Reja: Ustoz buyuk zot



Download 20,25 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi20,25 Kb.
#304339
Bog'liq
Ustoz hayotim chiroği


,, Ustoz hayotim chiroği"

Reja:


1.Ustoz buyuk zot.

2.Ustoz otangdek Uluğ.

3.Ustoz bizning ikkinchi onamiz.

Dedilar, dunyoda asli kim aziz?

Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.

Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz,

Ustozin qadriga yetolgan inson

Ustoz-bu so'zni eshitganda bizga ta'lim, saboq bergan aziz ustozlarimiz ko'z oldimizga keladi. Xech o'ylab ko'rganmisiz dunyoda ustozlar qancha? Ularning sanog'i bormikan? Yo'q aslida bu savolni berishning o'zi axmoqlik, mening fikrimcha. Chunki dunyoga kelishimiz bilan biz shogirdga aylanamiz. Qanday qilib deysizmi? Yani bu ajib dunyoga ilk bor jajji ko'zlarimiz bilan boqqanimizdayoq tabarruk zot ustozni ko'ramiz. Yani ilk ustozimiz mushti’ar onamizni ko'ramiz. xar bir bola bu dunyoga yig'lab keladi, keyin esa ilk ustoz, mehr farishtasi bo'lgan ona butun mehrini kulgusida aks ettirib, bizg bu sinovlarga boy dunyoga kulib boqishni, kulishni o'rgatadi. Ona o'z mehr-muxabbati bilan bizga mehrdan, muhabbtdan ‘oklikdan, umiddan tarbiya beradi. Bir misol: nega sherning bolasi beshavqat bo'lib ulg'ayadi? Nega u boshqa hayvonlarning jonini olib oziqlanadi? Chunki unga onasi tugilgandanoq ov qilishni, boshqa xayvonalrning jonini olib oziqlanishni o'rgatadi. Agarda sher bolasiga yoshligidan boshqacha tarbiya berilsa, yani uy hayvoni sifatida boqilsa, u mutlaqo boshqa hayvonga aylanadi. Dunyoda oddiy tabiatning o'zi ham, taqdirimizdagi hayot ham biz uchun bir ustoz. Tabiat bizga go'zallikdan dars bersa, hayot esa bardoshdan, sinovlardan, iymondan dars beradi.

"Ilm hikmat suvni yondirar" deydi dono xalqimiz. Ha haqiqatdan ham ilm shunday qudratga ega. Bu qudratni esa bizga ilmlar sultoni bo'lgan ustozlarimiz berishadi. Ilk maktabga borganimizda bilimlar olamiga etaklovchi ustozlarimiz bizga ilk bor yashashni o'rgatgan onammiz kim ekanligini, uning qanday inson ekanligini o'rgatadilar. Biz nafas olayotgan tabiat, yashayotganimiz xayot nima ekanligini o'rgatadi. Biz uchun eng muqaddas inson bo'lgan onaning tabarruk "Ona" so'zini jajji barmoqlarimiz bilan o’’oq qog'ozga xatosiz yozishni o'rgatadi. Ular bizni kelajak sari ilm yo'lida etaklab boradi. Ular bizga buyuk ajdodlarimizni tanitadi. Vatanimiz tarixini o'rgatadi.Bizdan talab qilinadigan birgina yumush, ular uchun esa eng oliy mukofot bu bizning munosib shogird bo'lib, o'z yo'limizni to’ish va bizni tarbiya qilgan barcha ustozlarga munosib bo'lishdir.

"Insonning haqiqiy ko'zi ilm"-deyishadi. Yaxshi niyatla uyg'onaylik, quvonchla kulaylik mehr va ilmla yashaylik aziz insonlar!

Ukituvchilik azal – azaldan ehtiborli kasb xisoblanadi. Dunyoning xech kaysi mamlakatida ukituvchi – murabbiylarga nisbatan bu kadar ehtibor karatilmagan, ehzozlanmagan. Mamlakatimizda Respublika Prezidentining Farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktyabrg’ «Ukituvchi va murabbiylar kuni» umumxalk bayrami sifatida nishonlanib kelinmokda.

Jamiyatning buguni va ertasi, uning madaniy – mahrifiy – mahnaviy saloxiyati tahlim tizimining kay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Tahlim tizimidagi isloxotlarning muvaffakiyati kup jixatdan ukituvchi va murabbiylarning fidokorona mexnatlariga boglik ekanligi barchamizga ayon.

Ustoz deganda, har kaysi inson kunglida chukur xurmat – extirom va cheksiz minnatdorchilik tuygulari, shu bilan birga, xech kanday boylik bilan ulchab, ado kilib bulmaydigan karzdorlik xissi paydo buladi. Bu yorug olamda onadek mexribon, otadek gamxur, har birimiz uchun aziz va muhtabar bulgan ulug zot – bu muallim va murrabbiylardir. Bu buyuk zotga xalkimiz azaldan xurmat bajo etgan.

Aziz xalkimizning bir naklida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik kilmokchi bulsang, bugdoy ek, un yil yaxshilik kilmokchi bulsang, tahlim – tarbiya ber» - deyilgan. SHu bois kadimdan kishilar uz zurriyotlarini ustoz kuliga topshirar ekanlar. «Eti sizniki, suyagi bizniki» deb ustozga nisbatan ishonch bildirishgan.

Olamning gultojisi inson bulsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Ustozlar xakida Suz ketganda beixtiyor begubor bolaligimiz, orzu – intilishlarga tula bolalik yillarimiz, ilk bora kulimizga kalam tutkazgan birinchi ukituvchimiz kuz oldimizda gavdalanadi.

Bizlarning xar bir savolimizga chukur ehtibor va bosiklik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim. Sizlarga bugun ko’limizni ko’ksimizga ko’yib tashakkur aytamiz.

ODDIY MUALLIM.

Qadri bilinadi menga endi goh,

Olis maktabimning o’sha behasham…

Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq

Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.

Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo‘lishida ustozning o‘rni beqiyos.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadisi sharifda o‘zidagi bilim va hunarni boshqalarga o‘rgatuvchi insonlar haqida: «Albatta, Alloh taolo uning farishtalari, samovot ahli, hattoki, kavakdagi chumoli, dengizdagi baliqqacha barchalari insonlarga yaxshilik o‘rgatuvchi kishi haqiga salovat-duo aytib turadilar”, deb marhamat qilganlar.

Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” — degan hikmat bejiz aytilmaydi. O‘tgan ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala qilganlar. Imomi a’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh shunday deganlari rivoyat qilinadi: «Ustozim Hammodning hurmati uchun uning uyi tomonga oyog‘imni uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko‘cha bor edi. Hammod vafot etgandan so‘ng qachon namoz o‘qisam har safar albatta ota-onamga qo‘shib, unga ham Allohdan mag‘firat so‘raganman. Nafaqat u ustozim, balki kimdan nimadir o‘rgangan bo‘lsam yoki kimdir menga nimadir o‘rgatgan bo‘lsa, albatta, o‘sha kishilar uchun ham doim Allohdan mag‘firat so‘rayman».

Ustozlar haqida gap borganda hazrat Alisher Navoiyning bu baytlaridan oshirib bir so‘z aytmoq mushkuldir:

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Shunday ekan o‘quvchi yoshlar, talabalar va barchamiz ustozlarni qadrlab, doimo ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz lozim. Talabalik odoblariga rioya qilgan shogird haqiqiy ma’noda ustozlarini hurmat qilgan bo‘ladi va olayotgan ilmu hunari samarali bo‘lib, vujudiga singadi va kelajakda manfaatli bo‘ladi.

Ustozlar haqida juda ko’p va xo’b gapirilgan. Dunyo yaralibdiki, ustoz nomiga sazovor bo’lganlar doimo hurmat va izzatga loyiq ko’rilgan, ta’zim qilishgan. Ularga atab asarlar yozilgan, portretlar chizilgan, dostonlar to’qilgan, ordenlar taqilgan, kinolar olingan, imoratlar solingan, spektakllar qo’yilgan, bitiktoshlar o’yilgan, she’rlar bitilgan, qo’shiqlar aytilgan. Maqolalarni-ku aytmasa ham bo’ladi. O’rnatilgan haykallar esdan chiqib qolibdiku…

Ammo har qancha ularni e’zozlasak ham, ular bergan ilmning va ta’limning haqqini ado etolmasligimizni his qilamiz. Buni Alisher Navoiy bobomiz qanchalar go’zal tarzda ta’riflaganlarini bilsangiz kerak…



Ustozlarim menga nimani o’rgatdi degandan ko’ra, ustozimdan men nimalarni o’rganolmay qoldim desak to’g’riroq bo’lardi.

Ustozlarni kasb bayrami bilan tabriklashadi, dunyodagi eng ulug’ kasblardan biri ekanligini ta’kidlaymiz. Ammo men ustozlikni kasb sifatida qarashlariga unchalik ham qo’shilmayman. Axir hech zamonda eshitganmisiz, “ota-ona” degan kasb borligini? Ustozlarimiz ham shunday insonlar…
Download 20,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish