Martin Iden
335
koloniyada tropik bezgak bilan og'rib qolganini
eslayotgan edi.
- U yerga qanday borib qolgan edingiz? - deb
so'radi Ruf. Martinning o'ziga nisbatan о taket-
gan beparvoligi Rufga jinoyatdek tuyulgan edi.
- Tasodifan, - deb javob qildi Martin, - men
hech qanday moxovlar haqida o'ylaganim ham
yo‘q edi.
Bir kun kemadan qochdim-u, sohilga suzib
chiqib, o'zimga xatarsiz bir boshpana axtarib,
orolning ichkarisiga yol oldim. Men uch kun-
gacha guava mevasi, yowoyi olma, ban an, xul-
las, junglida nimaiki o‘ssa, shuni yeb yurdim.
To'rtinchi kuni bir so'qmoqqa chiqib qoldim. Tog'
tomonga qarab ketgan yol ustida yangi bosilgan
odam izi bor edi. Bir yerda so‘qmoq pichoqning
damidek o'tkir tog‘ qirrasidan o'tardi. U yerda
so'qmoqning kengligi uch futdan oshmasdi, ikki
tomonida esa chuqurligi bir necha yuz fut ke-
ladigan jar. Yaxshi qurollangan bitta odam bu
yerda yuz ming kishilik qo‘shinning hujumini
qaytarishi mumkin edi. Orol ichkarisiga boradi-
gan birdan-bir yol shu edi. Uch soatlardan keyin
men uyulib-uyulib yotgan sovuq vulqon lavalari
orasidagi kichik bir vodiyga tushdim. U yerda
meva daraxtlari va yetti-sakkizta qamish kulba
bor edi. Bu yerning aholisiga ko'zim tushishi bi
lan, qayerga kelib qolganimni payqadim. Bir qa-
rashning o‘zi kifoya edi.
Misoli Dezdemonadek dahshatga kelgan, lekin
sehrlangandek hang-mang bolib qolgan Ruf bu
gaplarni eshitib so'radi:
- Siz nima qildingiz?
336
Jek London
-
Qolimdan nima ham kelardi? Ularning
boshlig'i boshdan-oyoq moxov kemirib tashla-
gan bir oqko‘ngil chol ekan: u haqiqiy qiroldek
hukmronlik qilarkan. Bu vodiyni topgan ham,
bu yerda koloniya tashkil qilgan ham shu ekan;
lekin, o‘z-o‘zidan malumki, bu g'ayriqonuniy ish
edi. Ularning miltiqlari va o‘qlari bor edi; aytgan-
dek, kanakilar nihoyatda usta mergan boladilar.
Ular to‘ng‘iz va yowoyi mushuklami ov qilishga
odatlangan ekanlar. Demoqchimanki, qochishni
xayolga ham keltirish mumkin emas edi. Oqibat,
Martin Idenga o‘sha yerda uch oy qolib ketishiga
to‘g‘ri keldi.
- Lekin qanday qilib qochib qutuldingiz?
- Agar yarim xitoy, chorak oq tan va chorak
gavayilik bir qiz bolmaganda, hali ham o‘sha
yerda yotgan bolardim. U sho'rlik juda go‘zal va
buning ustiga yana savodli edi. Onasining Go-
nululuda kamida bir millionlik davlati bor edi.
Ana shu qiz axir bir kun meni balodan qutqar-
di. Bilasizmi, uning onasi koloniyani pul bilan
ta’minlab turardi, shuning uchun ham jazoga
tortishlaridan qo'rqmasdi. Lekin qiz bu makonni
hech kimga ochmaslik haqida menga ont ichirdi.
Men ham ontimga sodiq qoldim. Hozir men bu
haqda birinchi marta gapiryapman. O'sha payt
da bechora qizda moxov kasalining eng birin
chi nishonalan endi paydo bola boshlagan edi.
0 ‘ng qolining barmoqlari irib tushib ketgan va
tirsagidan yuqoriroqda kichkinagina dog‘ paydo
bolgan edi. Hozir olgan bolsa kerak.
—
Qanday qilib qo‘rqmadingiz? Yaxshiyamki,
bu dahshatli kasalni o'zingizga yuqtirmabsiz!
Martin Iden
337
- Awaliga juda qiynaldim, - deb e’
Martin. - Lekin keyinchalik ko'nikib qoldim.
Buning ustiga o'sha baxtiqaro qizga juda rah-
mim keldi, natijada o‘zimni ehtiyot qilishim ke-
rakligini ham unutib qoldim. U ham ruhan,
ham jisman shunday go'zal qiz, kasallik unga
endigina o‘tgan edi. Qizning o‘zi ham endi hech
qachon inson yuzini ko‘rmaslikka va ibtidoiy yov-
voyi odamlarga o'xshab hayot kechirib, tadrijiy
ravishda tiriklayin chirishga mahkum etilganini
bilardi. Bu moxov kasalining naqadar dahshat
ekanligini siz hatto tasawur ham qila olmaysiz.
- Bechora qiz! - deb ingradi Ruf. - Shunday
bolsa ham sizni qo“yib yuborgani taajjubli hoi.
- Nega? - deb so'radi Martin tushunmay.
- Chunki u qiz sizni sevgan bolsa kerak, - deb
gapida davom etdi Ruf hamon past ovozda. -
Qani, ochiglni aytavering: sevarmidi?
Martinning oftobda qoraygan yuzlari kirxona-
da ishlaganidan va tarki dunyo qilib yashagani-
dan, keyingi paytlarda esa, ochlik va xastalik-
dan oqarib ketgan edi; endi, ana shu rangpar
chehrasiga xiyolgina qizillik yugura boshladi. U
javob bergani endi og‘iz juftlagan edi, Ruf uning
oldini oldi.
- O, o'tinaman, javob bermang! Javobga hojat
yo‘q! - dedi qiz kulib.
Lekin Rufning kulgisida allaqanday qat’iylik
ohangi sezilganday, ko'zlari sovuq yaraqlab ket-
ganday boldi. Shunda, bir vaqtlar Tinch okeani-
ning shimoliy qismida bo'ronga duch kelgani esi-
ga tushdi. Uning ko‘z oldida bir ongagina sovuq
oy shu Iasi bilan yoritilgan dahshatli tolqinlar
tirof etdi
338
J e k ‘ London
manzarasi namoyon boldi. Buning ketidan ko'zi-
ga moxovlar koloniyasidagi qiz ko'rindi va Martin,
u qiz aynan meni sevganligi uchun qochishimga
imkon tug‘dirgan, deb oyiadi. Lekin:
-
U oliyjanob qiz edi, - dedi soddagina qilib, -
shuning uchun meni olimdan qutqarib qoldi.
Shu bilan masala ravshan boldi hisob edi,
lekin Martin birdan piq-piq yig‘i ovozini eshitib
qoldi-yu, Ruf yuzini teskari o‘girib, derazaga qa-
rab turganini ko‘rdi. Qiz yana Martinga o'girilib
qaraganida, uning chehrasida dengiz bo'ronini
eslatuvchi hech qanday alomat qolmagan edi.
-
Judayam tentakman-da, - dedi Ruf o‘zidan
yozglrib, - lekin o‘zimni tuta olmayman. Sizni
judayam yaxshi ko'raman, Martin, judayam.
Ehtimol, bora-bora ko‘nikib qolarman, lekin ho
zir sizni beixtiyor olmishdagi har bir sharpaga
rashk qilaman. Sizning o‘tmishingizda esa shar-
palar ko‘p bolgan!.. Rost, rost, bolmay iloji ham
yo‘q edi. - U Martinning e’tiroz bildirishiga im
kon bermay, tez-tez gapira boshladi. - Ana, Artur
ham meni imlab chaqiryapti. Kutish bechoraning
joniga tegdi. Xayr, azizim. Chekishni tashlashga
yordam beradigan qandaydir bir dori bor, — dedi
Ruf eshik oldiga borganida, - sizga berib yubo-
raman.
Ruf xonadan chiqib, eshikni yopdi, keyin yana
qiya ochib:
—
Sevaman, sevaman, - deb pichirladi-da,
shundan keyingina uydan chiqib ketdi.
Mariya Rufni faytonga izzat-ehtirom bilan ku-
zatib qoVarkan, yol-yolakay, uning kiyimini ba-
tafsil ko‘zdan kechirib chiqdi. (Mariya hech qa-
Martin Iden>\->
339
chon bunaqa bichimdagi kiyimni ко'
shuning uchun kiyim nihoyatda bejirim bolib
tuyuldi unga. Fayton muyulishda ko'zdan g'oyib
bolguncha bir gala bola hafsalasi pir bolib qa
rab turdi. Undan keyingi daqiqada hammaning
diqqati Mariyaga qaratildi; u birdan butun kvar-
talda eng e’tiborli kimsa bolib qolgan edi. Biroq
uning o‘z churvaqalaridan qaysiyam biri, asilzo-
da mehmonlarning onasi oldiga emas, uylarida
turadigan kishining oldiga kelganini aytib, ish
ni pachava qilib qo“ydi. Shundan keyin Mariya
yana hech e’tibori yo'q odam ahvoliga tushib qol
di, lekin Martin qo'ni-qo'shnilaming o'ziga zo'r
ehtirom ko'rsata boshlaganini his qildi. Mariya-
ning oldida uning obro'si juda oshdi, lekin boyagi
ajoyib faytonni baqqol ham ko'rganda, Martinga
yana uch dollaru sakson besh sentlik mol nasi-
yaga berishi shubhasiz edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |