Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

^

5

.

aytishga  sira



268

Jek  London

kan, -  negaki siz... Axir siz matros bolgansiz-ku, 

matroslar esa, men bilaman...

Ruf indamay qoldi.

-  Har qaysi portda xotin olishga odatlanib qo- 

lishgan,  -   deb  Rufning  gapini  tugalladi  Martin.

-  Siz shunday demoqchimidingiz?

-  Ha, -  deb ohistagina javob qildi qiz.

-   Lekin  u  muhabbat  emas-ku,  -   deb  qat’iyat 

bilan e’tiroz bildirdi Martin. -  Men ko‘p portlarda 

boldim,  lekin  to  sizni  uchratgunimcha muhab­

batga  o‘xshaydigan  hech  qanday  hisni  boshim- 

dan  kechirmadim.  Bilasizmi,  birinchi  marta 

sizning  uyingizdan  qaytayotganimda,  meni  sal 

bolmasa tutib olib ketishmoqchi bolishgan edi.

-  Nega tutishadi?

-  Nega bolardi. Polismen meni mast deb o“yla- 

di.  Men  chindan  ham  mast  edim...  muhabbat- 

dan mast edim!

-  Lekin  biz  mavzudan  chetlab  ketdik.  Siz  ik- 

kalamiz ham go'dakmiz deb aytdingiz, men esam 

bu mumkin emas  dedim.  Gap mana shu haqda 

borayotgan edi.

-   Ilgari  hech  kimni  sevmaganman  deb  ayt- 

dim-ku,  -   e’tiroz  bildirdi  Martin,  -   siz  mening 

birinchi, eng birinchi sevgilimsiz.

-  Baribir matros bolgansiz, - deb takidlardi qiz.

-  Shunga qaramay, birinchi marta sizni sevdim.

-  Durust,  lekin  ayollar...  boshqa ayollar ham 

bolgan-ku!..  O! - shunda Ruf Martinni qattiq ta- 

ajjubga qo'yib, birdan yum-yum yiglay boshladi, 

uni yupatish uchun ozmuncha bo‘sa olinmadi.

Martinning esiga beixtiyor Kiplingning so'zlari 

keldi:  «Lekin  asilzoda  ledi  bilan  Judi  O’Gredi




Martin  Iden

269

boshqa  jihatlardan  baravar  edilar». 

ganda,  bu  to‘g‘ri  fikr,  deb  o^ladi  Martin,  hol- 

buki,  u  o'qigan  romanlar boshqacha fikr yurit- 

ishga  majbur  etardi.  Shu  romanlar  asosida,  u 

yuqori  tabaqaga  mansub  bolgan  ayol  kishiga 

musharraf bolishning birdan-bir yoli -  rasmiy 

ravishda  uylanishni  taklif  qilish  deb  tasawur 

qila  boshladi.  0 ‘zi  о‘sib  katta  bolgan  muhitda 

yigit  va  qizlar  uchun  о‘pish  va  quchoqlashlar 

oddiy bir hoi edi. Lekin yuqori sinfning nazokat- 

li  namoyandalari  orasida  bu  tarzda  muhab- 

bat  izhor  etish  Martinning  nazarida  mumkin 

bolmagan  bir  holday  tuyulgan  edi.  Bundan 

chiqdi,  romanlarda  yolg‘on  yozilgan  ekan.  Bu 

fikr hozir isbotlandi. Bir xildagi so‘zsiz navozish, 

ham qashshoq ishchi ayollarga,  ham yuqori ta- 

baqa  qizlariga  bir  xilda  ta’sir  etishi  mumkin 

ekan.  Ularning mavqelari bir-biriga o‘xshamasa 

ham,  «boshqa jihatlardan barobar»  edilar.  Agar 

u Gerbert Spenserni eslaganida edi, bu fikr o‘zi- 

ning ham xayoliga kelgan bolardi. Shunga ko‘ra 

Martin Rufni navozish va bo'salar bilan yupatar 

ekan, asilzoda ledi bilan Juda O’Gredi, aslini ol- 

ganda,  har jihatdan  barobar,  degan  fikrga jon 

deb qo'shildi. Bu fikr Rufni unga yaqinlashtirar, 

unga muyassar bolishni yengillashtirardi.  Ruf­

ning  chiroyli  badani  ham  boshqa  odamlarning 

badaniga  o'xshardi..  Ularning  er-xotin  bolish- 

lari  uchun  g‘ayriixtiyoriy  hech  narsa  yo‘q  edi. 

Ular  o'rtasida  birdan-bir  farq  sinfiy  farq  edi, 

ammo bu ham ochiglni aytganda,  faqat zohiriy 

farq edi. Bunga parvo qilmasa ham bolardi. Axir 

Martin qirmizi rang shohona libos  kiyish  dara-

Aslini  ol-



270

Jek  London

jasigacha ko'tarilgan rumolik bir qul haqida ki- 

tobda  o'qigan  edi-ku.  Nega  endi  u  ham  Rufga 

musharraf bolish darajasiga ko'tarila olmasin? 

Ruf nechoglik sof,  ma’suma,  o‘qimishli va taTDi 

nozik qiz bolmasin,  baribir,  u  Lizi Konolli kabi 

va  dunyodagi jamiki  lizzi  konollilar  kabi  oddiy 

bir  ayol.  Ularga  xos  bolgan  hamma  xususiyat 

Rufga  ham  xos  edi.  Ruf  sevishi,  nafratlanishi 

mumkin  edi,  ehtimol,  jazavasi  tutib,  to‘polon 

qilgan paytlari ham bolgandir; nihoyat, u rashk 

qila  olar,  Martinning  har  bir  portdagi  oYrtash- 

larini o^lab, halitdan rashk qila boshladi ham.

-   Bundan  tashqari,  men  sizdan  kattaman,  -  

dedi birdan Ruf Martinning ko‘ziga tikilib, -  men 

sizdan uch yosh kattaman.

-  Shunday bolsa ham, bolasiz. Hayotiy tajriba- 

ga boylikda men sizdan uch emas, ottiz uch yosh 

kattaman, -  deb e’tiroz bildirdi Martin.

Haqiqatda  esa,  muhabbat  bobida  ulaming 

ikkovi ham hali go‘dak edilar;  Rufning universi- 

tet diplomi,  ilmiy darajasini,  Martinning falsafiy 

malumoti va  mashaqqatli  hayot  tajribasiga  qa- 

ramay,  ular o‘z  tuyg'ularini go‘daklarga o'xshab 

no'noqlik  va  soddadillik  bilan  bayon  etardilar. 

Ular botib borayotgan  quyosh nurlari  og'ushida 

xuddi  haqiqiy  oshiq-ma’shuqalarday  suhbatla- 

shib o'tirishardi; muhabbatning va ularni bir-bi- 

riga  qovushtirgan  taqdirning  qudratli  mo'jizasi- 

dan  taajjublanishar,  bir-birlarini  hali  dunyoda 

hech  kirn  muyassar  bolmagan  eng  kuchli  mu­

habbat  bilan  sevishlariga  ishonishar  edi.  Ular 

muttasil o‘zlarining ilk uchrashuvlarini eslashar, 

bir-birlaridan olgan taassurotlarini qayta tiklash-




Martin Iden

271

ga, o‘sha paytda nima o'ylashganini, 

qilishganini aniq eslashga urinishardi.

G'arbdagi  bulutlar  botib  borayotgan  quyosh- 

ni  yutib  yubordi.  Ufq  alvon  rangga  kirdi,  te- 

varak-atrof ham  shu  alvon  rangga burkandi va 

Ruf «Alvido, baxtiyor kun» deb ohista ashula ayta 

boshladi.  U  boshini  Martinning yelkasiga qotyib 

kuylar, qollari esa Martinning qollarida edi, shu 

chog‘ ikkovlari ham bir-birlarining qalblarini o‘z 

qollarida ushlab turar edilar.


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish