20 Triolet - 8 qatorli she’r.
340
Jek London
zasht qissasini ham «Yoshlik va yetuklik» nomli
oylik jum al qabul qildi. To‘g‘ri, qissada yigirma
bir ming so‘z bolishiga qaramay, unga bor-yo‘g‘i
o‘n olti dollar taklif qilishayotgan edi; bu esa har
ming so‘z taxminan yetmish besh sentdan tu-
shadi degan gap edi, shu pulni ham, qissa chop
qilingandan so‘ng tolashmoqchi edi, lekin bu
asar Martinning adabiyot sohasidagi ikkinchi
urinishi edi, xolos; asardagi kamchiliklar hozir
Martinning o‘ziga ham yaqqol ko'rinib turardi.
Shuni ham aytish kerakki, uning eng dast-
labki asarlarini ham jo‘n asar deb bolmasdi.
Bu asarlarda haddan ziyod kuch - chumchuqni
to‘p otib urib tushirishga ham tayyor bolgan
havaskor yozuvchining yeru kolcka sig'may-
digan kuch-qudrati bor edi. Martin dastlabki
asarlarini arzon-garov bolsa ham pullay ol-
ganidan xursand edi. U mazkur asarlarining
qiymatini bilardi, buning uchun unchalik ko‘p
vaqt ham kerak bolmadi. Butun umidi so'nggi
asarlaridan edi. U jumallarda bosilayotgan hi-
koya va qissalarning muallifidan ko‘ra ulug'roq
siymo bolishni orzu qilardi. U chinakam san’at-
kor ega bolgan jamiki usullarni o‘zlashtirish-
ga intilardi. Lekin kuchini bekorga sarflashni
istamasdi. Bil’aks, kuchni jilovlashga o'rganib
olib, yana ham ko'proq kuch yiglshga urinardi.
Shu bilan birga, uning realizmga bolgan meh-
ri ham so'nmadi. U o'zining hamma asarlarida
realizmni xayol bilan, xayol yaratgan go'zallik
bilan birlashtirishga urinardi. U realizmga, in-
songa va uning orzulariga ishongan ilhombaxsh
realizmga intilardi. U hayotni boricha aks etti-
Martin Iden
341
rishni, notinch ko'ngil intilishlarini
istardi.
Martin mutolaa qilib, ikkita adabiy mak
tab mavjudligini aniqladi. Ulardan biri insonni,
uning haqiqiy tabiatini mutlaqo nazarga olma-
gan holda, qandaydir bir ilohiyat deb tasvirlasa,
ikkinchisi aksincha, odamni faqat hayvon deb
tasvirlar, uning ma’naviy orzularini va buyuk
imkoniyatlarini tan olishni istamasdi. Martin na
u va na bu yolning ко ‘rsatmalariga amal qilar-
di, chunki ularni haddan tashqari bir yoqlama
talim, deb hisoblardi. Uning fikricha, haqiqat
ularning o‘rtasida edi, «ilohiy» maktab haqiqat-
dan qanchalik yiroq bolsa, «vahshiy» maktab
ham, o'zining hayvoniyligi bilan unga aslo yaqin-
lashmas edi.
Martin bir vaqtlar Rufga manzur qila olmagan
«Sarguzasht» hikoyasida o‘zining badiiy haqiqat
haqidagi orzusini amalga oshirishga urinib
ko‘rdi, «Xudo va hayvon» maqolasida esa shu
masalaga doir bolgan o‘z nazariy mulohazalarini
bay on qildi.
Lekin «Sarguzasht» va o‘zi eng yaxshi deb hi-
soblagan boshqa hikoyalari tahririyatlarda sar-
son yurardi, Martin o'zining ilk asarlariga e’tibor
bermas, faqat ular uchun olayotgan gonorarga
xursand edi; u «dahshatli» hikoyalarini ham un-
chalik qadrlamasdi, holbuki, ulardan ikkitasi-
ni yaqinginada jumalda bosishga qabul etish-
gan edi. Bu hikoyalar boshdan-oyoq uydirma
bolib, Martin ularga zohiran reallik tusini ber-
gan edi, hikoyalarning kuchi ham ana shunda
edi. Bema’ni va aql bovar qilmaydigan narsani
tasvirlashni
342
Jek London
haqiqatga o'xshatib tasvirlashni Martin mohiro-
na nayrangbozlik deb hisoblardi, vassalom. Bun-
day asarlaming buyuk adabiyotga hech bir daxli
yo‘q edi. U asarlaming badiiy ifodasi kuchli boli-
shi mumkin edi, lekin Martin hayotiy haqiqatdan
ajralib turgan badiiy mahoratni qadrlamasdi.
Nayrangbozlikning mohiyati uydirmaga jonli
hayot niqobini kiydirishdan iborat edi va Mar
tin «Sarguzasht», «Quvonch», «Qozon» va «Hayot
sharobi» kabi asarlari saviyasiga ко‘tarilmasidan
oldin, besh-oltita «dahshatli» hikoyalarida shu
usulga amal qilgan edi.
To «Oq sichqon»dan chek kelguncha triolet-
lar uchun olingan uch dollar bilan bir amallab
кип ко‘rib turish mumkin edi. Martin shubha
bilan qarab turgan portugaliyalik baqqoldan uch
dollarlik chekni maydalatib oldi-da, uning o‘zi-
ga qarzi yuzasidan bir dollar berdi, qolgan ikki
dollami nowoy bilan sabzavotfurushga bolib
berdi. U hali go‘sht yeydigan darajada boy emas
edi, shuning uchun to orziqib kutilgan chek ye-
tib kelguncha, bir amallab ochin-to'qin kun ke-
chirib yurdi. «Oq sichqon»dan chek kelganida,
Martin nima qilishini bilmay, esankirab qoldi. U
umrida biron marta ham bankda bolgan emas,
pul masalasida bolsa inchunun, shu sababdan,
hozir albatta Oklenddagi ylrik banklardan biriga
borib, qirq dollarlik chekini pul beriladigan tuy-
nukka mensimaslik bilan tashlash kabi go‘dak-
larga xos bir istak tug'ildi. Lekin aqli shaytonga
hay berib, chekni baqqoldan maydalab olishga
va shu bilan о z obro sini oshirishga da’vat etdi,
>u hoi, keyinchalik, yana zarur bolib qolgan-
Martin Iden
343
Do'stlaringiz bilan baham: |