Martin Iden
329
di. U Martin talaffuz etayotgan so'zlami eshitar,
ma’nosiga ham tushunar edi, ammo uning na
quvonchiga, na qayglisiga sherik bolardi. Qiz
o‘z fikridan qaytmagan edi. Hikoyalar, jumallar
va muharrirlar uni kamdan-kam qiziqtirardi. U
faqat bir narsa to‘g‘risida: qachon Martin bilan
turmush qura olarkinmiz deb o'ylar edi. Rost,
buni Rufning o‘zi tushunmasdi, shuningdek,
Martinni «ishga joylashish»ga majbur etish istagi-
ning o‘zi unchalik tushunib yetmagan onalik ins-
tinktiga asoslanganini ham anglamasdi. Albatta,
agar bu gapni Rufning to‘g‘ri yuziga aytishsa, u
birinchidan, xijolat chekar, ikkinchidan, ach-
chig'i chiqib, niyatim faqat sevgilimga g‘amxo‘rlik
qilishdan iborat edi, deb aytgan bolardi. Lekin,
bunga qaramay, Ruf to Martin o‘zi tanlagan so-
hada erishgan birinchi muvaffaqiyatidan haya-
jonlanib Rufga dilidagi gaplami toldb solarkan,
qiz uning gaplariga quloq solsa ham, hech narsa
eshitmay, atrofiga alanglab, ko‘z oldidagi narsa-
larga hayron bolib o‘tirdi.
Ruf umrida birinchi marta qashshoqlik bi
lan yuzma-yuz to'qnashdi. Nazarida, muhabbat
bilan ochlik hamisha birga boladigan yuksak
narsadek tuyular, ammo ularning hayotda qan
day bolishini hech qachon tasawur qilmagan
edi. Har holda, u bunday manzaraning shohidi
bolishni otylamagan edi. Oshxonadan kirayot-
gan kirning qolansa hidi Rufning ko‘nglini behu-
zur qilardi. Modomiki, bu baxtiqaro ayol tez-tez
shunaqa kir yuvarkan, deb otyladi Ruf, unda bu
qolansa hid Martinning butun vujudiga singib
ketgan bolsa kerak. Qashshoqlik yuqumlidir.
330
Jek London
Atrof-muhitdagi iflosliklar Martinga yopishib qol-
ganday tuyula boshladi Rufga. Martinning о‘sib
ketgan soqoli (Ruf Martinning soqoli olinmagan
holda birinchi marta ko'rishi edi) qizda nafrat
uyg'otardi. Martinning iyagi va yonoqlaridagi tik-
kayib turgan tuklardan uning yuzi xuddi Silva-
ning kulbasi singari mudhish va iflos bolib tu-
yulardi, bu hoi esa Martindagi hayvoniy quwatni
Rufning ko‘ziga yanada bo'rttirib ko‘rsatardi. Ke-
lib-kelib shu paytda Martinning ikkita hikoyasi-
ni nashrga qabul qilishganini aytmaysizmi! Endi
u o‘zining bema’ni rejalariga qattiq yopishib ola-
di. Holbuki, yana ozgina vaqt o‘tganda, u taslim
bolib, xizmatga kirgan bolardi. Endi bolsa bu
mudhish kulbada och oliirib, yozuvchiligiga
mukkasidan sho‘ng‘ib ketadi.
- Nimaning hidi kelyapti? - deb so'radi birdan
Ruf.
- Kir hidi bolsa kerak. Mariya kir yuvyapti,
- deb javob qildi Martin. - Men bunga ko‘nikib
qolganman.
- Yo‘q, yo‘q, yana allaqanday, uyga o'tirib qol-
gan qolansa hid bor.
Martin javob berishdan oldin, havoni iskab
ko'rdi.
- Men tamaki hididan boshqa hech nima sez-
mayapman, - dedi u.
- Ha, balli. Qanday badboy. Nega endi bun-
chalik ko‘p chekasiz, Martin?
- O'zim ham hayronman. Yuragim siqilib ket
gan paytlarda ko‘proq chekaman. Umuman,
menga eskidan odat bolib qolgan. Men bolalik
chog'imdan cheka boshlaganman.
Martin Iden
331
- Yomon odat bu, - ta’naomuz dedi Ruf.
yerda nafas ham olib bolmaydi.
- Ayb tamakida. Men eng arzon papiros cheka-
man. Ozgina sabr qiling, qirq dollaming chekini
olay, farishtalar huzurida ham cheksa boladi-
gan tamakidan sotib olaman. Har holda, chakki
emas! Uch kun ichida ikkita qolyozmamni qabul
qilishdi. Shu qirq besh dollar bilan deyarli ham
ma qarzlarimdan uzilib olaman.
- Ikki yillik ishingiz evazigami? - deb so‘radi Ruf.
- Yo‘q, bu ishga bir haftadan ham ozroq vaqt
sarflaganman. Iltimos, anavi kul rang muqova-
li daftarchani uzatib yuborsangiz. Ana, stolning
burchagida yotibdi.
Martin daftarchani ochib, tez-tez varaqlay
boshladi.
- Ha, juda to‘g‘ri, «Qo‘ng‘iroq sadosi» to‘rt
kunda; «Girdob» ikki kunda yozilgan ekan. Bir
haftalik ish haqi qirq besh dollar. Oyiga bir yuz
sakson dollar! Bunday maoshni qaysi ishda topa
olardim? Bu hali xamir uchidan patir. Holbu
ki, sizni mukammal ta’minlashim uchun men
ga ming dollar kerak boladi. Besh yuz dollarli
maoshga ham men ko'nmagan bolardim. Ammo
boshda qirq besh dollar ham yomon emas. Izim-
ga tushib olishimga imkon bering. Ana o'shanda
hamma mo'rilardan tutun chiqarib yuboramiz.
Bu ibora Rufga bir vaqtlardagi suhbatni eslatdi.
- Siz hozir ham haddan ziyod tutatyapsiz, -
dedi u. - Gap tamakining sifatida emas... Che-
kishning o‘zi, nima chekayotganingizdan qat’i
nazar, bema’ni odat. Siz xuddi o‘ziyurar mo'rkon-
ga yoki jonli vulqonga o'xshaysiz. Bu dahshat!
Do'stlaringiz bilan baham: |