Martin Iden
443
Martinning dazmolni qoliga olib, harir
koftochkani dazmol taxtasi ustiga tashlagani-
ni ko'rgan Mariya (bu haqda u to ola-olgun-
cha gapirib yurdi) hang-mang bolib qolgan edi.
Bu mahalladagi eng olifta qiz Ket Flenaganning
eng yaxshi koftasi edi. Miss Flenagan, kof-
tochkam nima qilib bolsa ham kechqurunga
tayyor bolsin, deb tayinlagan edi. Uning temir-
chi Jon Kollinz bilan yaqinligini hamma bilar-
di, Mariyaning eshitishiga ko‘ra, ular ertaga
«Oltin Qopqa» parkiga sayr qilgani borishlari ke
rak edi. Mariya koftochkani Martindan qutqa-
rib qolaman, deb bekorga ovora boldi. Martin
uni majburan kursiga o'tqazib qo^di. Mariya
baqraygancha Martinning jon-jahdi bilan kiyim
dazmollashini kuzatib o'tirdi. O'n daqiqadan ke-
yin Martin dazmollangan koftochkani Mariyaga
uzatdi, Mariyaning o‘zi ham bunday yaxshi daz-
mollay olmasdi, Martin uni bunga iqror bolish-
ga majbur etdi.
- Agar dazmol yana ham qizigan bolganda,
yana ham tezroq dazmollagan bolardim, - deb
tushuntirdi u.
Lekin Mariyaning fikriga qaraganda u dazmol
ni shundoq ham juda qizdirib yuboribdi.
- Siz noto‘g‘ri suv purkaysiz, - dedi Martin
unga yana, - keling, sizga yolini ko'rsatib beray.
Agar tez dazmollamoqchi bolsangiz, suv purkal-
gan kiyimni pressga bostirib qo“yishingiz kerak.
Martin yertoladan yog'och quti olib chiqdi,
unga qopqoq yasadi, bolalar topshirish uchun
yiqqan temir-tersaklardan birtalayini olib kel
di. Suv purkalgan kiyimlar qutiga taxlanib, us-
batist
444
Jek London
tidan qopqoq qotyildi, qopqoq ustiga temir-tersak
bostirildi. Shu bilan tayyorgarlik tugadi.
- Endi qarab turing, - dedi Martin beligacha
yalang‘och bolib olib, qizarib cho‘g‘ bolayozgan
dazmolni qoliga olarkan.
Keyinchalik Mariya kiyimlami dazmollab
bolgach, Martin jun kiyimlarni yuvishni ham
o'rgatib qotyganini hammaga gapirib yurdi.
- U aytdi: «Mariya, katta ahmoq, meniki o'rga-
tadi sizga». U о‘r gat a boshladi. 0 ‘n daqiqa mashi
na tayyor. Bochka, ikki tayoq yana g‘ildirak gup-
chak. Mana!
Bunday asbob yasashni Martin «Qaynar Bu-
loq» kirxniasida Jodan o'rgangan edi. Eski
g'ildiraki ng tayoqqa o‘matilgan gupchagi por-
shen vazifasini o'tardi. Tayoqning ikkinchi uchi-
ga boglangan arqon oshxona shiftining sinchi-
dan o'tkazilgan ediki, bu narsa porshenni bir qol
bilan harakatga keltirishga imkon berardi; boch-
kaga solingan jun kiyimlar shu asbob yordamida
juda yaxshi qoqilardi. Mariya hatto bolalaridan
bittasini arqon tortishga qotydi, u Martin Iden-
ning hiylasidan taajjublanardi.
Martin o‘z san’atini namoyish qilib, kir yuvish
ni takomillashtirish bilan Mariyaning mehnatini
yengillashtirgan bolishiga qaramay, ayni vaqt-
da, uning nazaridan qoldi. Uning sobiq kir yu-
vuvchi ekanligi malum bolgandan keyin, uni
qurshab olgan romantik shu la gotyo tutundek
tarqalib ketdi. Uning kitoblari, faytonda keluv-
chi yoki o‘zidan keyin viski shishalarini qoldirib
ketuvchi basavlat mehmonlar - hammasi Mari
yaning ko‘zi oldida o‘z jozibasini yo'qotgan edi. U
Martin Iden
445
oddiy ishchi, xuddi Mariyaga o'xshagan ishchi
ekan, ular ikkovlari ham bir sinfning namoyan-
dalari ekan. Bu fikrdan Martin unga yaqinroq,
tushunarliroq bolib qoldi, lekin sirli joziba yo‘q
bolib ketgan edi.
Martin qarindoshlaridan tobora uzoqlasha bor-
di. Mister Xiggenbotamning o‘rinsiz qiligldan ke
yin, bolg4ivsi kuyovi - German Shmidt ham hu-
narini ko'rsatdi. Martin bir kun bir necha she’r va
hikoyalarini otkazishga muyassar boldi va qis-
man o‘z ahvolini tiklab oldi. U ba’zi baqqollam-
ing qarzini uzdi, kostyumi bilan velosipedini ham
sotib oldi. Velosipedining u yer-bu yerini tuzatish
lozimligini ko'rgach, bolg4ivsi kuyoviga do'sto-
na munosabatini bildirish uchun uni German
Shmidtning ustaxonasiga yuborishga qaror qildi.
O'sha kuni kechqurunoq Martin velosipedini
olib, taajjublandi va mamnun boldi. Chamasi,
Shmidt ham unga o‘zining do'stona munosabat-
da ekanini izhor etmoqchi bolgan, shekilli, velo
sipedini navbatdan tashqari tuzatib, yana uyiga
ham yuboribdi, holbuki, bironta ham ustaxona
bu ishni qilmas edi. Lekin Martin velosipedini
ko‘zdan kechirib, unga qol ham urilmaganini
ko‘rdi. U ustaxonaga telefon qildi, lekin German
Shmidt «u bilan bordi-keldi qilishni istamasligi-
ni» aytdi.
- Janob German Shmidt, - bamaylixotir gapi-
ra boshladi Martin, - qulog'ingizdan biror mar
ta cho'zib qo'yish uchun huzuringizga tashrif
buyursam ham ajab emas.
- Agar mening ustaxonamga kelgudek bolsan-
giz, - deb javob qildi u, - politsiyaga xabar qila-
446
Jek London
man! Men sizga ko'rsatib qoyaman! Xotiijam
boling, meni mushtlashishga majbur qila olmay-
siz. Sizga o‘xshaganlar mening tengim emas. Siz
ishyoqmassiz, meni laqillata olmaysiz. Opangiz-
ga uylanmoqchi ekanman, bundan meni haqorat
qilishingiz mumkin degan xulosa chiqmaydi.
Nimaga ishlamaysiz, nega halol pul topib kun
ko'rmaysiz? A? Qani, javob bering-chi!
Martin haqiqiy faylasuf singari g‘azabini ichiga
yutdi-da, unga javoban hushtak chalib, go‘shak-
ni ilib qo“ydi. Awaliga kulgisi qistadi, lekin ke
yinchalik yolg'izlik asta-sekin uning qalbini iz-
tirobga sola boshladi.
Hech kim uni tushunmas, yolg'iz Brissen-
dendan boshqa hech kimga keragi yo‘q edi, lekin
Brissenden ham qayoqqadir g'oyib boldi.
Martin sabzavot dolconidan ul-bul xarid qilib,
ko‘chaga chiqqanida qosh qorayib qolgan edi.
Muyulishda tramvay to^xtadi, uning pillapoyasi-
dan novcha bir odam sakrab tushdi. Martinning
yuragi sevinganidan bir sapchib tushdi. Bu Bris
sendenning o'zginasi edi, derazadan tushgan
yorug'da paltosining qappaygan cho‘ntaklariga
Martinning ko'zi tushdi. Uning bir cho'ntagida
kitob, ikkinchisida esa shisha bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |