Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

YIGIRMA OLTINCHI BOB

Martin  Iden  ertasi  kuni  ertalab  ish  qidirgani 

bormadi.  U  hushiga kelib,  xonaga bir-bir  nazar 

tashlaganida  vaqt  tushdan  og‘gan  edi.  Silva- 

ning sakkiz yoshli qizi Meri Martinning tepasida 

navbatchilik qilib otirardi, Martin ko‘zini ochishi 

bilan  u  chinqirganicha onasining  oldiga yugur- 

di.  O'choq  boshida  ovqat  pishirayotgan  Mariya 

xonaga kirdi. U qadoq qolini Martinning o‘t bolib 

yonayotgan peshanasiga qotydi,  tomirini ushlab 

ko'rdi.

-  Ovqat yeyadi? -  deb so'radi u.

Martin boshini sarak-sarak qildi. Uning ovqat- 

ga hushi yo‘q edi,  shuning uchun,  u bir vaqtlar 

ochligini his qilganini eslab, hatto ajablandi ham.

Men kasalman,  Mariya, —

 dedi u zaif ovoz bi­

lan. -  Nima boldi menga? Bilmaysizmi?



322 

Jek  London


Martin Idenь

323

-

 Tumov bolgansiz, -  dedi Martin, -  uch 

sizniki  tuzaladi.  Ovqat  yemagan  yaxshi.  Keyin 

yeysiz. Ertaga.

Martin  kasal  bolishga  odatlanmagan  edi, 

shuning uchun Mariya qizi bilan xonadan chiqib 

ketgach,  kiyinishga  urinib  ko‘rdi.  Ko'zlari  shu 

qadar  qadalib  og‘rirdiki,  dam  o'tmay  yumishga 

majbur bolardi.  U  butun  iroda kuchini  to'plab, 

o'zini  karavotdan  turishga  majbur  etdi-da,  stol 

yoniga  ol:irdi,  lekin  shu  payt  darmoni  qurib, 

boshini  stolga  qo^gancha  ancha  payt  o'rnidan 

turolmay  qoldi.  Yarim  soatdan  keyin  bir  amal- 

lab o‘miga qaytdi-da,  ko‘zlarini yumgancha,  qa- 

yerida  og‘riq  sezayotganini  aniqlashga  harakat 

qilib,  qimir etmay yotdi.  Mariya uning xonasiga 

bir necha marta kirib, peshanasiga qotyilgan hoi 

sochiqni  yangilab  turdi.  Lekin  bema’ni  gap  bi­

lan jonga tegmay degan oqilona qarorga kelib, u 

bilan  gaplashmadi,  minnatdor  Martin  g'oldirab 

gapirdi:

-   Mariya,  sizning  sut  fermangiz,  yaxshi  sut 

fermangiz boladi.

Kejdn u  kechagi  kunni,  endi  allaqachon  o‘tib 

ketgandek  tuyulgan  kechagi  kunni  esladi.  U 

«Transkontinental  oylik jurnali»dan  maktub  ol- 

ganidan  buyon,  o'zining  adashganini  tushunib, 

yozuvchilikni  tark  aylagani  va  hayot  kitobining 

yangi  sahifasini  ochganidan  buyon  bir  asr vaqt 

o‘tgandek  edi.  U  kamon  ipini juda  ham  tarang 

qilib  tortgan  ekan,  mana  oqibat,  uzilib  ketdi. 

Agarda  u  ochlik  va  muhtojlikda  yashab,  bun- 

chalik darmonini quritib qo^ymaganda, dard uni 

yenga  olmasdi.  A’zoyi  badaniga joylashib  olgan

kun.



mikrob  bilan  olishishga  uning  kuchi  yetmadi. 

Oqibat, o'midan turolmay yotib qoldi.

«Modomiki, jonimni fido qilib kitob yozganim- 

dan,  hattoki  bir  kutubxona  kitob  yozganimdan 

nima ma’no chiqdi? -  deb  so'rardi u o‘zidan o‘zi.

-  Yo‘q, bu menga to‘g‘ri kelmaydi. Padariga la’nat 

adabiyotning! Mening peshanamga yozilgan nar­

sa -  kontorada yozuv-chizuv bilan shug4illanish, 

har oyda maosh olib, kichkinagina bir uyda Ruf 

bilan birga yashash».

Ikki kundan  keyin  Martin  ikki burda non bi­

lan bitta tuxum yedi va bir finjon choy ichib, shu 

vaqt ichida kelgan xat va gazetalarni olib kelishni 

iltimos qildi. Lekin ko‘zlari hamon sanchib og'rir, 

o'qishga qiynalardi.

-  Menga xatlarni  o‘qib  bering,  Mariya,  -   dedi 

u. -  Kattakon, qalin konvertlarni ochmang. Ular- 

ni  stol  ostiga  uloqtiring.  Faqat  kichik  konvert- 

lardagi xatlarni o'qing.

-   Maniki  bilmaydi,  -   deb  javob  qildi  ayol.  -  

Tereza biladi, u maktab boradi.

To'qqiz yoshlardagi qizcha -  Tereza Silva kon- 

vertlami  ochib  o'qiy  boshladi.  Martin  yozuv 

mashinkasi haqini  to lash  haqidagi qat’iy talab- 

nomani  parishonxotirlik  bilan  tingladi,  chunki 

boshi o‘ziga ish topish xayoli bilan band edi. Bir- 

dan uning qulog'iga shunday so'zlar chalindi:

«Agar biz taklif qilgan qisqartirish va 




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish