Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

300

Jek  London

yopishadi.  So‘ng,  ulaming  eng  asosiy  vazifasi, 

universitet  yoshlari  miyasidagi jamiki  betakror 

fikrlami  sitib  chiqarish va muayyan  andazadan 

chiqmay fikr yuritishga majbur etishdan iborat.

-  Menimcha, -  deb e’tiroz bildirdi Ruf, -  ham­

ma  e’tirof etgan  narsaga  amal  qilganim  tufayli, 

haqiqatga  sizdan  ko‘ra yaqinroqqa  o'xshayman, 

chunki  siz  muqaddas  tasvirlarga  hujum  qil- 

gan  yowoyi  odamdek,  baobro‘  odamlarga  tash- 

lanyapsiz.

-  Muqaddas tasvirlami yowoyilar emas,  mis- 

sionerlar oyoqosti qiladilar,  -  deb  kuldi Martin,

-   lekin,  afsuski,  barcha  missionerlar  majusiy- 

lar  mamlakatlariga  tarqalib  ketganlar,  oqibat, 

mister Vanderuoter bilan mister Prapsni  ag‘da- 

rishga yordam beradigan bironta ham missioner 

qolmagan.

-   Ular  bilan  birga  hamma  universitetlaming 

professorlarini ham, -  deb ilova qildi qiz.

Martin qat’iy bosh chayqadi.

— Yo‘q. Tabiiyot fanlari muallimlari qolsin. Ular 

chindan  ham katta  ish  qilyaptilar.  Lekin  miya- 

lari  zig'ircha  kelmaydigan  to‘tiqushnamo  ingliz 

filologiyasi muallimlaridan o‘ndan to'qqizini hay- 

dab yuborilsa ham zarar qilmasdi.

Martinning  filologlarga  nisbatan  bu  qadar 

yomon  ko‘z  bilan  qarashi  Rufga  shakkoklikday 

tuyuldi.  U  salmoqli  ovoz bilan  gapiruvchi  nozik 

madaniyat ahli bolmish basavlat va olifta kiyin- 

gan  universitet  muallimlarini  o‘zi  negadir  sevib 

qolgan, shu beo'xshov kostyum kiygan, qora ish- 

chiga xos polat muskulli, vazmin tabiat, kechagi 

matros bilan hech bir narsa to‘g‘risida xotirjam




Martin Iden

301

gaplasha olmaydigan, o'z fikrini odob bilan 

qilish o'miga qizishib ketadigan, sabot ko'rsatish 

kerak  bolgan  yerda  baqirib  yuboradigan  odam 

bilan beixtiyor taqqoslab  ko'rdi.  Muallimlar hap 

holda  durustgina  maosh  olishardi  hamda  ular

-  buni e’tirof etmay bolmaydi -  chinakam jentl- 

men edilar, holbuki, Martin bir pens ham ishlab 

topa olmas, jentlmenga ham uncha o'xshamasdi.

Ruf  Martinning  dalillarini  chuqurroq  tah- 

lil  qilishni  hatto  lozim  ham  topmadi.  Vaziyat 

uning  dalillari xatoligidan  dalolat  berib  turardi. 

Muallimlar  adabiyot  haqida,  shubhasiz,  to'g'ri 

mulohaza yuritardilar, chunki ular hayotda mu- 

vaffaqiyat qozongan odamlar edilar, bironta ham 

asarini sota olmagani uchun ham  Martin yang- 

lishardi.  Martinning taTDiri bilan aytganda, ular- 

ning  «omadi»  kelgan-u,  Martinniki  kelmayotgan 

edi.  Shuning uchun ham,  kechagina, xuddi shu 

xonaning  o'rtasida  uyalganidan  cho'g'day  qiza- 

rib,  beso'naqaylik  bilan  bironta  bezak  buyumi- 

ni  tushirib  yuborishdan  qo'rqib  atrofga  alang- 

lab  turgan  va  «Svaynbern»ning  olganiga  ancha 

boldimi,  deb  so'rab,  «Tobora yuksakka» va «Ha­

yot surasi»ni o'qiganman, deb tentaklarcha maq- 

tangan yigit adabiyot haqida qanday qilib  to'g'ri 

mulohaza yurita olsin.

Shunday  qilib,  Ruf hamma  e’tirof etgan  nar­

sa  oldida  bosh  egishini  o'zi  tasdiqladi.  Mar­

tin  uning  fikrlarini juda yaxshi  tushunsa  ham, 

ularga  ahamiyat  bermasdi.  U  Rufning  Prapsga, 

Vanderuoterga  va  ingliz  filologiyasi  muallimla- 

riga  nisbatan  qanday  munosabatda  bolishidan 

qatiy  nazar  uni  sevardi,  lekin  Martin  tafakkur

bayon




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish