Martin Iden
289
go‘sht yoki suyak sho'rva pishirib, taomning
xilini ko'paytirardi. Kuniga ikki marta qaymoq-
siz yoki sutsiz qahva ichar, kechqurun esa choy
ichardi; lekin qahva ham, choy ham nihoyatda
ustalik bilan damlanardi.
Martin chor-nochor pulni rasamadi bilan sarf-
lashga majbur edi. Kirxonada ishlab topgan pul-
larining deyarli hammasini ta’til vaqtida xarjlab
boldi, o'zining «jo‘n» asarlarini esa juda uzoqlar-
ga jo'natgan, shuning uchun yana bir necha
haftadan keyinginaulardan javob kelishi mumkin
edi. U tarki dunyo qilgan odamday yashar, faqat
opasini borib ko‘rgani yoki Ruf bilan uchrash-
gani xilvatxonasini tark etardi. U uch kishining
ishini qilardi. Hamon bir vaqtlardagidek faqat
besh soat uxlar va faqat otdek soglomligi tu-
fayli har kuni o‘n to‘qqiz soat surunkasiga oglr
mehnatga bardosh berardi. Martin bir daqiqani
ham bekor o'tkazmasdi. U ko‘zgu romi orqasiga
ba’zi so'zlarning izohlari yozilgan va talaffuz etish
belgilari ko‘rsatilgan qog‘ozlarni qistirib qoVar-
di: u soqolini olayotganda yoki sochini tarayot-
ganda shu so'zlarni takrorlardi. Xuddi shunday
qog'ozlar kerosinka tepasiga ham osib qoyilgan
edi; u ovqat pishirayotganda yoki idish-tovoq yu-
vayotganda o‘sha so'zlarni yod olardi. Bunday
qog‘ozlar doimo o'zgarib turardi. Kitob mutolaa-
si paj^tida notanish so‘zni uchratib qolsa, dar-
hol lug‘atni titib, u so'zning ma’nosini qog'ozga
ko'chirar va devorga osib qolardi yoki ko'zgu
romining orqasiga qistirib qo'yardi. Martin bun
day so‘zlar yozilgan qog'ozlami cho'ntagiga
ham solib yurar va ko‘chada ketayotganda yoki
290
Jek, London
---------------------------------------------------------------------
do'konda navbat kutib turgan paytida ularga qa-
rab-qarab qotyardi.
Martin bu usulini faqat so‘z o'rganishgagina
tatbiq etmasdi. U nom qozongan mualliflaming
kitoblarini o‘qirkan, uslubining xususiyatlari,
syujet tuzilishini, muallifning o‘ziga xos iboralari,
obcshatishlari, askiyalarini, xullas, muvaffaqi-
yat qozonish uchun imkon beruvchi hamma
xususiyatlarini qayd qilib borardi. Shulaming
hammasini ko'chirib olib, mukammal o‘rganar-
di. U taqlid qilishga urinmasdi. Faqat qanday-
dir umumiy tamoyillami izlardi. U ko‘pchilik
yozuvchilaming asarlarida uchragan adabiy
usullaming uzundan-uzoq ro'yxatini tuzardi; bu
narsa adabiy usulning mohiyati haqida umumiy
xulosa chiqanshiga yordam berardi, so'ng shu
xulosalarga tayangan holda o'zining xususiy,
yangi, betakror usulini о у lab chiqarar va ular
ni me yori bilan bir olchovda tatbiq etishga uri-
nardi. U jonli tildagi chiroyli iboralami — xuddi
о tdek kuydiruvchi yoki aksincha, quloqqa xush
yoquvchi mayin so‘zlarni, odamlaming bema’ni
valdirashlandan ajralib ko'zga tashlanib turadi-
gan ohanrabodek so‘zlarni yozib, shu yo‘sinda
to plab yurardi. Martin hamma vaqt va har yer
da hodisalaming negizida yotuvchi tamoyillar-
ni izlardi. U hodisalarning qanday vujudga ke-
lishini bilishga harakat qilar va ayni vaqtda
o‘zi
ham yaratish imkoniga erishishni orzu qilardi.
Go zallikning ajib jamolini tomosha qilish unga
kifoya emas edi; u oshxona isi o‘tirib qolgan va
uy bekasi bolalanmng qiy-chuvi eshitilib tur-
gan torgina hujrasida gotyo o‘z tajribaxonasida
Martin Ideni*
291
otirgan kimyogar singari go'zallikni
ga bolib, uning qanday tuzilishini o'rganishga
harakat qilardi. Bu narsa uning go'zallikni kashf
etishiga yordam berishi kerak edi.
Martin faqat aql-idrok bilan ishlashi mumkin
edi. Uning odati shunaqa edi; o‘z qalami ostidan
nima chiqishini bilmay, faqat tasodifga va o'z
qobiliyati kuchiga tayanib, ko'r-ko'rona ishlay
olmasdi. Tasodifiy muvaffaqiyatlar uni qanoat-
lantirmasdi. U har bir hodisaning «qanday» va
«nima uchun»ligini o‘zi bilishni istardi. Uning ijo-
di puxta oyiangan ijod edi, shuning uchun Mar
tin hikoya yo she’r yozishga kirishishdan oldin,
butun asarning rejasini miyasida puxta o'ylab
olar, o'z maqsadini ham, o'z maqsadiga erishish
uchun ixtiyorida bolgan badiiy vositalarni ham
aniq tasawur etardi. Shu bolmasa, urinishlari
zoye ketishini bilardi. Ikkinchi yoqdan, miyasi
da to'satdan pay do bolgan va keyinchalik asarga
xalal berish u yoqda tursin, hattoki uning go'zal-
ligini oshiradigan, takomillashtiradigan, sinov-
dan sharaf bilan otgan tasodifiy so'zlar va jum-
lalami qadrlar edi. Martin uchun bunday so'zlar
ongli ijodiy urinish natijasigina emas, balki un
dan ham ulug'roq narsa edikim, shuning uchun
ulami ehtirom bilan tilga olardi. Lekin go'zallikni
tadqiq etish bilan shug'ullanib, uning qonunla-
rini bilishga urinarkan, bu go'zallik tarkibida al
laqanday mubham bir go'sha borligini va u yerga
kirishga o'zining qodir emasligini va hali biron-
ta ham odamzot u yerga kira olmaganini e’tirof
etardi. U Spenser asarlarini o'qib, shu narsani
mustahkam o'zlashtirib oldi: inson narsalarning
tarkiblar-
eng so'nggi mohiyatini anglashga qodir emas,
go'zallik siri misoli hayot siri yanglig' hech qan
day aqlga sig‘maydigan murakkab, hattoki un
dan ham murakkabroq muammodir; go‘zallik
va hayot bir-biri bilan chambarchas boglangan,
insonning o‘zi esa shu yulduzlar to‘zoni, quyosh
nuri va yana allaqanday nomalum narsalaming
bir zarrachasidir.
Shu mulohazalar ta’siri ostida Martin bir kun
«Yulduzlar to'zoni» nomli maqola yozdi; bu ma-
qolasida u tanqidga emas, tanqidchilarga hujum
qilgan edi. By nafis, ma’noli va hajv bilan sug'oril-
gan chuqur, ajoyib asar edi. Biroq shu maqolani
ham jumallar rad etdi. Martin esa yuragini ha-
yajonga solgan fikrlardan xalos bolib,
o‘z
yoli-
da davom etdi. U ko'pdan beri miyasida paydo
bolgan har bir fikmi awal yaxshilab pishitishni,
yaxshilab o^lab olishni va shundan keyingina
qog ozga ко chirishni odat qilgan edi. Shu payt-
gacha bir satr ham asan bosilib chiqmaganidan
hech xafa emasdi. Asar yozish uning uchun mu
rakkab aqliy jarayonning so'nggi bosqichi, yigll-
gan dalil va holatlarni umumlashtiruvchi, alo-
hida-alohida, tarqoq fikrlarni boglovchi so‘nggi
tugun edi. U bir maqolani yozib bolib, miyasida
yangi g-oya va masalalar uchun joy bo'shatardi.
Xullas, bu ko'pchilik odamlarga xos bolgan, vaq-
ti-vaqti bilan «gapirib yo yozib xumordan chiqish»
odatiga o'xshagan bir hoi ediki, bu odat ba’zan
haqiqiy yoxud soxta iztiroblarga bardosh berish-
ga yoki ularm unutishga yordam beradi
292
Jek London
Do'stlaringiz bilan baham: |