Martin Iden
473
na bolsa ham qiziqtirsa, bemoming,
aniqlashda yanglishdingiz, deyishiga ijozat be-
ring. Aslida esa, menga yuklayotganingiz kasal
bilan o'zlaringiz og'rigansiz. Axir menga u kasal
aslo yuqmaydi-ku. Sizni bu qadar hayajonga sol-
gan sotsialistik falsafaning yonidan ham o‘tgan
emasman.
- Durust, durust, - deb g'oldiradi sudya, -
aybni ayblovchiga ag‘darish - munozarada juda
ajoyib usul.
- Men sizning so‘zingizga asoslanib gapir-
yapman! - dedi Martin. Uning ko'zlari chaqnab
ketsa ham, lekin o‘zini bosib turardi. - Gap
shundaki, janob sudya, men sizning saylov oldi
nutqlaringizni eshitganman. Siz fikrlashda oglr
karvonlik qilib, garchi bu gap sizga unchalik
tushunarli bolmasa ham, baribir, bu mening
sevimli iboram, men ham raqobat, ham kuchli
raqibni siqib chiqarish tamoyillari tarafdoriman
deb o‘zingizni ishontirdingiz, lekin ayni vaqtda,
kuchli raqibning kuchini qirqish uchun barcha
choralami ko'ryapsiz.
- Yaxshi yigit!..
- Nutqlaringizni eshitganimni unutmang! -
deb uning so'zini boldi Martin. - Sizning shtat-
lar orasidagi savdoning tartibini belgilash,
«Standart Oyl» kompaniyasi bilan temir yol
tresti faoliyatini tartibga solish, o'rmonlarni,
hokazo va hokazolarni rejali ravishda eksplua-
tatsiya qilish bobida tutgan mavqeingiz ularni
cheklab qoyish tadbirlarini talab qilishga, ya’ni,
asl mohiyatini olganda, sotsialistlar mavqeiga
juda mos tushadi.
kasalimni
474
j ek London
- Xo'sh, ayting-chi, jon-jahdi bilan hokimi-
yat tepasiga chiqishga intiluvchilarning yolini
to'sish kerak emasmi, sizningcha?
- Gap unda emas. Sizning faqat tashxis
qo^ishda yanglishganingizni,
men
sotsia-
lizm bakteriyasini o'zimga sira yuqtirmagan-
ligimni isbotlamoqchiman. Aksincha, mazkur
zararkunanda bakteriyani aynan siz o'zingizga
yuqtirgansiz, - men ana shu narsani isbotla
moqchiman. Endi men sotsializmning ashaddiy
dushmaniman, ochig'ini aytganda, men puch
gap, safsatalar panasiga yashirinuvchi soxta
sotsializmning, ya’ni, sizning nokas demokra-
tiyangizning ham dushmaniman. Men reak-
sionerman, shu qadar e’tiqodli reaksionerman-
ki, soxta ijtimoiy munosabatlar qalpog‘i ostida
yashayotgan - sizlar, mening dunyoqarashla-
rimni hech qachon anglay olmaysizlar, negaki
shu qalpoqcha orqali bironta narsani ko‘rishga
ko'zingiz nihoyatda ojizlik qiladi. Siz o‘zingizni
kuchlilaming g'alaba qozonishiga ishonayot-
gandek qilib ko‘rsatasiz, men esa bunga chindan
ham ishonaman. Farq mana shunda. Yoshroq
vaqtimda - atigi bundan bir necha oy muqad-
dam, men ham siz singari o'ylardim. Bilasizmi,
sizning g'oyalaringiz, kezi kelganda malum
darajada menga ta’sirini ko'rsatgan edi. Lekin
chayqovchilar va baqqollar - qo'rqoq ma’mur-
lardir; ulaming maqsadlari boylik orttirishdan
nariga o‘tmaydi, shuning uchun ham, gapning
ochig'ini aytadigan bolsam, oqsuyaklar menga
ko'proq ma’qul tushib qoldi. Bu xonada yagona
shaxsiyatparast menman. Men davlatdan hech