sent 

chiqdi.


-  Yaxshiroq  qidiring,  -   dedi  Martin  unga 

dag‘dag‘a qilib, -  nimchangiz cho'ntagidan nima 

chiqib turibdi?

Mister F ord о ‘zining halol odamligini isbotlamoq- 

chi bolganday,  ikkala cho‘ntakning ham astarini 

ag‘darib  ko‘rsatdi.  Uning  bitta  cho‘ntagidan  to‘rt 

burchak  karton  tushdi.  Mister  Ford  uni  yerdan 

olib yana cho‘ntagiga solmoqchi edi, lekin Martin:

-  Nima  u?  -   deb  yubordi.  -   Parom  chiptasi- 

mi?  Bu  yoqqa  bering?  Bu  o‘n  sent  turadi.  De- 

mak,  endi  qolimda,  agar  chiptani  ham  qo'shib 

hisoblansa,  to‘rt  dollaru  to'qson  besh  sent  bor. 

Qani, yana besh sent chiqaring!

U mister Uaytga shunday o'qrayib qaradiki, bu 

nozik nihol jentlmen shu zahotiyoq cho‘ntagidan 

nikel tanga chiqarib berdi.

-  Tashakkur, -  dedi Martin ulfatlaming ham- 

masiga murojaat qilib, -  omon bolinglar!

-  Bosqinchi -  deb g'ijindi uning orqasidan mis­

ter Ends.

-   Muttaham!  —

  deb  javob  qildi  unga  Martin 

eshikni «qars» etib yopib chiqib ketarkan.

Martin g'alabasidan shu qadar zavqlanib ket­

gan  ediki,  «Parizod  va  marvarid»  uchun  «Qovoq 

ari»  berishi  kerak bolgan  o‘n  besh  dollar qarzi- 

ni eslab, shu zahotiyoq uni ham undirishga ahd 

qildi.  Lekin  «Qovoq  ari»  tahririyatida  qandaydir 

soqollari  toza  olingan yoshlar o'tirishardi,  bular

mister



436

Jek  London

hammani,  duch kelgan  har bir  odamni va  shu- 

ningdek,  bir-birlarini  ham  tunashga  odatlanib 

qolgan qip-qizil qaroqchilar edi. To‘g‘ri, Martin ji- 

hozlardan ba’zilarini  sindirishga ulgurdi,  ammo 

talabalik choglarida atletika bo'yicha mukofotlar 

olgan muharrir ish boshqaruvchi elonlar yig4iv- 

chi agent va shveysar yordamida Martinni eshik- 

ka chiqarib qo^di va zinadan o‘qday otilib tushi- 

shiga ko'maklashdi.

-   Kelib  turing,  mister  Iden,  sizni  ko'rishga 

hamisha  mushtoqmiz!  -   deb  uning  orqasidan 

xushchaqchaq ovoz bilan baqirishdi.

Martin ham jilmayib o'midan turdi.

-  Uf,  -  deb  g‘oldiradi  u.  -   Qoyilman,  yigitlar. 

«Transkontinental»dagi  qiltiriqlarga  o'xshamas 

ekansizlar!

Bunga javoban yana xoxolab kulishdi.

-   Shuni  e’tirof  etish  kerakki,  mister  Iden,  -  

dedi  «Qovoq  ari»ning  muharriri,  -   shoir  uchun 

o'zini bunchalik himoya qilish katta gap. Bu bra- 

ruleni qayerda o'rgangansiz?

-  Siz ikki qavatlama nelsonni qayerda o'rgan- 

gan  bolsangiz,  o'sha  yerda,  -   deb  javob  berdi 

Martin.  -   Har  holda  ko‘zingizning  osti  kolcanb 

chiqishi muqarrar!

Ishonamanki, sizning gardaningiz qichib qola- 

di hali, -  ehtirom bilan e’tiroz bildirdi muharrir.

-  Menga qarang,  shu ish  sharafiga qittay-qittay 

otmaymizmi? Albatta, lat yegan gardan sharafiga 

emas, tanishganimiz sharafiga.

-  Men yengildim,  demak,  rozi bolish kerak,  -  

deb javob qildi Martin.

Shundan keyin, hammalari -  talovchilar ham, 

talangan  ham  bir  shisha  viski  ichishdi,  jangda



kuchlilar  g‘olib  chiqdi,  shunga  ko‘ra  « 

va marvarid»  uchun  beriladigan  o‘n  besh  dollar 

«Qovoq  ari»ga  tegishlidir  deb  do‘stona  qarorga 

keldilar.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish