“Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz”



Download 1,01 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi1,01 Mb.
#889540
Bog'liq
“Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz”



A.Qodiriy nomidagi JDPU Tabiiy fanlar fakultetida Talabada milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakat tarixiga daxldorlik hissini rivojlantirish maqsadida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz”.
mavzusida o’tkazilgan davra suhbati
Bayonnomasi
Jizzax shahri 23.09.2022

Qatnashdilar: Tabiiy fanlar fakulteti dekani B.Zikirov, Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari A.Saparov, Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari va fakultet talaba yoshlari

Kun tartib
1. “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz”.
So’z Zikirovga berildi: Tabiiy fanlar fakulteti dekani B.Zikirov
Assalomu alaykum tadbir ishtirokchilari sizlarni vatanimizning mustaqillik bayramining 31 yilligi bilan tabriklayman. So‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat og‘ir va murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim natijalarni qo‘lga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida ta’kidlash zarur.
Siz talabalar ham o’zimizning dunyoga mashur bobolarimiz Alisher Navoiy, Bobur, Ibn Sinolar kabi o’z bilimingiz bilan vatanimiz ravnaqiga o’z hissangizni qo’shishingizga tilakdoshmiz.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlar siyosatida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yoshlarning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun muhim poydevor bo‘ldi hamda yoshlarimizning munosib hayot kechirishi, ularning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Barchamizga yaxshi ma’lumki, yoshlarning jo‘shqinligi va shijoati mamlakat taraqqiyotida beqiyos kuchdir. Ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, kelajakka ishonchini oshirish azaliy an’ana va qadriyatlarning umrboqiyligini ham ta’minlaydi. Suhbat davomida yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun yurtimizda shart-sharoitlar yaratilayotganligi, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi to’g’risida to’xtalib o’tildi. Aytish joiz, yurtimizda aynan yoshlar masalasiga e’tibor davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan


So’zga chiqdi: Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari A.Saparov
Assalomu –alaykum tadbir ishtirokchilari sizlarni vatanimizning mustaqillik bayramining 31 yilligi bilan tabriklayman. Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir. Har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla,bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib, yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir. Zero, inson hayoti odob-axloq, taʼlim-tarbiya bilan bevosita bogʻliq.

Yig’ilish qaror qiladi:
1. Tabiiy fanlar fakulteti dekani B.Zikirov va Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari A.Saparov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Axborot va muloqot soatlarida talabalarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash Tyutorlar zimmasiga yuklatilsin.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: A. Saparov
Yig’ilish kotibi: M. Kayumova




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish