YIGIRMA TO'RTINCHI BOB
Oradan haftalar o‘tdi. Martinning puli tugab
qolayozgan bolsa ham, nashriyot cheklaridan
hamon darak yo‘q edi. Jiddiy hikoyalar muqar-
rar qaytib kelardi, «jo‘n» asarlarning taqdiri ham
bundan durust emasdi. Endi uning kichkinagi-
na oshxonasida turli taomlar pishirilmay qoldi,
chunki uning bor-yo‘g l yarim xalta guruchi bilan
ozgina turshagi qolgan edi. Bir necha kun shular
bilan kun kechirdi. Keyin nasiyaga mol olib kun
ko'rmoqchi boldi. Martinning qarzi yiriklashib,
uch dollaru sakson besh syentga etganda, por-
tugaliyalik baqqol unga nasiyaga mol berishni
to'xtatdi.
- Negaki, - dedi baqqol, - sizniki ish yo‘q. Qan
day tolaydi siz haq?
Martin e’tiroz bildirishga ojiz edi. Baqqolning
mulohazasida jon bor edi. Faqat yalqovligidan
ish qidirishni istamayotgan navqiron, soppa-sog‘
ishchiga qanday qilib nasiyaga mol bersin.
- Pul topasan - ovqat olasan, - derdi baqqol. -
Aqcha yo‘q - ovqat yo‘q. Shunaqa...
So'ng portugaliyalik Martinga nisbatan hech
qanday shaxsiy g'arazi yo'qligini isbotlash uchun
ilova qildi:
- Kel, ich, bitta stakan. Maniki mehmon qila
di. Sen do‘st, men do‘st.
Martin ham do'st ekanligini tasdiqlash uchun
bir stakan vinoni ichdi-yu, ovqat yemasdan yotib
uxladi.
Martin sabzavotni boshqa dolcondan olardi,
savdo ishida uncha qattiqqol bolmagan ameri-
294
Jek London
kalik baqqol Martinning qarzini besh dollargacha
olib chiqdi. Shundan keyin nasiyaga mol berishni
to'xtatdi. Nowoy ikki dollarga yetganda, qassob
esa to'rt dollarga yetganda nasiyaga mol berishni
to'xtatishdi. Martin hamma qarzlarini jamlagan
edi, ularning umumiy miqdori o‘n to'rt dollaru
sakson besh pens boldi. Yozuv mashinkasining
haqini tolaydigan vaqt ham yetib keldi, lekin
Martin undan qarzga yana ikki oy foydalanish-
ga qaror qildi, shunda u yana sakkiz dollar qarz
bolarkan. Bu muhlat ham o‘tgandan keyin nasi
yaga mol olishning hech imkoni qolmaydi.
Sabzavot dolconidan u oxirgi marta bir xalta
kartoshka olgan edi, shuning uchun Martin bir
hafta muttasil kuniga uch martadan faqat kar
toshka pishirib yedi. Vaqt-vaqti bilan u Morz-
lamikida ovqatlanar va shu bilan bir oz kuch
yig'ib olardi, holbuki, u stolga terib qotyilgan
turli-tuman taomlardan bir bolak ham ortiqcha
emasdan odob saqlab, o‘zini Tantal17 azobiga so-
lardi. Ba’zida Martin uyatni yig'ishtirib qo“yib,
opasinikiga ovqat paytida borardi-da, andisha
doirasidan chiqmay —
har holda, Morzlarni-
kidagidan ko'proq ovqat yerdi.
U
hamon о sha tarzda kun-uzzukun jonini
jabborga berib ishlar, pochtachi ham kun sayin
rad etilgan qolyozmalarni hech kanda qilmay
olib kelib turardi. Marka olishga pul yo'q edi,
shuning uchun qaytib kelgan qolyozmalar stol
Do'stlaringiz bilan baham: |