276
Jek London
Ruf ham hali yosh. Bu bolalik havasi, vaqti ke
lib unutilib ketadi.
Ular shu qarorga kelishdi. 0 ‘z oila a’zolari
o‘rtasida Martin bilan Ruf unashtirilgan deb
e’tirof etildi-yu, ammo hech kimga ovoza qilinma-
di. Ota bilan ona buning keragi ham yo‘q degan
fikrda edilar. Unashish muddatining juda uzoqqa
cho'zilishi o‘z-o‘zidan malum edi. Martinga o‘z
turmush tarzini o'zgartirishi va bironta jiddiy ish
bilan shug4illanishi zarurligi haqida hech nima
deyishmadi; yozuvchilikni tark eting, deb unga
hech kim maslahat ham bermadi. Uning hayot-
da muvaffaqiyat qozonishiga ко ‘maklashish bu
oila a’zolarining niyatida yo‘q edi. Martin bolsa,
o‘z badxohlarining tegirmoniga suv quyish bi
lan ovora edi, chunki u jiddiyroq bir mashg4ilot
axtarib topish haqida mutlaqo bosh qotirmasdi.
-
Bilmadim, mening tashabbusim sizga ma-
qul bolarmikin, - dedi Martin Rufga oradan
bir necha kun o'tgach, —
opamning uyida tu-
rish menga qimmatga tushib ketyapti, shuning
uchun alohida yashamoqchiman. Men Shimoliy
Oklenddagi sokin bir uydan bir xonani ijaraga
oldim, kerosinka ham sotib oldim, o‘zim ovqat
pishiraman endi.
Ruf sevinib ketdi. Ayniqsa, unga kerosinka
yoqqan edi.
—
Mister Betler ham shundan boshlagan edi,
- dedi u.
Martin muhtaram jentlmenning ismi sharifini
eshitib, qovoqlanni uydi va gapida davom etdi:
— Men hamma qolyozmalarimga markalar yo-
pishtirib, yana tahririyatlarga jo‘natib yubordim.
Martin Iden
277
Bugun yangi kvartiraga ко‘chib o'taman-
tadan ish boshlayman.
Ruf bu shodiyona xabarga jon-tani bilan xay-
rixohlik bildirarkan:
- Xizmatga kiribsiz-da! - deb qichqirib yubor
di va tabassum bilan unga yaqin kelib, qolini
mahkam qisdi. - Nega endi menga hech nima
demadingiz? Qanday xizmat o‘zi u?
Ammo Martin boshini sarak-sarak qildi.
- Men ertadan boshlab yana yozishga kirisha-
man demoqchi edim.
Qizning chakkasi tirishdi, Martin shosha-pi-
sha gapini davom ettirdi: - Gapimga to‘g‘ri
tushuning. Bu safar men shirin xayollarga ber-
ilmayman. Men endi, yolglz moddiy ahvolni
yaxshilash uchun jiddiy ishlash niyatidaman.
Yana dengiz safariga jo'nagandan shu ma’qul,
oklendlik oddiy xizmatchiga qaraganda xiyla
durustroq pul topaman deb oyiayman. Keyingi
oylar ichida ko‘p narsalar ustida bosh qotirdim.
Men aravaga qo‘shilgan otdek ishlaganim yo‘q,
deyarli hech nima yozganim ham yo‘q, yozgan
bolsam ham, matbuot uchun yozmadim. Butun
vaqtimni sizni sevishga va turli-tuman narsalar
ustida mulohaza yuritishga bag'ishladim. To‘g‘ri,
ba’zi narsalarni o'qib turdim, lekin u o‘qiganla-
rim - asosan, jurnallar - mening mulohazalarim
bilan bevosita aloqador edi. Men o‘zim to'g'rim-
da, dunyo haqida, dunyoda tutgan mavqeim
haqida va sizga manzur boladigan martabaga
erishish uchun qanday imkoniyatlarga ega ekan-
ligim haqida otyladim. Bundan tashqari, men
Spenseming «Uslub falsafasi»ni o'qib chiqdim;
da, er-
u kitobda menga, aniqrog'i, mening yozuvchilik
faoliyatimga, shuningdek, har oyda jumallar-
da bosilayotgan asarlarga bevosita aloqador
bolgan juda ko'p ajoyib fikrlarni uchratdim.
Mana shularning hammasi natijasida, ya’ni,
o'y-mulohazalar, mutolaalar va sizga bolgan
muhabbatim natijasida shunday qarorga kel-
dim: adabiyotni kasb qilaman. Durdona asarlar
yozishni vaqtincha tark etib, har xil oldi-qochdi
narsalarni; feletonlar, latifalar, kundalik hayot
haqida kichik she’rlar, hajviyalar, xullas, nimaga
talab bor bolsa, shuni yozaman. Axir, gazetalar-
ga, yumor sahifalariga, yakshanbalik ilovalarga
material hozirlab beradigan adabiyot agentliklari
mavjud-ku. Men ularga nima kerak bolsa shuni
yozaman, sizni ishontirib aytamanki, bu ishdan
chakana pul topmayman. Oyiga to'rt yuz, hattoki
besh yuz dollar ham tushiradigan azamatlar bor.
Men ularga o'xshamoqchi emas man; lekin har
holda non pulimni topib turaman, undan keyin
o'z ishim bilan shug'ullanishimga ham, o'qishim-
ga ham vaqtim boladi; holbuki, hech qanday
xizmatda ham mening o'qishimga imkon tug'il-
maydi. Men chinakam asarlar ustida ham sekin-
asta qalam tebrata boshlayman, ham o'qiyman,
ham chinakam ishga hozirlik ko'raman. Bila-
sizmi, hozir men qanchalik ilgarilab ketganim-
ni ко'rib, о zim ham ajablanaman. Men qolimga
birinchi marta qalam olganimda, ochig'i, nima
to'g'rida yozishni bilolmay boshim qotgan edi.
Har xil hodisalar haqida ulaming asl mohiyatini
mukammal tushunmasdan turib yozaverardim.
Menda hech qanday g oya, hech qanday muloha-
278
Jek London
Martin Iden
279
za yo‘q edi. Fikr yuritishim uchun hatto so‘z
topolmasdim. Boshimdan kechirgan narsalar-
ning hammasi ko‘z oldimda ma’nosiz lavhalar
bolib qatorlashib turardi. Lekin men ko'p o‘qib,
so‘z boyligimm orttirganimdan keyin, o‘sha
lavhalaming hammasida ilgari men payqamagan
juda ko“p narsalami ko‘ra boshladim. Ana shun-
dan keyin haqiqiy asarlar yoza boshladim: Men
«Sarguzasht», «Quvonch», «Qozon», «Hayot sha-
robi», «Quvnoq ko'cha», «Muhabbat sonetlari» va
«Dengiz qo‘shiqlari»ni yozdim. Men bu singari va
bulardan ham ancha yaxshipoq asarlami yana
ko*p yozaman, lekin ular bilan faqat bo‘sh vaqt-
larimda shug4illanaman. Endi men ortiq havoyi-
lik qilmajrman. Awaliga, non puH topish uchun
qopa ish bilan shug4illanaman, so'ng durdonalar
yozishga kirishaman. Kecha kechqurun, o‘zim-
ning haqliginmi ataylab sizga isbot qilish uchun,
haftalik yumoristik gazetalar uchun besh-oltita
mayda-chuyda narsa yozib qo'ydim, yotish oldi-
dan esa hazilomuz term alar yozishda ham kuch
sinab ko'rish xayolimga kelib qoldi-yu, bir soatcha
vaqt ichida bir emas, toYt terma yozib tashladim.
Har bir bandiga bir dollardan olish mumkin. Ish
orasida, uyquga yotar paytda toVt dollardan ish-
lab turish chakki emas, albatta. To‘g‘ri, bunday
ishning hech qanday qiymati yo‘q. Bu zerikarli va
bir xil ish, lekin umrbod kontorada o'tirib, oyi-
ga oltmish dollardan maosh olib, keti uzilmay-
digan raqamlami daftarga ko'chirish bilan ovo-
ra bolishdek zeriktiradigan ish emas. Buning
ustiga, bu ish har holda adabiyotga aloqador va
haqiqiy asarlar yozishimga imkon tug‘diradi.
ham
280
Jek London
- Lekin o'sha haqiqiy asarlami, durdona asar-
lami yozishingizdan nima naf? - deb so'radi Ruf.
- Baribir, ularni sota olmaysiz-ku!
- Unday demang... - deb gap boshladi Martin.
Ruf uning gapini boldi:
- Hozir o'zingiz sanab o‘tgan va o'zingizga juda
ham yoqqan asarlaringizdan haligacha biron
satrini ham sota olmadingiz-ku. Biz hech kim
sotib olmaydigan durdona asarlarga orqa qilib
turmush qura olmaymiz.
- Unda hamma sotib oladigan laparlarga orqa
qilib turmush qurishimiz mumkin, - dedi Mar
tin o‘jarlik bilan va Rufni quchoqladi. Lekin ho
zir Rufning erkalanishga hushi yo‘q edi, - mana,
eshiting, - dedi Martin ataylab sho'x ohangda, -
buni san’at deb bolmaydi-yu, pul ishlasa boladi:
Yo‘qligimda b irjo‘ram
Aqchaga bo‘lib muhtoj,
Qarz so‘rab kepti atay.
Topolmay qilib alam,
Jo‘ram tushkur noiloj,
So'kkan emishpaydar-pay.
Uyda yo‘q ЬоЧдап esam,
Dardini qaydan bilay!..16
She’rning sho'x, o“ynoqi ritmi
Do'stlaringiz bilan baham: |