Martin Iden
421
ekansiz-ku! - deb qichqirib yubordi
o'qib bolgan Brissenden. - Albatta, maqolangizni
olgan birinchi jumal unga mahkam yopishib ol
gan bolsa kerak-a?
Martin xotira daftarini ochib qaradi.
- Bu maqolani yigirma yettita jurnal rad etdi.
Brissenden xoxolab kula boshlagan edi, lekin
у о “tali tutib qoldi.
- Ayting-chi, - dedi u nihoyat xirqiroq ovoz bi
lan, - siz she’r ham yozsangiz kerak-a? O'qigani
bering menga.
- Faqat bu yerda o'qimang, - deb iltimos qil
di undan Martin, - siz bilan suhbatlashmoqchi-
man. She’rlarimni sizga beraman, uyingizga bor-
ganda o'qiysiz.
Brissenden «Muhabbat sonetlari» va «Parizod
va marvarid» to'plamlarini olib uyiga ketdi. Erta-
si kuni u yana Martinnikiga keldi, uning birinchi
aytgan so'zi shu boldi:
- Yana bering.
U hamma she’rlami o'qib chiqib, Martinni
haqiqiy shoir deb atadi. Malum bolishicha, Bris-
sendenning o'zi ham she’r yozarkan.
Martin Brissendenning she’rlaridan hayratga
keldi va uning o'z she’rlarini bostirishga urinib
ham ko'rmaganini eshitib juda taajjublandi.
- Jurnallaringizning hammasiga qirgin kelsin!
- dedi Brissenden Martinning: «Biron tahriri-
yatga she’rlaringizni yuborsangiz bolardi», deb
bergan taklifiga javoban. - Siz go'zallikni faqat
go'zallik tufayli seving, jumallami esa unuting.
Obbo, Martin Iden-ye! Siz yaxshisi, kemaga,
dengizga qayting. Mening beradigan maslaha-
maqolani
422
Jek London
tim shu. Bu yerda, shu jirkanch axlatxonada
nima bor sizga? Axir siz jumallar ehtiyojini
qondirish uchun go'zallikni bir fohisha sifatida
sotib, har kuni o‘z joningizga suiqasd qiiyap-
siz-ku! Kechagina nima deb aytgan edingiz?
Ha... «Inson bebaho maxluqlarning eng so'ng-
gisi». Axir shuhrat siz uchun zahar-ku. Madhi-
yalar bo‘tqasi bilan qorin to^yglzish uchun siz
haddan tashqari mustaqil, haddan tashqari
ochiq ko‘ngil va haddan tashqari aqlli odamsiz.
Hech qachon jumallarga asaringizning bir sat-
rini ham sotmaysiz deb umid qilaman. Faqat
go'zallik uchun xizmat qilish kerak. Shu go‘zal-
likka xizmat qiling-u, olomonni jahannamga
oting! Muvaffaqiyatmi? Yana qanday muvaf-
faqiyat kerak sizga? Siz axir Stivenson haqida-
gi sonetingizda ham - kezi kelganda e’tirof etib
о‘tish kerak, bu sonetingiz Genlining «Xayol-
lar»idan ancha yuqori turadi - «Muhabbat so-
netlari»da ham, dengiz haqidagi she’rlaringizda
ham allaqachon muvaffaqiyatga erishgansiz!
Shoirning quvonchi erishilgan muvaffaqiyatda
emas, ijodning o'zidadir. Men bilan bahslash-
mang. Nima deyotganimni yaxshi bilaman.
Buni o‘zingiz ham tushunasiz. Sizni go'zallik
jarohatlagan. Bu hech bitmaydigan jarohat, be-
davo dard, o‘tda qizdirilib, yurakka sanchilgan
pichoq. Jumallar bilan bosh qotirishning nima
hojati bor? Yaxshisi, maqsadingiz faqat go'zallik
bolsin. Nega endi go'zallikdan pul ishlamoqchi
bolasiz? Lekin baribir, bu ishingizdan hech naf
chiqmaydi. Xotirjam bolavering. Siz hatto ming
yil ichida chiqqan jurnallarni o'qib chiqing,
Martin Iden
423
ularda hech bolmaganda Kitsning birgina
riga arziydigan bironta ham asar topa olmay-
siz. Shuhratni ham, oltinni ham unuting-u,
ertagayoq dengiz safariga jo ‘nab keting.
- Men shuhrat deb emas, muhabbat deb urinib
yotibman, - deb kulib yubordi Martin. - Sizning
olamingizda muhabbatga o‘rin bolmasa kerak.
Mening olamimda go'zallik - muhabbat cho'risi.
Brissenden unga zavq va ayanch bilan qaradi.
- Siz hali judayam yoshsiz-da, Martin! Ju-
da-juda yoshsiz! Siz yuksaklarga parvoz qilasiz,
lekin bilib qo‘ying, qanotlaringiz judayam nafis.
Kuydirib qo'ymang tagln. Ochiglni aytganda,
kuydiryapsiz. Shu «Muhabbat sonetlari» qanday
dir bir do'ndiqchani tarannum etyapti... Shar-
mandalik!
- U she’rlar shunchaki do'ndiqchani emas,
muhabbatni tarannum etadi, - deb e’tiroz bildir-
di Martin va yana kulib yubordi.
- Telbalik falsafasi! - achchiglanib dedi Bris
senden. - Bangdan rosa kayfim taraq bolgan
paytlarda xayol surib ketganimda, shunday qa
rorga kelganman. Ehtiyot boling! Bu buijuazi-
ya shaharlari sizni nobud qiladi. Misol uchun,
o'sha siz bilan tanishganimiz uyni - yakanchilar
makonini oling. Xudo haqqi, axlat o'rasidan ham
battar u yer. Bunday muhitda sog‘ qolmaydi kishi.
Beixtiyor nafasing qaytib ketadi. Buni qarangki,
na erkaklardan bolsin, na ayollardan bolsin,
birontasi ham bu razolatdan yuqori kotarila ol-
masa-ya. Bular hammasi ayyor qorin bandalari,
g'oyaviy va badiiy ehtiyojlari chig'anoqli qurtlar-
ning ehtiyojidek qorin bandalari...
424
Do'stlaringiz bilan baham: |