Martin Iden
327
haftalardan keyin (shu muddat ichida Nyu-
dan chek yetib kelishi kerak edi) kostyumini so
tib olib, o‘sha kuniyoq uning huzurida bolishini
yozdi.
Lekin Ruf ikki haftagacha kutib o'tirishni is-
tamadi. Axir uning sevgilisi kasal yotibdi-ku. U
ertasi kuniyoq Artur bilan birga faytonda ye
tib keldi; bu tashrif Silvaning bolalarini va te-
varak-atrofdagi bolalarni quvontirib, Mariyani
qattiq sarosimaga solib qo^di. Mariya bu g‘ayri-
oddiy mehmonlarni o‘rab olgan bolalariga sha-
paloq urdi, tilni nihoyat darajada buzib, kiyim-
boshining isqirtligi uchun uzr so‘radi. Uning
qollarida sovun ko‘pigi qotib qolgan edi, oldiga
fartuk o‘rnida tutib olgan hoi chipta mehmon-
larga bu ayolning qanday ish bilan shug4illa-
nayotganini aniq aytib turardi. Faytonda kelib,
uyida turuvchi yigitni so'rayotgan bu yaxshi ki-
yingan yoshlar Mariyani shu qadar esankiratib
qo^diki, hatto ularni o‘zining kichkinagina meh-
monxonasiga taklif etishni ham unutib qo^di.
Martinning xonasiga kirish uchun, olam-jahon
kir yuvilganidan bug'ga tolgan hammomdek is-
siq oshxonadan otishga to‘g‘ri keldi. Mariya ha-
yajonlanganidan xona eshigi bilan shkaf eshik-
chasini ochib-yopishdek murakkab ishni hech
bajara olmasdi, natijada, bemoming xonasi
pag‘a-pag‘a kirgan bug', mag'zava va kir kijdmlar
hidiga to lib ketdi.
Ruf epchillik bilan o‘ngga burildi, keyin chap-
ga, keyin yana o'ngga burildi-da, Martinning stoli
bilan karavoti oralig'idagi torgina oraliqdan o‘tdi.
Artur unchalik ehtiyotkor bolmagani uchun,
328
Jek London
oshxona vazifasini otovchi burchakdagi xurma-
cha va tovalami taraqlatib tushirib yubordi. Un
dan keyin, Artur xonada uncha uzoq turmadi.
Bitta-yu bitta kursiga Ruf o'tirdi, akasi esa o‘z
vazifamni о‘tab boldim deb hisoblab, ko‘cha
eshik oldiga chiqdi, u yerda Arturga juda ham
qiziqqan Silvaning bir gala bolalari darhol uning
atrofini o‘rab olishdi. Butun mahalla bolalari
fayton atrofida o'ralashib yurishardi; ular bi-
ronta dahshatli hodisa roy berishini kutishardi.
Bu yoqlarda faytonlar faqat toy yoki aza kunlari
paydo bolardi; ammo hozir hech kim uylangani
ham, olgani ham yo‘q, demak, bironta kutilma-
gan mo jar о yuz berishi muqarrar.
Martin shu kunlarda muttasil Rufni qo‘msab
iztirob chekardi. Qalbi otashin muhabbat bilan
yongan bu yigit bironta hamdard kishiga, shun-
chaki oddiy hamdard emas, balki uning qalbi
ni tushunadigan samimiy va mehribon odamga
muhtoj edi; lekin Ruf, uning, ya’ni Martin Iden-
ning orzularini tushungani uchun emas, bal
ki, tabiatan rahmdil bolgani uchun g‘amxo‘rlik
qilayotganini Martin hali tushunmasdi. Martin
Rufning qolidan ushlab, u bilan gaplashib o‘ti-
rarkan, qiz muhabbatga berilib, uning qolini
mehribonlik bilan siqib javob qilar va yosh tola
ko'zlanni uning choltib, bir holatda bolib qolgan
yonoqlanga tikar, sho'rlik naqadar baxtsiz va be-
chora deb oyiardi.
Martin «Transkontinental oylik jurnali»dan
xat olib, qanday umidsizlikka tushganini va «Oq
sichqon»ning taklifidan naqadar sevinganini sho-
sha-pisha gapirdi, lekin Ruf bunga e’tibor qilma-
Do'stlaringiz bilan baham: |