0 ‘TTIZ YETTINCHI BOB
Martin ertasiga ertalab Brissendenning masla-
hatiga quloq solmay, «Sharmanda bolgan qu-
yosh»ni «Akropol» jurnaliga yubordi. U jurnallar-
dan birontasi, maqolamni albatta bosadi degan
umidda edi, jurnalda muvaffaqiyat qozonganidan
keyin kitob nashriyotiga yol ochish osonlashar-
di. U «Efemerida»ni ham mashinkada ko‘chirib,
jumal tahririyatiga yubordi. Brissendenning mu-
harrirlar va jurnallardan nihoyat darajada qattiq
nafratlanishiga qaramay, Martin doston bosilishi
kerak degan qat’iy qarorga keldi. U dostonni mu-
allifning ijozatisiz bostirishni o'ylamagan edi, al
batta. U dostonni bironta yirik jurnal qabul qili-
shini istardi, ana undan keyin Brissendenning
roziligini olsa boladi, deb o'ylardi Martin.
Martin shu kuni ertalabdan boshlab, bundan
uch haftacha burun о*у1аЬ qoVgan va o'shan-
dan beri qog'ozga ko'chirilishini kutib yotgan
qissasini yozishga kirishdi. Bu dengiz hayotini
real xarakterlar va real voqealar asosida tasvir-
lovchi yigirmanchi asr romantikasining namu-
nasi bolgan qiziq syujetli qissa bolishi kerak
edi. Lekin asardagi qiziqarli voqealar zamirida
shunday bir narsa yashirinishi kerak ediki, uni
sayoz fahmli kitobxon payqay olmasa-da, qissani
o'qiganda huzur qilishi kerak edi. Martin uchun
bu qiziqarli voqealar emas, aynan ana o‘sha «bir
narsa» qissaning eng muhim jihati hisoblanardi.
Uni hamisha asarning g‘oyasi o‘ziga jalb qilardi,
syujet esa shu g'oyaga bogliq edi. U o‘zi uchun
g'oyani aniqlab olib, uni nihoyatda ravshan
468
Jek London
ifodalay oladigan voqealami axtarardi. Qissa-
ning nomi «Kechikkan» deb atalishi va hajmi olt-
mish ming so‘zdan oshmasligi kerak edi. Martin
ning ishga qobiliyati va ijodiy g'ayrati e’tiborga
olinsa, bu albatta arzimas bir ish edi. U qissani
yozishga kirishgan birinchi kuniyoq o‘z san’at-
korlik mahoratidan judayam lazzatlandi. Endi,
adabiy shakl topishdagi no'noqligim fikrlarimni
zaiflashtirib qo^adi, deb qo'rqmasdi. Martin ko‘p
oylar mobaynida qunt bilan, tirishib, zahmat
chekib, nihoyat, o‘zi orzu qilgan samaraga erish-
di. Endi u o‘z maqsadi sari dadil va og'ishmay
borishi mumkin, ishga butun vujudi bilan berilib,
hayotni hozir har qachongidan ham to‘g‘ri tushu-
nayotganini va uni to‘g‘ri tasvirlay olishini his
qilardi. Martin «Kechikkan» qissasida yuz bergan
voqeiy hodisani tasvirlamoqchi va haqqoniy fikr
yurituvchi, haqqoniy tuyg4ili kishilarni ko‘rsat-
moqchi boldi. Ammo bundan tashqari, qissada
ulkan sirli ma’no, barcha mamlakatlar, barcha
zamonlar va barcha xalqlar uchun bir xilda ado-
latli bolgan g'oya bolishi kerak edi. «Shulaming
hammasiga Gerbert Spenser tufayli erishdim,
- deb oyiadi Martin kursi suyanchiglga o‘zini
tashlab. - Ha, Gerbert Spenser tufayli, shu bi
lan birga, u qolimga tutqazgan, koinot sirlarini
ochuvchi va takomil qonuni deb ataluvchi kalit
tufayli erishdim!»
Martin hozir yaratayotgan asarining muhim-
ligiga juda yaxshi tushunardi. Ish yurishib
ketadi! Yurishib ketdi. Nihoyat, u har qanday
jurnal ikki qoli bilan yopishib oladigan narsa
yozadi. Butun qissa uning ko'zi oldida butun-
Do'stlaringiz bilan baham: |