14 Rumpel - rul richagi.
15 Grotashkot - kemada yelkanning pastki uchi bog‘-
lanadigan joy.
yangisi kelib ketdi-yu, bu istagiga o‘zi ham tu-
shunib ulgurmay, itoatkorlik bilan yigit tomonga
egildi. Balki bunga qayiqning chayqalishi sabab
bolgandir? Ruf buni bilmasdi. U keyin ham hech
qachon buni bilolmadi. U faqat Martinga suyan-
ganini va endi o'zini yaxshi, xotiijam his etayot-
ganini bilardi. Mayli, hammasiga qayiqning chay-
qalishi sababchi deb ham faraz qilaylik, ammo
Ruf Martindan chetlanishni istamasdi. U yigit
ning yelkasiga ohista bosh qo^di, Martin qizning
qulayroq ottinshi uchun vaziyatni о‘zgartirganda
ham nari surilmadi.
Bu telbalik edi, lekin Ruf hech nima to‘g‘risida
o'ylashm istamasdi. U ayol edi, ayollarning su-
yanishga bolgan ehtiyoji uni shunga da’vat etar-
di; to‘g‘ri, u Martinga sezilar-sezilmas suyangan
edi, ammo shunga qaramay, ehtiyoj qondirildi.
Rufdagi horglnlikdan asar ham qolmadi. Martin
lol edi. U sehmi buzib yuborishdan qo‘rqardi. Bu
sehr uning sipoligi va hurkakligi tufayli hamon
davom etardi, lekin Martinning boshi aylanib,
fikrlan chalkashib ketdi. Nima bolayotganini
hech tushuna olmasdi. Bu nihoyatda fusun-
kor hoi edi, ammo bunday holat o‘ngida boli-
shi mumkin emas edi. U shkot bilan rumpelni
qo'yib yuborib, Rufni bag'riga bosib quchoqlash
istagini zo r-bazo r bosdi. Agar shunday qilsa,
ishning pachavasi chiqishim beixtiyor his qilar
va qollari band bolgani uchun xayolan taqdirga
shukrona о qirdi. Biroq u qayiqni faqat shamol
ixtiyoriga topshirish uchun, hech uyalib-netib
o'tirmay yelkanni bo'shatib yubordi-da, atay-
lab qayiqning suzishini sekinlatdi. Shamolning
258
Jek London
----------------------------------------------
Martin Iden
259
yo'nalishi o'zgargan chog‘da u ham joyini o‘
tirishi kerak bolardi, natijada ikkovlari o'rtasi-
dagi yaqinlik yo'qolardi. Bu tadbirlaming ham-
masini bahslashib o'tirgan hamrohlar ko'nglida
hech qanday shubha uyg'otmay, mohirlik bilan
bajarardi. Shu payt u dengiz, qayiq va shamolni
o‘z izmiga sola olishga o'rgatib, bu jozibali oydin
kechada, sevgilisi bilan o‘zi o'rtasidagi yaqinlikni
cho‘zishga imkon bergan uzoq yillik mashaqqatli
matroslik hayotiga tashakkur o‘qidi.
Injudek yarqiragan oy o‘z shu Iasi bilan ular
ni yoritganda Ruf Martindan nariroqqa surildi,
Martinning ham aynan shunday xarakat qil-
ganini sezdi. Ikkovlari ham buni boshqalardan
yashirmoqchi edilar. Bu ulaming siri bolib qoli-
shi kerak edi. Ruf endi ikki yuzi lov-lov yonib
chekkaroqda o'tirar, nima hoi yuz berganini u
hozirgina anglagan edi. U shunday bir ish qilib
qotygan ediki, uni akalariga ham, Olniga ham
sezdirishni istamasdi. Bunga qanday jur’at etdiy-
kin? U ilgarilari ham juda ko‘p marta oydin ke
chada yosh yigitlar bilan qayiqda suzgan, ammo
hech qachon bunday hodisa roty bermagan edi.
Hatto, bunaqa istak tugllmagan ham edi unda.
Qiz uyg‘onib kelayotgan bu ayollik tuyg4isidan
xijolat tortar va qo'rqardi. U Martinga o‘g‘rincha
qarab qotydi. Martin bu payt shamol yo'nalishi-
ni o'zgartirish bilan band edi; shunda Ruf, o‘zi-
ni bunday bemulohaza va behayo yolga bosh-
lagan Martindan nafratlanishga ham tayyor
edi. Ha, uni shu yolga boshlagan Martin Iden
edi! Balki onasi haqdir, chindan ham juda tez-
tez uchrashyaptilar. Ruf shu zahotiyoq, endi
zgar-
260
Jek London
Ш 5 *
bu hech qachon takrorlanmaydi, degan qat’iy
qarorga keldi. Bundan buyon u bilan kamroq
uchrashishga harakat qiladi. Qizning ko'ngliga
hatto, kezi kelganda, qayiqning chayqalishidan
behuzur bolib, oy chiqish oldidan o'zimni yomon
his qildim deb yolg'on aytsammikin, degan be-
ma’ni fikr ham keldi. Lekin sirni fosh etuvchi oy
bosh ko'tarishi bilan, bir-birlaridan nari burilib
o'tirishganini esladi-yu, Martinning bu bahona-
ga ishonmasligini tushundi.
Bundan keyingi kunlarda Ruf boshi gangib
yurdi; u o‘z hislarini tahlil qilishni istamadi, o‘ziga
nima bolganini va bundan keyin nima bolishini
oyLamay qo*ydi, u bezgak tutganday qaltirab, ta-
biatning goh dahshatli, goh fusunkor sirli da’vati-
ga quloq solardi. Lekin bir narsaga qat’iy qaror
qildi-yu, ana shu qarori unga ishonch baglsh-
ladi: Martinning muhabbat izhor etishiga imkon
bermaslik kerak. Martin muhabbatdan so‘z och-
masa, olam guliston. Bir necha kundan keyin u
dengiz safariga jo‘nab ketadi. Agar bordi-yu, ishq
haqida og‘iz ochsa ham, hech nima bolmaydi.
Axir Ruf uni sevmaydi-ku. To‘g‘ri, o‘sha yarim
soatlik vaqt Martin uchun juda qiyin, qiz uchun
ancha mushkul boladi, chunki Ruf umrida bi
rinchi marta muhabbat izhor qilayotganlarini
eshitadi. Yolg'iz shy fikming o'zidan yuragi qu-
vonchga toldi. U haqiqiy ayol boldi, erkak unga
muhabbat izhor qilyapti. Uning jismidagi jamiki
ayollik xislatlari erkakning da’vatiga «labbay» deb
javob berishga tayyor edi. Butun vujudi jimir-
lab ketdi, miyasida hamon bir fikr, xuddi chiroq
atrofida uchgan parvona yanglig* zo‘r berib ayla-
Martin Iden
261
nardi. U xayolga juda berilib ketib, Martinning
unga rasmiy suratda muhabbat izhor etishini
tasawur qila boshladi; qiz Martinni gapirtirib,
o‘zi unga takror-takror rad javobini berardi, rad
javobi berarkan, Martinning oliyjanobligidan foy-
dalanib o‘z javobini imkoni boricha, muloyimroq
izhor etishga urinardi. Dastawal u chekishni
tashlashi kerak. Buni qiz juda qat’iy talab eta-
di. Yo‘q, yo‘q, Martinning muhabbat haqida og‘iz
ochishiga aslo yol qoymaydi. Bu uning qoli-
dan keladi, keyin shunday qilaman deb onasi-
ga ham so‘z bergan. Yuzlari qizargan va butun
vujudini titroq bosgan Ruf man etilgan fikrlami
ming-ming afsus-la xayolidan quvib chiqarardi.
Ilk muhabbat izhor etishni ham qulayroq vaqtga,
munosibroq yigit bilan uchrashguncha, keyinga
qoldirishga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |