0 ‘TTIZ TO‘RTINCHI BOB
Artur ko'cha eshik oldida qoldi, Ruf esa Mari
ya Silvaning uyi oldidagi pillapoyadan tez yurib
chiqdi. U yozuv mashinkasining chiqillashini
eshitdi, xonaga kirib Martinni allaqanday qol-
yozmaning oxirgi sahifasini yozib tugatayotgani
ustidan chiqdi. Ruf Martinning Shukronalik kuni
ovqatlangani borish-bormasligini bilish uchun
ataylab kelgan edi, lekin ijodiy ehtirosga berilib
ketgan Martin unga oglz ham ochirmadi.
- Ijozat etsangiz, sizga shuni o‘qib bersam! -
dedi u mashinkadan qog'ozlarni olib, nusxala-
rini ajratib qo'yarkan. - Bu mening eng keyingi
hikoyam. Awalgi asarlarimga sira ham o'xsha-
maydi, men hatto bu haqda otylagani ham
qo'rqyapman, lekin nazarimda, yaxshiga o'xsha-
yapti. Mana, o'zingiz eshiting. Hikoyada Gavayi
hayoti tasvirlanadi. Unga «Viki-Viki» deb nom
qo'ydim.
Martinning yuzi hayajondan cho‘g‘dek yonar-
di, holbuki, Ruf uning kulbasida sovuqdan dildi-
rar, Martinning qollari esa muzdek edi.
Ruf hikoyani diqqat bilan tinglayotgan bolsa
ham, unga ma’qul tushmayotgani yuzidan yaq-
qol bilinib turardi. Martin o'qib bolib, undan
so'radi:
- To‘g‘risini ayting, sizga yoqdimi, yo‘qmi?
Martin Iden__________________________________ _ _
437
Parizod
438
Jek London
- Bi-bilmadim, - deb javob qildi qiz, - buni bi
ron jumalga o'tkazib boladi deb oyiaysizmi?
- Menimcha, o'tkazib bolmasa kerak, - deb
e’tirof etdi Martin. - Buni jurnallar tushunmay-
di. Ammo bu yerda sof haqiqat yozilgan.
- Nega endi siz hadeb sotib bolmaydigan
asarlarni yozganingiz-yozgan? - rahmsizlik bilan
gapira boshladi Ruf. - Axir siz tirikchilik uchun
yozasiz-ku?
- Ha, to‘g‘ri. Lekin qahramonim mendan kuch-
li chiqib qoldi. Men hech narsa qila olmadim. U
voqeaning faqat shu tarzda tugallashimni talab
qilib turib oldi.
Lekin nega Viki-Vikingizning og'zidan bodi
kirib, shodi chiqadi? Axir hikoyani o'qigan har
qanday odam uning gaplaridan sholg‘omdek
qizarib ketadi-ku. Demak, muharrirlar hikoyani
bosmaslikka haqlari bor.
- Haqiqiy Viki-Viki xuddi shu xilda gapirgan
bolardi.
Bu - didsizlik.
Bu - hayot! - dedi Martin. - Bu - real hayot.
Bu - haqiqat. Men hayotni qanday mushohada
qilsam, xuddi shunday tasvirlashim lozim.
Ruf hech nima deb javob qilmadi, shu payt
oraga bir on o‘ng‘aysiz jimlik choltdi. Martin
Rufni haddan ortiq sevar, shuning uchun ham
uni tushunmas edi, qiz esa uni shuning uchun
tushunmas ediki, u Rufning odamlar haqidagi
mahdud tushuncha doirasiga sig'masdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |