Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

25 

Altruist 

о z  manfaatidan  voz  kechib,  o‘zgalarga 

yaxshilik qiluvchi odam.


Martin И Ш ''

451

hamsuhbatining  jumallarga  taalluqli 

dan boshqa hamma sohada haq ekanligini e’tirof 

ham  etdi.  Uning  muharrirlarga  bolgan  nafrati- 

ning  cheki yo‘q  edi,  u  muharrirlami  Martindan 

ham qattiq haqorat qilardi.

-   Iltimos,  dostonimni  mashinkangizda  bosib 

bersangiz,  -  dedi u, -  siz har qanday kotibadan 

ming  karra  yaxshiroq  bosasiz.  Endi  sizga  bit- 

ta  foydali  maslahat  bermoqchiman.  -   Brissen­

den  cho'ntagidan  qalin  bir qolyozma oldi.  -  Bu 

sizning «Sharmanda bolgan quyosh» degan ma- 

qolangiz.  Uni  uch  marta  o‘qib  chiqdim!  Qolim- 

dan  kelgan  eng yuksak maqtovim  shu.  Siz  «Ef- 

emerida»ni  g‘oyat  daraja  maqtab  yuborganin- 

gizdan keyin jim bolishim kerak edi. Lekin sizga 

shu  narsani aytmoqchi edim:  agar «Sharmanda 

bolgan quyosh» bosilib chiqsa, juda katta shov- 

shuv  boladi.  Shuning  natijasida  eng  shiddat- 

li  munozara  boshlanadiki,  bu  siz  uchun  eng 

yaxshi reklama boladi.

Martin xoxolab yubordi.

-   Bu  maqolamni  biron  jumalga  yuborishni 

maslahat bermoqchimisiz?

-   Agar  maqolangizning  bosilib  chiqishini  is- 

tasangiz, uni bironta jurnalga berishingizni aslo 

maslahat ко‘r may man. Uni yirik nashriyotlardan 

biriga tavsiya qiling.  Ehtimolki,  uni  o‘sha yerda 

bironta jinni yoki girt mast taqrizchi o'qib chiqib, 

ijobiy  fikr  aytib  qolsa.  Ha,  ko‘p  kitob  mutolaa 

qilganingiz  ko‘rinib  turibdi!  O'qiganlaringizning 

hammasi Martin Idenning miyasida hazm bolib, 

«Sharmanda  bolgan  quyosh»da  izhor  etilibdi. 

Shunday  vaqt  keladiki,  Martin  Idenning  nomi

gaplari-



452

J'ek  London

olamga  mashhur  boladi,  u  o‘z  shon-shuhrati- 

ning  ulkan  hissasiga  shu  maqola  sharofati  bi­

lan  ega boladi.  Noshir  axtaring,  uni  qancha tez 

topsangiz, shuncha yaxshi!

Shu  kuni  kechqurun  Brissenden  Martinning 

uyida  allamahalgacha  o'tirib  qoldi.  Keyin  Mar­

tin uni tramvaygacha kuzatib qotydi,  Brissenden 

tramvayga  chiqayotganida  to'satdan  do'stining 

qoliga gljimlangan bir qog‘oz tutqazdi.

-  

Manavini olib qotying, -  dedi u, -  bugun poy- 



gada omadim o'ngidan kelib qoldi!

Zang  chalinib,  tramvay  jo‘nab  ketdi.  Mar­

tin  esa  qolida  gljimlangan  qog‘oz  bilan  hayron 

bolgancha turib qolaverdi.  Martin xonasiga qay- 

tib kirgandan keyin qog'ozni ochib ko‘rdi, bu yuz 

dollarlik qog‘oz pul edi.

Martin  uni  hech  surishtirmay  sarflay  bosh­

ladi.  U  do‘stining  puli  ko'pligini  yaxshi  bilar, 

bundan tashqari,  o‘zi ham yaqin orada bu  qar- 

zimni uzaman,  deb ishonardi.  Ertasi kuni erta- 

lab u qarzlarini toladi,  Mariyaga uch oylik ijara 

haqini  oldindan  berib  qotydi,  o'zining  garovga 

qotygan  mollarining  hammasini  sotib  oldi.  U 

Meriyenga  totyona  qildi,  Ruf  bilan  Gertrudaga 

yangi  yil  bayramiga  sovg'a  sotib  oldi.  Bu  ham 

ozdek,  Silvaning hamma bolalari bilan  Oklend- 

ga  borib,  bir  yil  kechikib  bolsa  ham,  va’dasi- 

ning  ustidan  chiqdi:  u  Mariyaga  ham,  hamma 

bolalariga  ham  botinka  olib  berdi.  Yana  u  bo- 

lalarga  olamjahon  otyinchoqlar  va  shirinliklar 

olib berdi, bolalarning jajji qollari sovg‘a-salom- 

ga to lib ketgan edi.

Martin bu tantanali yurishga bosh bolib,  shi­

rinliklar  sotuvchi  dolconga  kirarkan,  bexosdan




Martin  Iden

453

Ruf  bilan  uning  onasiga  to‘qnash  kelib 

Missis  Morz qattiq xijolat boldi,  hatto  Ruf ham 

uyalib  ketdi.  U  zohiriy  odob  qoidalariga  zo‘r 

ahamiyat  berardi,  shuning  uchun  o‘z  sevgili- 

sini  portugaliyalik  bir  gala  juldurvoqi  bolalar 

orasida  ko'rish  uning  uchun  juda  ko‘ngilsiz 

bir  hoi  edi.  Martinda  g4irur  va  o'ziga  nisbatan 

hurmat  yo'qligi  uni  qattiq  ranjitdi.  Eng xunugi 

shu  boldiki,  bu  yuz  bergan  hodisa  Martinning 

o‘z muhitidan ko‘tarilib  chiqa olmasligini  isbot- 

lovchi yana bir dalil  ekanligi  Rufga  ayon  boldi. 

Shuning o‘zi ham juda ko'ngilsiz hodisa edi, bu­

tun dunyo oldida -  Rufning dunyosi oldida buni 

ko‘z-ko‘z qilishning hech  hojati yo‘q edi.  Garchi 

Ruf  bilan  Martinning  unashtirib  qo'yilgani  sir 

tutilsa ham, ularning o‘zaro munosabati barcha- 

ga ayon  edi,  shirinlik dolconida  esa  aksiga,  ta- 

nish-bilishlar juda ko‘p edi; ular hammasi miss 

Morzning  qalliglni  o'rab  olgan  ajoyib  bolalarga 

qiziqsinib qarab turardilar. 0 ‘z muhitining sodiq 

qizi  bolgan  Ruf qoli  ochiq  Martinning  tabiati- 

ni tushuna olmas  edi.  U xassos  bolganidan bu 

hodisani  bir  sharmandalik  deb  tushunardi. 

Shu  kuni  Morzlamikiga  kelgan  Martin  Rufni 

shunday  hayajonda  ko‘rdiki,  hatto  olib  kelgan 

sovg'asini  cho'ntagidan  chiqarishga  ham  yu- 

ragi dov bermadi.  U  Rufning ko'zlarida birinchi 

marta yosh  -   g'azab  bilan  alam  yoshini  ko'rdi, 

natijada bu manzara Martinga shu qadar ta’sir 

etdiki, u ichida o'zini hayvon deb atadi, holbuki, 

nima ayb qilib qo^ganini unchalik tushunmas- 

di ham.  O'z  davrasiga mansub bolgan odamlar 

bilan  muomalada  bolgani  uchun  uyalish  Mar-

qoldi



tinning  xayoliga  ham  kelmagan  edi,  shuning 

uchun  ham  Mariya  Silvaning  bolalariga  sovg'a 

xarid  qilgani  chiqib,  Rufni  tahqirlaydigan  hech 

ish qilgani yo‘q edi.  Shunday bolsa ham, u Ruf­

ning  izohlarini  tinglashga,  yuz  bergan  voqeani, 

hattoki  eng  yaxshi  ayollarda  ham  uchraydigan 

zaiflik deb izohlab, uning injiqliklarini bajonu dil 

qabul etishga tayyor edi.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish