Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

247

Bu  ona uchun  ham,  qiz  uchun  ham 

baho  damlar  edi,  qosh  qoraya  boshlagan  payt- 

da ulaming namlangan  ko'zlari yiltirardi.  Ruf -  

ma’suma,  samimiy va tajribasiz qiz;  ona -  meh- 

ribon,  tushunadigan  va  pand-nasihat  qiladigan 

ayol edi.

-   U  sendan  uch  yosh  kichkina,  -   dedi  mis­

sis  Morz,  -  uning  kiborlar  davrasida  hech  qan­

day mavqei yo‘q.  U hech yerda xizmat qilmaydi, 

maosh  olmaydi.  Qolidan  hech  qanday  ish  kel- 

maydi.  Agar  seni  sevsa,  hikoya yozish,  bolalar- 

ga o'xshab xayol  surish o'miga senga uylanish- 

ga imkon va huquq beradigan  biron mashg'ulot 

to'g'risida  о“у1аЬ  ko'rishi  kerak  edi.  Unga  hech 

qachon  es  kirmasa  kerak  deb  qo'rqaman.  U 

mas’uliyatni  sevmaydi,  sening  otangda,  mister 

Betlerda va  umuman,  bizning  davraga mansub 

barcha  kishilarda  bolgani  kabi,  erkak  kishiga 

xos  bolgan  chinakam  ish  axtarib  topish  istagi 

yo‘q unda. Nazarimda, Martin Iden ikki dunyoda 

ham pul ishlab topmasa kerak. Lekin bu dunyo­

da pulsiz yashab  bolmaydi,  pulsiz baxtli bolol- 

maydi kishi. Men, albatta, katta mol-dunyo haqi­

da gapirayotganim yo'q, durustroq kun ko'rishga 

yetadigan  doimiy  daromad  bolsa  bas.  U  senga 

o'z sevgisi to'g'risida og'iz ochdimi?

-   Og'iz  ochgani  yo'q.  Hatto  gapirishga urinib 

ham  ko'rgani  yo'q,  baribir,  gapirsa  ham  quloq 

solmasdim. Axir men uni sevmayman-ku.

-   Bunga  xursandman.  Mening  qizim,  pokiza 

qizim,  bunday  odamni  sevishini  istamasdim. 

Axir dunyoda oliyjanob, pok yigitlar ozmi? Biroz 

sabr qil.  Bir kun emas-bir kun shunday odamni

eng be-



248

Jek  London

uchratib, bir-birlaringni sevib qolasiz. Men otang 

bilan qanday baxtli umr kechirgan bolsam,  sen 

ham  u  bilan  shunday  baxtli  bolasan.  Sen  bir 

narsani yodingda tutishing kerak...

-  Nimani, oyi?

Missis Morz ohista va muloyim ovoz bilan dedi:

-  Bolalaringni.

-  Men...  men buni о у  lagan  edim -  deb  e’tirof 

etdi  Ruf,  ahyon-ahyonda  uning  vujudini  qam- 

rab oluvchi kutilmagan orzularni eslarkan, so‘ng 

uyalganidan yana qizarib ketdi.

-  Martin Iden aynan shu bolalar tufayli senga 

er bola olmaydi, -  dedi missis Morz ma’noli qilib.

-  Bolalar  sof  irqli  bolishi  kerak,  uning  bunga 

qurbi  yetishi  amrimahol.  Otang  matroslaming 

turish-turmushi  haqida  menga  gapirib  berdi, 

sen...  sen gapimga tushunyapsanmi?

Ruf  hamma  narsani  tushunayotganini  his 

qilib,  hayajon  bilan  onasining qolini  siqdi,  hol- 

buki, uning xayolidagi o‘sha dahshatli va mutlaq 

tasawur  hech  vaqt  aniq  va  muayyan  tafakkur 

shakliga kira olmasdi.

-  


Bilasizmi,  oyi, men sizdan hech qachon gap 

yashirmayman,  -   deb  gap  boshladi  qiz,  -   faqat 

ba’zi-ba’zida, bugungiga o'xshab, o‘zingiz ham su- 

rishtirib turishingiz kerak.  Sizga buni anchadan 

beri gapiraman deb yuruvdim, lekin qanday qilib 

boshlashni bilmayotuvdim.  Bu  soxta uyatchan- 

lik,  albatta,  lekin  siz  menga  juda  osongina 

ко‘maklashishingiz  mumkin!  Ba’zida  siz  holim- 

ni  so'rab  turishingiz, yuragimdagini ochib  tash- 

lashimga imkon berishingiz kerak. Axir siz ayol- 

siz-ku!  Oyi!  -   deb birdan  qichqirib yubordi  Ruf,



Martin  Iden

249

u  onasining  qolidan  mahkam  ushlab  va 

ekanliklarini his  qilib, xursand boldi.  -  Agar bu 

suhbatni  siz  boshlamaganingizda,  hech  qachon 

bu  to‘g‘rida  oyiamagan  bolardim.  Sizning  ham 

ayol ekanligingizni anglamoq uchun, awal o'zim- 

ni ayol kishi deb his qilishim kerak edi.

-  Ikkovimiz  ham  ayolmiz,  -   dedi  ona  qizini 

bag'riga bosib quchoqlarkan, -  ular o‘z taqdirla- 

rining  umumiyligi  haqida yangi  tuyg4i  vujudga 

kelganidan  hayajonlanib,  bir-birlarini  quchoq- 

lagancha  xonadan  chiqdilar.  -   Ikkovimiz  ham 

ayolmiz, -  deb takrorladi yana ona.

Missis Morz bir soatdan keyin eriga g4irur bi­

lan:

-   Qizalog'im  nihoyat  o'zini  ayol  deb  his  qila 



boshladi, -  dedi.

-  Ya’ni,  birovni sevib qolibdi demoqchimisan?

-  deb so'radi er xotiniga savol nazari bilan tikilib.

-   Yo‘q,  uni  sevib  qolishibdi  demoqchiman,  -  

javob qildi xotin tabassum bilan. -  Tajriba yaxshi 

natija  berdi.  Qizimiz  qalbida  ayollik  xislatlari 

uyg'onibdi.

-  Unda Idenni chetlatish kerak, -  mister Morz 

qisqagina qilib, jiddiy ohangda yakun yasadi.

Lekin xotini bosh chayqadi:

-  Hojati yo‘q, bir necha kundan keyin o‘zi den­

giz  safariga jo‘nab  ketadi.  Qaytib  kelganida esa 

Ruf bu yerda  bolmaydi.  Uni  Klara xolasinikiga 

yuboramiz.  Bir  yil  mamlakat  sharqida  yashab, 

har xil odamlarni, ularning turish-turmushlari- 

ni ко‘rib kelsa, havo va muhitni o‘zgartirsa, o‘zi- 

ga foyda.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish