404
Jek London
xo r. -
Tag'in uni anavi yahudiy Lipkega garovga
qo^gan bolmang? Agar unaqa bolsa...
U Martinga o‘qrayib qaragan edi, Martin sho-
sha-pisha javob berdi:
- Yo‘q, yo‘q! Kostyumimni garovga qoyganim
yo‘q. Men usiz yashay olmayman.
- Juda soz, - dedi sudxo'r bir oz yumshab. -
Lekin agar yana pul berishimni istasangiz, men
ham o‘sha kostyumingizsiz yashay olmayman.
Axir menga ham bu ish ermak emas-ku.
- Velosipedim kamida qirq dollar turadi, bu-
ning ustiga yana hech kam-ko‘st yeri yo‘q, - deb
e’tiroz bildirdi Martin. - Siz bolsangiz evaziga ati-
gi yetti dollar berdingiz! Yetti dollar ham emas!
Olti-yu chorak! Foydasini oldindan oldingiz!
- Yana pul olmoqchi bolsangiz, kostyumin-
gizni olib keling, - sovuqqonlik bilan javob qil-
di sudxo‘r, shundan keyin Martin butunlay tar-
vuzi qoltig‘idan tushib, dimiqib ketgan torgina
dolcondan joigurib chiqib ketdi. Gertrudani xafa
qilgan narsa - yuzidagi ma’yus ifodaning boisi
mana shu edi.
Ular hol-ahvol so'rashib ulgurmasdan, Telegraf
avenyuga boradigan tramvay kelib qoldi. Martin
opasining tirsagidan ushlab, tramvayga chiqishi-
ga ko‘maklashdi, lekin opasi Martin piyoda ket-
moqchi bolganini tushundi. Gertruda tramvay
pillapoyasida turib, Martinga o‘girildi-da, uning
ich-ichiga tushib ketgan ko'zlarini ко‘rib, yuragi
ezilib ketdi.
- Sen chiqmaysanmi? - deb so'radi opa.
So'ng tramvaydan sakrab tushib, ukasining
yonida qoldi.
Martin Iden
405
- Men hamisha piyoda yuraman, toza havo
olish uchun, - deb tushuntirdi Martin.
- Ha, mayli, men ham ozgina piyoda yura
qolay, - dedi Gertruda, - menga foydasi bor.
Keyingi paytlarda negadir mazam yo'qroq.
Martin opasiga o‘girilib qarab, uning o‘zga-
rib ketganini endi payqadi. Opasi ko'rinishdan
horgln va isqirt edi, shishgan yuzining qatlari
uni xunuk qilib yuborgan va butun qiyofasi qan-
daydir ko'pchib, xom semiz bolib ketgan edi,
oyoqlarini sudrab, beso'naqay odim otishi bilan
go У о soglom va xushchaqchaq ayolning dadil
va erkin odim otishlarini mazax qilayotganga
o'xshardi.
- Sen, yaxshisi, tramvayni kut, - dedi Mar
tin, narigi bekatga yetishganda. U Gertrudaning
hansirab qolganini sezgan edi.
- E, xudo, о‘zing shafqat qil! Rost aytasan,
charchab qoldim, - dedi opa. - Ammo sen ham
tramvayda ketsang bolardi. Botinkangning tag-
charmi ilinib turibdi. Shimoliy Oklendga yetib
bormasingdan yeyilib ketsa kerak.
- Uyda yana bir juft botinkam bor, - deb javob
qildi Martin.
- Ertaga tushki ovqatga kel, - dedi Gertruda
bexosdan. - Bernard uyda bolmaydi, ish bilan
San-Leandroga ketadi.
Martin «yo‘q» deganday bosh chayqadi, lekin
ovqat so'zini eshitganda ko'zlarida chaqnab ket
gan harislik alomatini yashira olmadi.
- Cho‘ntagingda bir pens ham puling yo‘q,
Mart, shuning uchun piyoda yuribsan. Toza
havomish!
406
Jek London
Gertruda masxara qilib, piqillab kulib qo'ymoq-
chi boldi-yu, lekin bundan hech nima chiqmadi.
- Shoshma-chi...
U sumkasini kovlab, Martinning kaftiga besh
dollarli tanga qistirdi.
- Yaqinda tug'ilgan kuning bolgan edi, esim-
dan chiqibdi, - deb g‘oldiradi opa.
Martin beixtiyor kaftidagi tangani siqdi va shu
zahoti bu hadyani qabul qilmasligi kerakligini
angladi-yu, lekin ikkilanib qoldi. Axir bu tilla
tanga ham ovqat, ham hayot, ham ruhiy, ham
jismoniy kuchini tiklash, ham yangi ijodiy g'ayrat
edi, yana kim bilsin! Ehtimol, u hali bunday til
la tangalaming bir talayini ergashtirib keladigan
ajoyib asar ham yozar. So'nggi paytda yozilib,
markaga pul bolmaganidan stol ostida uyulib
yotgan qolyozmalar orasiga tashlangan ikkita
maqolasi yalt etib ko'ziga ko'rinib ketdi. Maqo-
lalaming yirik harflar bilan yozilgan sarlavhalari
uning ko'zi oldida lovillab yonib turardi. Maqo-
lalar «Ajoyibot piri mug'onlari» va «Go‘zallik beshi-
gi» deb atalardi. Hali bu maqolalarini hech qa-
yerga yuborganicha yo'q edi, lekin ulaming shu
qabilidagi asarlari orasida eng yaxshilari ekan-
ligini bilardi. Faqat marka sotib olsa bas. Birdan
miyasida muvaffaqiyatga ishonch tuyg'usi paydo
boldi-yu, ochlik shu tuyg\mi kuchaytirdi; u tan
gani shartta cho'ntagiga solib qoydi.
-
Senga yuz hissa ko'paytirib qaytaraman, Ger
truda, - deb u zo‘r-bazo‘r gapira boshladi, chun
ki tomog'iga bir narsa kelib tiqilgan, ko'zlarida
esa yosh yaltirab ko'rindi. - Gaplarimni esingda
utl - dedi u qat’iy ishonch bilan. - Oradan bir
Do'stlaringiz bilan baham: |