302
Jek London
sohasida shunday yuksaklikka erishgan ediki,
Ruf bunday yuksaklik borligini xayoliga ham
keltirmagan edi.
Ruf esa, o‘z navbatida, Martinni musiqa sohasi
da hech nima tushunmaydi deb o"ylardi, uning
opera haqidagi mulohazalarini noto‘g‘ri debgina
qolmay, atayin aytilgan teskari fikr deb bilardi.
Bir kuni ular operadan qaytayotganlarida Ruf:
- Sizga yoqdimi? - deb so'radi.
Shu kuni kechqurun Martin bir oy mobaynida
o‘zini ayovsiz ravishda siqib, ovqatni iqtisod qi
lish evaziga Rufni teatrga taklif qilgan edi. Spek-
takl qizga kuchli ta’sir etdi. Ruf Martinning spek-
takl haqida gap boshlashini uzoq kutgandan ke
yin, nihoyat, o‘zi savol berishga jur’at etgan edi.
- Menga uvertyurasi judayam yoqdi, - deb
javob qildi Martin, - g‘oyat go'zal narsa.
- Xo‘sh, operaning o‘zi-chi?
- Opera ham yoqdi, ya’ni, demoqchimanki,
orkestri yoqdi. Agar anavi masxarabozlar sahna-
da kamroq jilpanglashsa yoki butunlay chiqib
ketishsa, undan ham yaxshi bolardi.
Ruf hang-mang bolib qoldi.
— Siz Tetralani bilan Bariloni aytyapsizmi? -
deb so'radi qiz.
—
Ha, o‘shalami ham, qolgan hamma artistlar-
ni ham aytyapman.
- Ammo ular buyuk artistlar-ku!
—
Banbir. Ular ahmoqona jilpanglashib mu-
siqani buzishdi, xolos.
—
Chindanam, Banloning ovozi sizga yoqma-
dimi? - deb yubordi Ruf. —
Axir u Karuzodan ke
yin ikkinchi xonanda hisoblanadi-ku!
Martin Iden
303
-
Yo‘q, nega endi, menga yoqadi,
yana ham ko'proq yoqadi. Fikrim to‘g‘ri bolsa, u
ayolning nihoyatda nodir ovozi bor ekan.
- Axir... axir... - Ruf nima deyishini bilmay
qoldi. - Unda men hech narsaga tushunolma-
yapman. Siz ularning ovozidan zavqlanyapsiz-u,
ayni vaqtda musiqani buzishdi deysiz.
- Ha, balli. Men ularning ovozini konsertda
eshitish uchun hech narsani ayamasdim, ammo
orkestr chalayotgan paytda eshitmaslik uchun
undan ham ko‘proq berardim. Men bedavo re
alist bolsam kerak. Buyuk xonandalar hamma
vaqt ham buyuk artist bolavermaydi. To‘g‘ri,
Bariloning malohatli ovoz bilan ishqiy ariyani
ijro etishi Tetralanining undan ham malohatli
ovoz bilan unga jo‘r bolishi va bularning ham-
masini rango-rang bo'yoqlarga boy, ajib orkestr
musiqasi fonida ijro etilishi g‘oyat soz, albatta.
Shak-shubhasiz, g‘oyat zo‘r lazzat bag'ishlaydi
bu. Lekin men sahnaga qarab, vazminligi ikki
yuz qadoq keladigan daroz xonim bilan uning
yonida yuzi solqigan, kolcrak qafasi temirchini-
kiga o‘xshagan, chorpaxildan kelgan, past boyii
kishini ko'rgan zahotim va ularning sun’iy qiyo-
fada turib, xuddi jinnixona ahli singari o‘z yurak-
larini changallab, qollarini siltashlarini ko‘rar-
kanman, yuqoridagi aytgan taassurotlarim bir
zumda barbod boladi. Holbuki, men bu shahzo-
da bilan go‘zal malika o'rtasida borayotgan mu
habbat sahnasi ekanligiga ishonishim kerak.
Yo‘q, men ishonmayman. Bu behuda, ahmoqona
narsa. Bu tabiiy emas. Hamma gap shundaki,
bu tabiiy emas. Nahotki, shu tarzda muhabbat
Tetralani
304
Jek London
izhor qiluvchi odamlar ham bolsa? Agar men siz-
ga shu tarzda muhabbat izhor qilsam, yuzimga
tarsaki qo'yib yuborgan bolardingiz.
- Siz tushunmaysiz, - derdi Ruf achchig'i
chiqib, - har bir san’atning o‘z chegarasi bola-
di. (U yaqinda dorilfununda eshitgan san’atning
shartli belgilari haqidagi leksiyani esladi.) Mana,
tasviriy san’atni oling, u ikki olchovdan iborat.
Biroq siz rasmga tikilasiz-u, undagi manzarani
uch olchovda tasawur qilasiz, holbuki, mazkur
uchinchi olchovni rassom o‘z iste’dod kuchi bilan
yaratgandir. Adabiyot sohasida muallif hamma
narsaga qodir va hamma narsadan xabardordir.
Axir u qahramon ayolning pinhona oyiarini tas-
virlaganda, siz uni haqli deb topasiz-ku, shun-
daymi? Holbuki, o‘sha qahramon ayol o'ylagani-
da, hech kim uning xayolidan o^tgan gapga quloq
solmagan. Teatrda ham, haykaltaroshlikda ham,
operada ham, umuman, hamma sohada ham
alivol shu. Ba’zi bir ziddiyatlarga ko‘nikishga
to‘g‘ri keladi.
—
Ha, tushunaman, - deb javob qildi Martin,
—
hap qanday san’at ham shartli. (Martin o‘z
fikrini bunchalik to‘g‘ri ifoda etganini ko‘rgan
Ruf taajjubga tushib qoldi: go у о bu odam ku-
tubxonaga borib, nima qoliga tushsa, farqiga
bormay о qiyvergan va o'zicha mustaqil savod
chiqargan emas, balki dorilfununda tahsil olgan
odamga o‘xshardi.) Lekin mazkur shartlilik ham
real bolishi kerak. Karton qog‘ozga chizilgan va
sahnanmg chetlariga tikkaytirib qoVilgan da-
raxtlami biz o'rmon deb hisoblaymiz. Bu shart-
hhk, ammo yetarli darajada realdir. Lekin biz
Martin Iden
305
dengiz tasvirini o'rmon deb tan olmaymiz-
bunday qila olmaymiz. Shunday qilsak, o‘z his-
larimizni zo‘r lagan bolardik. Shunga ko‘ra ham,
biz hozir shohidi bolgan ikkita telbaning jamiki
bachkana qiliqlarini muhabbat tuyg4isi va kayfi-
yatining ifodasi deb hisoblay olmaymiz.
- Nahotki, siz musiqa sohasida ham o‘zingizni
mashhur tanqidchilardan ustun qoymoqchi
bolsangiz, - dedi achchiglanib Ruf.
- Yo‘q, aslo. Men shaxsiy mulohazamni ba-
yon etishga o‘zimni haqli deb bilaman. Bular-
ning hammasini sizga aytishimdan maqsad,
Tetralanixonimning filniki kabi «nozik» harakat-
lari nima sababdan orkestrdan olgan taassuro-
timni poymol qilganini izohlab bermoqchiman.
Balki musiqa tanqidchilari mutlaqo haqdirlar.
Lekin mening o‘z mulohazam bor va butun
dunyodagi tanqidchilarning hammasi bir taraf
bolganda ham, uni tanqidchilarning hukmi-
ga boysundirmayman. Qoymayman. Ko'nglim-
ga yoqmagan narsani yoqmadi deyaveraman,
nega axir, yoqmagan narsani menga yoqdi deb
aytishim kerak ekan! Faqat uning aksariyat
odamlarga yoqqani yoki yoqqanday ko'ringani
uchunmi? Men o‘z didimni modaga tobe qilishni
istamayman.
- Lekin tayyorgarliksiz musiqani anglab
bolmaydi, - deb e’tiroz bildirdi Ruf, - opera esa
maxsus tayyorgarlik talab qiladi. Balki...
- ...Men operani eshitish uchun unchalik
tayyor emasdirman? - deb Martin Rufning gapi-
ni tugalladi...
Ruf tasdiq ma’nosida bosh irg'adi.
ku. Biz
-
Ehtimol, - deb rozi boldi Martin, - shunday
bolganidan hatto xursandman ham. Agarda meni
bolaligimdan opera eshitishga oVgatishgani-
da, ehtimolki, bugun haligi oshiq-ma’shuqlar-
dan ta’sirlanib, iyib ketib ko‘z yoshi toldb o‘tir-
gan bolarmidim, artist xonimning qiliqlaridan
qo‘shiq va musiqa yana ham jozibali bolib tuyul-
gan bolarmidi. Lekin siz haqsiz. Bulaming ham
masi tarbiyaga bogliq, meni esa, endi tarbiyalab
bolmaydi, vaqt o“tdi. Menga yo real narsa kerak
yoki hech nimaning keragi yo‘q. Haqiqat asari
bolmagan xayoliy narsa menga ta’sir etmaydi,
shuning uchun pak-pakana Barilo titrab-qaq-
shab daroz xonim Tetralanini bagUga bosganini
va unga sevgi izhor etganini ko‘rganimda opera,
nazanmda, boshdan-oyoq soxta bolib tuyuladi.
Lekin zohiriy belgilarga qarab baho berishga,
hammaga manzur bolgan narsalarga sajda qi-
lishga о rganib qolgan Ruf, Martinning fikrlariga
shu nuqtai nazardan baho bera boshladi. Axir u
kim bolibdiki, yolglz o'zini haqli hisoblab, jamiki
madaniyat ahllanni omilikda ayblasin? Martin
ning aytgan gaplari Rufga zarracha ham ta’sir
etmadi. Ruf umum e tirof etgan hamma narsa-
ga juda odatlanib qolgan-u, isyonkor fikrlarga
mayli yo q edi, buning ustiga, bolalik chogldan
musiqa bilan shug'ullanar, o‘z tabaqasi kishilari
singan bolalik chogldan operani sevardi. Kecha-
gina regtaym» va ko'cha qo'shiqlaridan boshqa
hech nima eshitmagan bu Martin Idenning jahon
musiqa xazmalari haqida fikr yuritishga qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |