O‘lmas umarbekov



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.03.2022
Hajmi0,65 Mb.
#505479
  1   2
Bog'liq
Ўлмас Умарбеков Одам бўлиш қийин





O‘lmas UMARBEKOV
ODAM BO‘LISH 
QIYIN
Roman
Yoshlar nashriyot uyi 
Toshkent –2018


UO‘K 821.512.133-31
KBK 84(5O‘)6
U 47
UO‘K 821.512.133-31
KBK 84(5O‘)6
ISBN 978-9943-5316-4-2
© Yoshlar nashriyot uyi. 
2018
O‘lmas Umarbekov. 
Odam bo‘lish qiyin.
 
Roman. / O‘. Umarbekov.: – Toshkent: 
Yoshlar nashriyot uyi, 2018. – 212 b.
O‘lmas Umarbekovning har bir asarida bo‘lgani kabi “Odam 
bo‘lish qiyin” romanida ham hayot, hayotning haqiqatga to‘la 
nafasi ufurib turibdi. Asar tilining soddaligi, voqealarning 
jonliligi bois bir o‘qishdayoq sizni o‘z izidan ergashtirib ketadi.


3
MUQADDIMА
Osmondagi bo‘zto‘rg‘ay 
Bo‘zlamasang na bo‘lg‘ay? 
Gulchehraning holini 
So‘zlamasang na bo‘lg‘ay?
Alyor 
Shoh Muslim dunyodagi eng dono, eng odil podshohlardan 
edi. Uning mamlakati go‘zal, shaharlari obod, xalqi tinch, faro-
von turmush kechirardi. Ammo podshohning farzandi yo‘q edi. 
Bu faqatgina uning o‘zini emas, butun xalqni tashvishga solib 
qo‘ygan edi. Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Podshoh qarib, bir oyog‘i 
yerda, bir oyog‘i go‘rda turgan paytda farzand ko‘rdi. Sevinchi 
ichiga sig‘may qirq kecha-yu qirq kunduz xalqqa osh berdi. Qirq 
birinchi kuni esa yetti iqlimdagi barcha dong‘i ketgan odamlar, 
fozil-u fuzalo, olim-u ulamolarni yig‘ib o‘g‘lini ko‘rsatdi va o‘z 
xalqining odaticha uning kelajagini aytib berishni so‘radi.
Hamma jim. Hammaning boshi quyi solingan... Podshoh 
hayron bo‘ldi.
– Bu jimlikning boisi nima?
Yana hech kimdan sado chiqmadi. Oradan ancha vaqt 
o‘tdi. Og‘ir sukunatni Suqrotdek keksa bir olim buzdi.
– Shohim, ro‘parangizda bosh egib turganlar mendan 
yosh. Men esa dunyoga qachon kelganimni unutganman, dun-
yoning barcha achchiq-chuchugini totgan odamman. Shular-
ning qonidan kechsangiz, men aytay?
– Ayt!
Shunda keksa olim dedi:
– O‘g‘lingizning dunyoda tengi bo‘lmaydi. Na kuchda, 
na aqlda. Ikki oyligida ikki yoshlik bolaning ishini qiladi, ikki 


4
yoshida esa, yigirma yoshlik yigitday bo‘ladi. O‘n yoshida 
o‘zini fir’avn deb e’lon qiladi. Uning dastidan vayron bo‘lma-
gan uy, mamlakat qolmaydi. Shuning uchun ham umrining 
 ikkinchi yarmi pushaymonda, azobda o‘tadi.
– Jallod! – qichqirdi shunda shoh va tizzasida o‘ynab 
o‘tirgan o‘g‘lini bag‘riga bosdi. Qirq kunlik bola birdan ota-
sining soqoliga chang solib, yarmini yulib oldi.
– Gapimning birinchi isboti bu! – dedi keksa olim.
Shoh quloq solmadi. Olimni olib chiqib ketishdi.
Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Shoh Muslim keksa olimning 
gaplarini ham, o‘zini ham unutdi. Shahzoda olim karomat 
qilgandek kun sayin, soat sayin o‘sib, o‘n yoshga to‘lganda 
ajoyib yigit bo‘ldi. Shoh ham, xalq ham uning husniga qarab, 
gaplarini eshitib to‘yishmasdi. Ammo shahzoda hech kimga 
parvo qilmas, o‘z aqliga, o‘z kuchiga mahliyo edi, ko‘p vaqtni 
otasining taxtida o‘tkazardi.
Bir kuni osmoni falakni qora bulut qopladi. Qattiq shamol 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish