Jek London
zo‘r kishilar ham kamdan-kam erisha oladigan
narsaga erishmoqchi. Uylanishni ko'ngliga olgan
odam sal-pal uylanish taraddudini ko'radi-da,
axir. U bolsa parvoyi falak. Bilaman, sen ham
bu fikrimga qo‘shilasan, hali aytganimdek, unda
mas’uliyat hissi yo‘q. Qayoqdan ham bolsin
unda? Hamma matroslar shunaqa. U hech qa-
chon tejamli bolmagan, o‘zini tuta bilmagan.
Orqa-o‘ngiga qaramasdan xarajat qilishga odat-
lanib qolgan, bu uning suyak-suyagiga singib
ketgan bolsa kerak. Albatta, bunga u aybdor
emas, lekin bu bilan masala o‘zgarmaydi. Sen
uning awalgi hayoti - ishratparastlik va axloqsiz-
lik bilan otgan hayoti haqida o*ylab ko'rdingmi,
u albatta shu zaylda kun kechirgan. Sen nikoh
nimaligini bilasanmi, qizim?
Ruf bir seskanib ketib, o'zini onasining pinjiga
urdi.
—
О ‘ylagandimki... — Ruf munosib so‘z axta-
rib ancha vaqt jim qoldi. - Bu dahshat, albat
ta. Bu haqda oyiash men uchun juda oglr. Mu-
habbatim boshimga bitgan balo ekanligini sezib
turibman, lekin o'zimga o'zimning kuchim yet-
maydi. Siz dadamm sevmaganligingiz mumkin-
mi? Men ham shu ahvolga tushganman. Unda
ham, menda ham qandaydir bir narsa bor - shu
kunga qadar buni tushunmagan ekanman, le
kin bu shunday narsaki, uni sevishga shu nar
sa majbur etyapti meni. Uni sevib qolaman deb
xayolimga ham keltirmagan edim, ammo maria,
sevib qoldim, — deb shodiyona bir ohangda gapi-
ni tugalladi Ruf. Suhbat allam.ahalgacha davom
etgan bolsa ham, hech natija bermadi, nihoyat
Martin Iden
275
ular hech qanday tadbir qollamasdan, biroz vaqt
sabr qilib turishga qaror qildilar.
Bir soatdan keyin missis Morz o‘z nayrangi-
ning kutilmagan natija berganini aytib, qanday
qarorga kelishganini eriga aytib bergan edi, mis
ter Morz ham bu qaromi ma’qul topdi.
- Shunday bolishi muqarrar edi, - dedi mister
Morz, - chunki qizimiz shu matrosdan boshqa
bironta erkak bilan yaqin munosabatda bolgan
emas. Bir kun emas-bir kun unda ayollik his-
si uyg'onishi kerak edi. Uyg‘ondi ham, ammo,
mana oqibat, qizimiz kelib-kelib shu beboshni
sevib qolibdi - Turgan gapki, Ruf uni birpasda
sevib qolgan yoki hech bolmaganda, sevaman
deb o‘zini o‘zi ishontirgan - aslini olganda, unisi
ham, bunisi ham bir go‘r.
Missis Morz Rufning istaklariga to'g'ri-
dan-to‘g‘ri qarshilik ko'rsatishdan ko‘ra, unga
boshqacha yol bilan ta’sir etmoqchi bolganini
aytdi. Buning uchun vaqt yetarli, chunki Martin
hozir uylanish to‘g‘risida otylay olmaydi ham.
- Mayli, Ruf u bilan istaganicha uchrasha-
versin, - degan qarorga keldi mister Morz. -
Martinni qancha yaxshi bilsa, shuncha tez un-
dan ko‘ngli soviydi. Keyin shunday qilish ke-
rakki, qizimiz u yigitni boshqa biron odam bilan
taqqoslab ко‘rsin. Uyimizga yuqori tabaqa yosh-
laridan, madaniyatli va baodob yigit-qizlardan,
chinakam jentlmenlardan tez-tez taklif etib
turish kerak. Shular oldida Martin butunlay
boshqacha bolib ko‘rinadi. Ruf uning asl qiyo-
fasini ana o'shanda ko'radi. Undan keyin, axir
u hali go‘dak bola-ku. Endi yigirma birga kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |