Namangan davlat universiteti
Jismoniy madanyat fakulteti
Jismmoniy madniyat yo’nalishi
Jismmoniy madniyat JSM-BU-18 -guruhi talabalari
2021-yil 30- sentabr kuni o'tkazilgan “Mustaqillik darsi”
BAYONNOMASI № 4
USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHGʼULOTLАRINI OʼTKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR
Mavzu: “Ustozim hаyotim chirog‘i!”
Xalqimizda “Ustoz – otangdek ulug‘”, degan hikmat bor. Ha, otaday ulug‘ deb nisbat beriluvchi inson, bu – ustozdir. Zero, ota-ona farzandni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o‘sishi, kamolatga erishishi, ilm-maʼrifat cho‘qqilarini zabt etishiga ko‘maklashadi. O‘z umri, qalb qo‘ri, aql-idroki, tajribasi va bilimini sarf etadi.
O‘qituvchi zimmasiga hayot talablariga to‘la javob beradigan va o‘z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek maʼsuliyatli vazifa yuklatilgan. Quyosh o‘z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o‘qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o‘quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to‘ldirishga ahd qilgan buyuk kasb egasidir. Hayot go‘zalligi, turmush farovonligi, insonlar odobliligi, qolaversa, istiqbolimiz muallim mehnati bilan bevosita bog‘liq.
Аbdulla Аvloniy “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir”, deb yozgan edi.
Ustoz, murabbiy, o‘qituvchi – bu so‘zlarni eshitganimiz sari ko‘z oldimizda maʼsuliyatli kasb egalari, yillar davomida o‘quvchilarga bilim berib ko‘zidan nuri ketgan, sochlariga oq oralagan insonlar gavdalanadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu kasb egalarini boshqacha hurmat qilishadi, eʼzozlashadi.
Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi. Ustozlarimiz o‘giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo‘lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo‘lamiz. Inson, avvalo, unga bilim va maʼrifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Xalqimiz ustozlarni eʼzozlab:
“Ustozning umri - mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi”, - deydi. Ha, juda ham to‘g‘ri fikr. Muallim – ustoz shunday mo‘ʼtabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Ustoz va murabbiy! Biz barchamiz yoshimiz, kasbu korimizdan qatʼiy nazar, bu so‘zlarni eshitganimizda ko‘nglimizdan faqat iliq fikrlaru yorqin xotiralar o‘tadi. Shu tobda ko‘z o‘ngimizda qo‘limizga qalam tutqazib, endigina ilm olamiga yetaklagan birinchi ustoz-muallim, qiynalib turganimizda masalaning tugunini yechishga yordam qilgan, birgina shu amali bilan umr bo‘yi yodimizda qolgan kishi gavdalanadi. Qalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning bag‘rida kechgan beg‘ubor yillarimizni, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o‘rgatgan mehribon o‘qituvchi va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |