316
Jek London
ekan-da. Hammasi puchak gaplar ekan, Mar
tin esa laqqa tushib ishonib yuribdi. Buni ilgari
bilganida yozmagan bolardi. Ishga kirardi - Ruf
uchun ishlardi. U qanchadan-qancha vaqtini
yozuv ishiga sarflaganini o^lab, sochlari tikka
boldi. Shuncha urinishlari, faqat o'nta so‘zga bir
sentdan haq olish uchun ekan-da! Gazetalarda
yozilishicha, yozuvchilar uchun yaratilgan bosh
qa ajoyib imkoniyatlar va boshlariga yogllayot-
gan izzat-hurmatlaming hammasi ham, bundan
chiqdi gazetachilaming uydirmalari ekan-da.
Yozuvchilik kasbi haqidagi boshqa odamlardan
eshitgan gaplaming hammasi noto‘g‘ri chiqdi.
Mana da1-': «Transkontinental oylik jumali»ning
bir soni _ igirma besh sent turadi, uning chiroyli
muqovada chiqishi eng yaxshi jumallardan biri
ekanligidan dalolat beradi. Bu Martin Iden tug‘il-
masdan ancha ilgari chiqa boshlagan ко Tina va
baobro' jumal edi. Uning ;muqovasida hamisha
butun dunyoga mashhur bolgan bir yozuvchi-
ning «Transkontinental oylik jumali»ning buyuk
vazifalan haqida aytgan hikmatli gapi bosilib
chiqadi; mazkur mashhur adib о‘zinin g faoliyatini
shu jumal sahifalarida boshlagan edi. Kelib-ke-
lib, mana shu buyuk vazifalardan ilhomlangan
jumal besh ming so‘zga besh dollar tolamoqchi!
Shu payt, Martinning esiga o‘sha hikmatli gap
muallifining begona yurtda qashshoqlikda vafot
etgani tushib qoldi-yu, buning hech taajjub qila-
digan yeri yo‘q, degan qarorga keldi.
Ha. Uni laqillatishgan. Gazetalar yozuvchilar-
ning gonorarlan haqida rosa vaysashgan ekan,
и esa shu tufayli ikki yil vaqtini bekor о‘tkazib
Martin Iden
317
yubordi! Endi yetar. Endi u bir satr ham
di! U Rufning xohishiga, atrofidagi odamlaming
xohishiga qarab ish tutadi - ishga kiradi. Birdan
Martinning esiga Jo - allaqayerlarda, bekorchilik
yurtida daydib yurgan Jo tushib qoldi. Martin
ning unga havasi kelib, xo'rsinib qoydi. Kundalik
o‘n to'qqiz soatlik ish birdan o‘z ta’sirini ko'rsat-
di. Lekin Jo oshiq emas, muhabbat yuklagan
mas’uliyatdan xoli edi-da, shunga ko‘ra, bekor
yurib, olamni kezishi mumkin edi. Lekin Mar
tin nima maqsadda ishlashini biladi, shuning
uchun ham u ishlaydi. Ertagayoq tongdan turib
ish qidira boshlaydi, ertagayoq Rufning oldiga
borib, turmush tarzini о‘zgartirmoqchi bolgani-
ni, otasining kontorasiga ishga kirishga tayyor
ekanligini aytadi.
Besh ming so‘zga besh dollar, o‘n so‘zga bir sent
- san’atning bozordagi bahosi mana shu! Buning
zamirida yotgan adolatsizlik, boliton, razolat
Martinga orom bermasdi. 3.85 raqami (baqqol-
ga qarzi), yumuq bolsa ham, ko'zlariga ko'rinib
o'rtab yuborardi. Martinning eti uvusha, suyak-
lari zirqirab og‘riy boshladi. Ayniqsa, beli sirqi-
rardi. Uning boshi ham, ensasi ham og‘rir, hatto
bosh chanogl ostida miyasining o‘zi ham og'riyot-
ganday tuyulardi; ayniqsa, peshanasining og'ri-
ganiga chidab bolmasdi. Ko'zi oldida esa, hamon
o'sha shafqatsiz, beomon 3.85 raqami yaraqlab
turardi. Martin bu g'ashga teguvchi sharpadan
xalos bolish uchun ko'zini ochgan edi, lekin qu-
yoshning yorqin shulasi qattiq og'ritib yubordi;
yana ko'zini yumib olgan edi, 3.85 raqami awal-
gidek yaraqlab ko‘rina boshladi.
yozmay-
Do'stlaringiz bilan baham: |