Martin Iden
281
ning daromadiga o'xshaydi. Bu bilan o‘
kamsitasiz-ku, nega tushunmaysiz, Martin! Men
o'zim hurmat qilgan suyukli yorimning qofiya-
li bema’ni she’rlar yozgandan ko‘ra, birmuncha
jiddiyroq va o‘ziga munosib ish bilan shug4illani-
shini istardim.
- Siz uning mister Betlerga o'xshashini istar-
midingiz? - deb so‘radi Martin.
- Bilaman, siz mister Betlerni yoqtirmaysiz, -
deb gap boshladi qiz.
- Mister Betler - ajoyib odam, - deb Martin
uning so'zini boldi. - Uning ovqat hazm qilol-
maydigan me'dasidan boshqa hamma tomoni
yaxshi. Lekin, ochig'i, hayronman, nima uchun
she’r yozish mashinkada yozishdan yoki konto-
rada yozuv-chizuv bilan shug4illanishdan ko'ra
yomon ekan? Unisi ham, bunisi ham maqsadga
erishish uchun bir vosita, xolos-ku. Siz dastlab-
ki paytlardan har turli kontora daftarlari ustida
ivirsib o^irishimni va nihoyat, bironta advokat
yoki tojir bolib chiqishimni istaysiz. Men esa
gazetalarga mayda-chuyda narsalar yozishdan
boshlab, oqibat yirik adib bolishni istayman.
- Buning farqi bor, - deb talddlay boshladi Ruf.
- Qanday farq?
- Chunonchi, siz o'zingiz muvaffaqiyatli chiq-
qan deb hisoblagan asarlaringizni ham hech sota
olmayapsiz. Axir siz juda ko‘p marotaba urinib
ko'rdingiz, ammo muharrirlar hech nimangizni
sotib olmayaptilar.
- Menga muhlat bering, azizam, - dedi Martin
yolvoruvchi ohangda. - Bu faqat vaqtinchalik ish,
men uni jiddiy ish deb hisoblamayman. Menga
zmgizm
282
Jek London
ikki yil muhlat bering. Shu ikki yil ichida albatta
muvaffaqiyatga erishaman, o‘shanda asarlarim
talash bolib ketadi. Nima deyotganimni yaxshi
bilaman. Men o‘zimga ishonaman, qolimdan
qanday ishlar kelishini yaxshi bilaman. Men
adabiyot nima ekanligini tushunaman, no‘noq
yozuvchilar gazeta va jumal sahifalarini qanday
yaramas narsalar bilan toldirayotganini ham bi
laman. Shuning uchun aminmanki, ikki yildan
keyin men muvaffaqqiyat va shon-shuhrat yoli-
ga tushib olaman. Lekin xizmatga kirib, hech
koiiarila olmayman. Unday ishga hushim yo‘q.
Negadir, nazarimda, zerikarli, bachkana, tu-
turuqsiz va ma’nosiz bolib tuyuladi. Har qalay,
men unday ishga yaramayman. Men hech qa-
chon kontoraning oddiy xodimi lavozimidan na-
riga o^ta olmayman, ammo biz kontora xodimi-
ning arzimas maoshi bilan baxtiyor kun kechira
olarmidik? Men dunyoning eng ajib noz-ne’mat-
lari bilan sizni ta’minlash orzusidaman va har na
bolganda ham orzumga erishaman. Erishmay
qotymayman! Mashhur yozuvchi pul topishda
mister Betlerga о‘xshaganlaming o'ntasini yolda
qoldirib ketadi. Bilasizmi, «yaxshi tarqalgan» ki
tob muallifga ellik ming dollar, hattoki yuz ming
dollar ham keltirishi mumkin. Ba’zan undan bir
oz ko‘proq, ba’zan bir oz kamroq, umuman, o‘rta
hisobda shunga yaqin pul tushiradi.
Ruf sukut saqlab o'tirardi. U juda xafa edi,
xafa bolganini yashirmoqchi ham emasdi.
- Xo‘sh, yomonmi? - deb so'radi Martin.
Do'stlaringiz bilan baham: