Imom at-termiziy buyuk muhaddis va yetuk alloma



Download 20,17 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi20,17 Kb.
#818068
Bog'liq
10-ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ


USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHGʼULOTLАRINI OTKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR
Mavzu: “Yangi Ozbekiston uchinchi renessans ostonasida: tarix va bugun. Imom at-Termiziy - buyuk muhaddis va yetuk alloma”


IMOM AT-TERMIZIY - BUYUK MUHADDIS VA YETUK ALLOMA
Oʻrta asrlarda yashagan koʻpgina olimlar ilm-fanning turli sohalariga oid dunyoviy fanlar bilan birga diniy ilmlar rivojiga ham katta eʼtibor berganlar. Zotan diniy ilmlar jamiyat taraqqiyotida, insonlarning kamol topishi va dunyoqarashi shakllanishida alohida ahamiyat kasb etgan.
Jahonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan biri – mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. Uning toʻliq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy (umrining oxirlarida koʻzi ojiz boʻlib qolganligidan ad-Dariyr taxallusi bilan ham atalgan) at-Termiziy boʻlib, u hijriy hisobda 209 (milodiy 824) yilda Termizda, uncha badavlat boʻlmagan oilada tavallud topdi. Markaziy osiyolik mashhur olim va tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Samʼoniy (113/1167) “Al-Ansob” nomli asarida yozishicha, at-Termiziy Bugʻ (hozirgi Sherobod tumani) qishlogʻida vafot etganligi uchun uning nomiga al-Bugʻiy taxallusi ham qoʻshilgan. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtib, dastlabki maʼlumotni ham shu shaharda olgan. Chunonchi, yozma manbalar va tarixiy osori atiqalardan maʼlumki, oʻrta asrlarda Termiz ham Markaziy Osiyoning Urganch, Buxoro, Samarqand singari ilm-fan va madaniyati rivojlangan shaharlaridan biri boʻlgan. Mana shunday madaniy muhitda oʻsgan at-Termiziy yoshligidan turli ilmlarni egallashga zoʻr qiziqish bilan intilgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, yodlash qobiliyatining kuchliligi va noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan at-Termiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi oʻz bilimlarini muttasil oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlarini ziyorat qilgan. Jumladan, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Koʻp yillar davom etgan safarlari chogʻida at-Termiziy ilm-fanning turli sohalaridan – ilm al-qiroat, ilm al-bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshligidan qiziqqan hadis ilmidan oʻz davrining yirik olimlari – mashhur muhaddislaridan taʼlim oladi. Uning ustozlaridan imom al-Buxoriy, imom Muslim, imom Abu Davud, Qutayba ibn Saʼiyd, Isʼhoq ibn Muso, Mahmud ibn Gʻaylon va boshqa mashhur muhaddislarni koʻrsatish mumkin. Manbalarda yozilishicha, hadislarni toʻplashda va oʻrganishda at-Termiziy har bir qulay fursatdan unumli foydalangan. U yoʻlda, safarda boʻlganda ham yoki bir joyda muqim turganda ham oʻz ustozlaridan, uchratgan roviylaridan eshitgan hadislarni darhol yozib olib, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borgan.
Oʻz davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy koʻpdan-koʻp shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud, Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Muhammad an-Nasafyun, al-Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy va Abul Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni sanab oʻtish mumkin. Musofirchilikdan qaytgan at-Termiziy oʻz yurtida yirik muhaddis olim sifatida shuhrat qozondi va ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul boʻldi. U 279 hijriy (milodiy 892) yilda Termizdan uzoq boʻlmagan Bugʻ qishlogʻida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.
Oʻz ijodiy va ilmiy faoliyati davrida at-Termiziy bir qancha asarlar yaratdiki, ularning aksariyat qismi bevosita hadislarga bagʻishlangan. Gap shundaki, Islom dini chegaralarining kengayishi, uning qonun-qoidalariga asoslangan jamiyat rivojlangan sari turli-tuman yangi gʻoyaviy fikr-mulohazalar va koʻrsatmalarga ehtiyoj tobora kuchaya borgan. Shu sababdan ham barcha jihatlardan namunali zot hisoblangan paygʻambar Muhammad alayhissalomning oʻzlari aytgan ibratomuz pand-nasihatlar, diniy, axloqiy masalalarga doir qarashlari, qoʻrsatmalari hamda paygʻambar alayhissalom hayoti, faoliyati xususida qarindosh-urugʻlari, sahobalari, yaqin safdoshlari aytgan hikoyat va rivoyatlari – hadislarni toʻplash keng koʻlamda avj olgan. Shunga koʻra, islom taʼlimotida hadislar Qurʼondan keyin turadigan muhim manbalar hisoblanadi. Islom ulamolari oʻrtasida ilk davrdan boshlab hadislarning toʻgʻriligi, ularni ishonchli manbalarga asoslanishiga katta eʼtibor berilgan. Chunonchi, oʻsha davrning oʻzidan boshlaboq noaniq, chala-chulpa, hatto soxta hadislar ham el orasida tarqay boshlagan. Shunday paytlarda ular qayta-qayta tekshirilib, muhaddislarning betinim mehnati natijasida asl holiga qaytarilib, yozma ravishda qayd qilingan. Natijada islomshunos yirik ulamolar orasida ishonchli manbalar asosida toʻplangan va tartibga keltirilgan oltita hadislar toʻplami (As-sihoh as-sitta) mualliflari eng nufuzli va moʻtabar muhaddislar deb tan olingan. Mana shu eʼtirof etilgan mashhur muhaddislardan biri – Imom at-Termiziydir.
At-Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. “Al-jomiʼ” (“Jaʼmlovchi”). “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Paygʻambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislardagi ogʻishishlar”), “Risola fi-l-xilof va-l-jadal” (“Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola”), “At-tarix” (“Tarix”), “Kitob az-zuhd” (“Taqvo haqida kitob”), “Kitob ul-asmo va-l-quna” (“Ismlar va laqablar haqida kitob”) kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.
At-Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, “Al-jomi” boʻlib, avval eslatib oʻtganimizdek, paygʻambar alayhissalomga doir oltita ishonchli hadislar toʻplamlaridan biridir. Ushbu asar ilmiy adabiyot va manbalarda “Al-jomiʼ al-kabir” (“Katta toʻplam”), “Al-jomiʼ as-sahiyh” (“Ishonchli toʻplam”), “Jomiʼ at-Termiziy” (“Termiziy toʻplami”), “Sunan at-Termiziy” (“Termiziy sunnatlari”) nomi bilan ham atalib, paygʻambar alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim manbalardan hisoblanadi.
At-Termiziyning mashhur taʼliflaridan yana biri “Ash-shamo-il an-nabaviya” (“Paygʻambarning alohida fazilatlari”) boʻlib, baʼzi manbalarda “Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallolohu alayhi vasallam” nomi bilan ham keltirilgan. Nomidan ham koʻrinib turibdiki, bu asar paygʻambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu oʻrinda shuni taʼkidlash kerakki, paygʻambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni toʻplash bilan juda koʻp muhaddislar shugʻullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan oʻrin olgan. Lekin at-Termiziy asarining afzalligi shundaki, u hadislarni muntazam ravishda toʻplab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob holiga keltirgan. Muhammad alayhissalomning hayotiga doir muhim manba sifatida “Ash-shamoil an-nabaviya” qadimdan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keldi. Arab tilida yozilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Shu bilan bir qatorda ushbu asarning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiyligini ham qayd qilib oʻtish oʻrinlidir. Asarning fors va turk tillariga tarjima qilinishi ham unga boʻlgan qizqishning kattaligidan dalolat beradi.
“Ash-shamoil an-nabaviya”ning birinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning suvrat (tashqi qiyofa)lariga, ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyolari-yu axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bagʻishlangan.
“Ash-shamoil an-nabaviya”ning XVI asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. 1980-yilda Toshkentdagi Diniy boshqarma buyurtmasi bilan “Ash-shamoil an-nabaviya”ning ushbu qoʻlyozmasi ofset uslubida nashr etilgan boʻlib, unga qisqacha soʻzboshi Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari Diniy boshqarmasi hayʼatining sobiq raisi, marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari tomonidan yozilgan.
“Ash-shamoil an-nabaviya” soʻnggi yillarda ham Toshkentda bir necha bor nashr etildi. Bundan tashqari allomaning 1200-yillik yubileyi (1990) munosabati bilan gazeta va jurnallarda u haqida koʻplab maqolalar chop etildi.
Xulosa qilib aytganda, buyuk vatandoshimiz Abu Iso Muhammad at-Termiziy bizga boy va katta ilmiy meros qoldirgan. Afsuski, hozircha bu qimmatbaho meros jumhuriyatimizda yetarlicha oʻrganilgani yoʻq. Keng jamoachilik ommasi ham uning hayoti va ijodi haqida gʻoyatda oz maʼlumotga ega.
Download 20,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish