stenografiyani ham o‘rganib olib, dadamning
kontorasiga ishga kirsangiz yaxshi bolardi deb
o'ylovdim, hozir ham shu fikrdaman. Siz juda
iste’dodli odamsiz, ajoyib huquqshunos bolib
chiqishingizga ishonchim komil.
Martin Iden
283
YIGIRMA UCHINCHI BOB
Ruf
Martinning
yozuvchilik
qobiliyatiga
ishonmasa ham, Martin uni boyagi-boyagiday
sevib e’zozlayverdi. «Ta’til» paytlarida Martin
o‘zi haqida ko‘p oyiadi va o‘z hissiyotlarini tah-
lil qildi. Go‘zallik uning uchun shonu shuhrat-
dan ham qimmatroq edi, bunga u qat’iy ishonch
hosil qilganidan keyin faqat Ruf uchun shuhrat
qozonishni istardi. Shu Ruf deb u shuhrat qo-
zonishga jonu dili bilan intilardi. U
o‘z
sevgilisi-
ning undan faxrlanishi va uni o‘ziga munosib deb
topishi uchun butun dunyoga mashhur bolishni
orzu qilardi.
Martin go'zallikni shu qadar sevardiki, unga
xizmat qilishdan zavq olardi. Rufni esa go'zallik-
dan ham ortiq sevardi. U muhabbatni dunyoda
eng go‘zal narsa deb hisoblardi. Axir, Martinni
beso‘naqay matrosdan mutafakkir va san’at-
korga aylantirib, uning qalbida bunday buyuk
o'zgarish yasagan shu qiz emasmidi? Modomiki,
muhabbat Martinga ilm-fandan ham, san’atdan
ham yuksak bolib tuyulgan ekan, buning hech
ajablanadigan yeri yo‘q. Martin tafakkur bobi-
da o'zining Rufdan, uning akalaridan va otasi-
dan kuchliroq ekanini endi anglay boshladi. Ruf
universitetda tahsil olgan, san’atshunos degan
284
Jek London
nomga sazovor bolgan bolsa ham, shu afzal-
liklariga qaramay, bundan bir yil burun hech
nimadan xabari bolmagan va mustaqil o‘qish
bilan Martinchalik dunyoni, san’atni, hayotni
anglashni orzu ham qila olmas edi. Martin bular-
ning hammasini tushunardi, lekin bu narsa na
uning Rufga bolgan muhabbatiga, na Rufning
unga bolgan muhabbatiga xalal berardi. Mu
habbat g'oyat go'zal, g‘oyat oliyjanob tuyg4i edi-
kim, chinakam oshiq bolgan Martin bu tuyg'uni
tahqirlash mumkin emas deb hisoblardi. Ruf
ning san’at haqida, Fransiya inqilobi haqida yoki
umumiy saylov huquqi haqida qanday fikr yuriti-
shiga muhabbatning nima daxli bor? Bulaming
hammasi aql-idrok olamiga taalluqlidir, muhab
bat esa aqldan yuksak turadi. Martin muhabbat
tuyg4isini yerga urolmasdi, chunki unga o‘zi saj-
da qilardi. Muhabbat aql-idrok vodiysi ustidagi
juda yuksak cho'qqida maskan qurgan edi. U ha-
yotning javhari, hayotning eng oliy shakli bolib,
har kimga ham nasib bolavermasdi. Martinning
sevimli mualliflarining falsafasi unga muhab
batning biologik ahamiyatini ochib berdi; lekin
Martin ularning asosiy qoidalarini o‘zicha rivoj-
lantirishda davom etib, inson organizmi
ay
nan
muhabbat tufayli o‘z burchini mukammal oqlay-
di, shunga ko‘ra, muhabbat hayotning eng yuk
sak
Do'stlaringiz bilan baham: