Hoy bola, menga qara. Yoshing ham o`ttizga yaqinlashib qoldi. Otang bilan meni ham bog`lab bergan emas. Bizning ham yoshimiz bir oyga borib qoldi. Biz ham seni bolalaringni erkalab o`ynatgimiz keladi
-Hoy bola, menga qara. Yoshing ham o`ttizga yaqinlashib qoldi. Otang bilan meni ham bog`lab bergan emas. Bizning ham yoshimiz bir oyga borib qoldi. Biz ham seni bolalaringni erkalab o`ynatgimiz keladi. Namuncha qaysarlik qilmasang. Ko`nglingda biror kim bo`lsa ayt. Bo`lmasa, biz aytganga ko`n. jigar-bag`rimizni qon qilib yubording-ku. Shunchalik ham ichimdagini top deydigan xilidan bo`lasanmi? Otasi siz ham bir narsa desangiz-chi? Hakima xola naot kutgandek choliga termuldi. Choli ham uzoq o`ylab o`tirmay o`g`liga bir qarab oldi-da, qo`l siltab qo`ya qoldi.
Asror ham yerga qarab jimgina o`tirardi. Qo`llari bilan dasturxon popuklarini bir me`yorda tortib-tortib qo`yar, yer ostidan gapirayotgan enasining yuziga qarab qo`yardi. Hakima xola boshqa o`g`illarini uylab-oylab bo`lgan. Faqat shu kenchasi qolgandi. Shuni ham uylab olsam tinchiyman deb o`ylagandi. U kutgan tinchlik mana besh yildirki, kelmaydi. O`g`li o`qimishli, ish oyi tayin. Hech qanday muammosi yo`q. Boshqa har qanday masalada, ota-onasini rayiga qaraydigan, ularning ko`nglini olishga harakat qiladigan o`g`li, shu uylanish masalasida umuman bo`yin bermaydi. Hakima xola kuyinganicha ham bor. O`g`li tengilarning farzandlari ham katta bo`lib qoldi. Yillar shitob bilan o`tib bormoqda. Hakima xola gapirayotib o`g`liga razm soldi. Sochlariga oq g`uj tushibdi. Yuzlarida ham ainlar ko`rinib qolganday. Endigina o`ttizga yaqinlashgan navqiron yigit shu holatda bo`lsa. Beixtiyor hayoli olislarga ketdi. Hech qancha vaqt o`tmadi oradan. Shu kenjasi ham o`qidi, ham ishladi. Oilani tengma-teng tortishga harakat qildi. Uy-joylarni tuzatdi. Kichik akasini uyladi. O`zini o`ylamadi ham. Nima ish bo`lsa, men undayman, men bundayman deb boshqalarning o`g`liga o`xshab kekkayib turmadi. Endi shu qilgan mehnatlarining rohatini ko`rsin deb o`ylashsa, u hali ham o`zidan ortmaydi. Hali ham o`sha ishlash. Qay mahal telefon qilsa ham “ishdaman” degan javobni oladi. Ertalab kun yorishmasdan boshlagan ishi, tun qorong`usi tushganda ham yakunlanmaydi. Uyga ham bir oyda bir keladi. Shunda ham ishidan bo`shamaydi. Doim nimalarnidir yozgan, chizgan. Shuginani uylab qo`ysam tinchib qolardik deb o`yladi o`zicha. Ichida bolasiga rahmi ham keldi. Asror esa boshi egganicha nimalarnidir o`ylab o`tirardi.
-Hoy bola, senga gapirdim shuncha gapni. Eshitdingmi o`zi?
- Eshitdim, oyi, eshitdim. Vaqti kelib qolar. Uylanamiz ham oyi. Endigina 18 ga kirdim-ku. Namuncha shoshirasiz.
- Men jiddiy gapiryapman. Hazillashmayapman. Shart bittasinikiga borib, non sindirib kelaman. Majbur uylanasan.
- mayli, shunday qilsangiz, o`sha “non sindirib kelganingiz” bilan o`zingiz yashayverasiz-da.
Hakima ayaning ichi muzlab ketdi. Bu bola juda qaysar. Dadasining o`zi. Aytganini ham aytmaganini ham qiladigan xilidan. Ustidan hukm yurgizishga ham qo`rqasan.
Asror sekin o`rnidan turib ko`cha eshik tomon yo`naldi. U shu topda faqat bir ovloq oy istardi. Sekingina daryo bo`yidagi yerlari tomon yo`l oldi. Onasi ortidan qaraganicha qoldi. Doim onasi bilan gaplashib qoldi deguncha shu mavzu ochiladi. Xolasi ham, tog`alarining xotinlari ham nasihat qilib ko`rishdi. Hamma bilganicha gapirdi. Asror ularning hech birini gapini qaytarmadi. Hammalariga o`zini rozidek ko`rsatdi. Ular taklif qilgan qizlarni esa turli bahonalar bilan inkor qildi. Asli nimasini istaydi. Ko`nglida nima bor? Nima uchun bu darajaga tushib qolganini esa o`zi yaxshi biladi. Faqat bu gaplarni birovga aytib bo`larmidi?
Hormasinlar Asrorboy, ishlar yaxshimi?
Uning hayollarini mahalladosh do`sti Salim to`zg`itib yubordi. Ketmonga suyanganicha jilmayib turgan do`stini ko`rib ko`ngli biroz yorishdi.
-Salim, yaxshimisan? Charchamayapanmi?
-Charchash yo`q. O`rganib qolgan ishim. Boshqa nima ham qilardim. Tirikchiligim shu bo`lsa, ro`zg`orni tebratib turibman.
-farzandlaring qalay? Katta bo`lyaptimi?
- shukur. Hammasi yaxshi. O`zingda nima gaplar? Qachon kelding?
-Men ham yaxshiman. Kecha kehqurun kelgandim. Aytgancha kechga bir bollarni to`plagin. Eski joyda bir maza qilib o`tiramiz.
-bo`ldi-da. Kechga xabarlashamiz unda.
- Xo`p, mayli. Charchama.
-Bo`pti.
Asror yana sekin yo`lida davom etdi. Mana shu Salim ham, uning ayoli ham baxtli. Ehtiyojlari ham o`zlariga yarasha. Yetib bo`ladigan orzu qiladi. O`tgan yili “birorta “jiguli” bo`lsa ham olib minaymikin-a?” deganda, o`rtoqlari “orzu qilganga yarasha “Gentra” orzu qil” deyishganda, “ey do`stlar men orzuni ham chegaralab qiladigan bo`lib qolganman” deb hammani kuldirgandi. Lekin aytganini qilib aytgan mashinasini oldi.