Jek London
day kichkinagina uchqun bor ediki, u har hafta
oxirida velosipedda bir yuz qirq mil keladigan
masofani bosib o'tishga majbur etardi. Lekin bu
dam olish emas edi. Bu ham mashinaga o'xshash
mexanik ish edi, bora-bora Martinning qalbida-
gi awalgi hayotidan qolgan birdan-bir nishona
- o‘sha so'nggi uchqun ham so‘ndi. Yettinchi
haftaning oxirida u hech tixirlik ham qilmasdan,
Jo bilan birga qishloqqa jo'nadi va yana dushan-
bagacha hayot quchog'ida ekanligini sezdi.
Biroq keyingi shanba kuni u qaqshagan a’zoyi
badanidagi horg‘inlikni undan ham kuchliroq
horg'inlik bilan bartaraf qilish uchun yana ve
losipedda yetmish mil yol bosdi. Keyin faqat
uchinchi oyning oxirida Jo bilan birga uchinchi
marta qishloqqa bordi. Mast bolib, yana jonlan-
di, gotyo bexosdan chaqnagan yashin yorug'ida
o'zining qanchalik hayvonga aylanganini - ich-
gani uchun emas, moldek ishlagani uchun hay
vonga aylanganini ko'rdi. Mastlik sabab emas,
natija edi. Zaruriyat qonuniga binoan kun orqa-
sidan tun qanday ergashib kelsa, mastlik ham
ish orqasidan shunday ergashib kelardi. Ish hay-
voniga aylanganingdan keyin, hech qachon nur-
li cho'qqilarga chiqa olmaysan: bu fikrni uning
ko'ngliga viski soldi, bu fikrga u qo'shildi. Viski
buyuk hikmatni ochib berdi. U Martinga muhim
bir haqiqatni ko'rsatdi.
Martin qog'oz bilan qalam so'rab oldi-da, bu
tun ulfatlarga viski buyurdi va hamma uning
sogligi uchun ichish bilan band bolganda, u
peshtaxtaga suyamb, qog'ozga bir nimalarni yozdi:
- Jo, telegramma, - dedi u. - O'qib ko'r.
Martin Iden
235
Jo mastlik bilan tirjayib o'qiy boshladi.
o'qigan narsasidan kayfi uchdi-ketdi. U Martinga
ginaxonlik bilan tikildi, ko'zlarida yosh miltilladi.
- Meni tashlab ketmoqchimisan, Mart? - deb
so'radi u g'amgin qiyofada.
Martin «ha» degandek bosh irg‘adi-da, bitta
bolani chaqirib, uni telegrafga g'izillatdi.
- To'xta! - dedi Jo tili zo'rg'a kalimaga kelib. -
Men ba’zi narsalarni о*у1аЬ olishim kerak.
U yiqilib ketmaslik uchun peshtaxtani ushlab
qoldi, Martin esa, to Jo fikrini yig‘ib olguncha,
uni quchoqlab ushlab turdi.
- Ikkala ishchi ketadi deb yoz, - dedi to'satdan
Jo. - Yoz.
- Ammo sen nega ketasan? - deb so'radi
Martin.
- Sen nega ketayotgan bolsang, men ham
shuning uchun.
- Men dengiz safariga jo'nayman, sen borol-
maysan.
- To‘g‘ri, - javob qildi Jo, - lekin men jahon-
gashta bolaman. Judayam qoyil boladi-da.
Martin unga sinovchan ko'zlari bilan bir
daqiqacha tikilib turdi-da, nihoyat dedi:
- Olay agar, to‘g‘ri gapirding! Ish hayvoni
bolgandan darbadar bolgan yaxshi. Har na
bolganda ham bir kuningni ko'rasan. Holbu-
ki, ishlab shu paytgacha hech tuzukroq kun
ko'rmagansan ham.
- Ko'rganman, - deb e’tiroz bildirdi Jo, - bir
marta kasalxonada yotganman. Terlama bolgan-
man, senga aytib bergan edim, shekilli. Judayam
soz bolgan edi-da!
Lekin
236
Jek London
Jm * '
To Martin telegrammadagi «ikkinchi ishchi»
so'zini «kirxonaning ikkala ishchisi» deb tuzat-
guncha Jo hikoyasini davom ettirdi:
-
Kasalxonada yotganimda hech ichgim kel-
magan edi. Qiziq-a? Lekin bir hafta mobaynida
eshakdek ishlaganimdan keyin bir to'yib ichma-
sam bolmaydi-da. Oshpazlaming... nowoylar-
ning ham... molday ichishini hamma biladi.
Ish o‘zi shunaqa. To*xta! Telegramma haqining
yarmini men to layman.
- Qo^sang-chi, keyin hisoblashamiz, - dedi
Martin.
- Hey, bu yoqqa kelinglar, men eriyman! - deb
qichqirdi Jo.
Dushanba kuni ertalab Jo hayajondan hech
o‘ziga kelolmasdi. U boshining og‘riganiga parvo
qilmadi, ishga ham qiziqmadi. U derazaga loqayd
tikilib оЧтЬ, quyoshni, daraxtlami tomosha
qilarkan, qanchadan-qancha qimmatli daqiqalar
oiiib ketdi.
-
Buni qara! - deb qichqirdi u. - Shulaming
hammasi meniki-ku, axir. Ozodlik bu! Men
daraxt soyasida yotib, istasam, ming yil ham
uxlashim mumkin. Yur. Mart, hech narsaga
parvo qilmaymiz. Nimani kutamiz? Oldimiz-
da bekorchilar mamlakati yotibdi, endi men
o'sha yoqqa chipta olaman, lekin orqaga qaytish
uchun chipta olish yo‘q.
Bir necha daqiqadan so‘ng, Jo kir yuvish
mashinasiga kirlami sola turib, mehmonxona
xo'jayinining koyiagini ko'rib qoldi. Jo uning bel-
gisini tanirdi. Endi erishilgan ozodlikdan mast
Martin Iden
237
bolib, u ko'ylakni yerga otdi va uni oyog'i bilan
toptay boshladi.
- Shu ko^lak sening basharang bolsa soz
bolardi, golland to‘ng‘izi! - deb baqirardi u. -
Mana! Seni jazoing shu! Ha! Mana! Qani, biron-
ta odam o'rtaga tushib ko‘rsin-chi! Qani, tushib
ko'rsin!
Martin kula-kula uni tartibga chaqira bosh
ladi. Seshanba kuni kechqurun ikkita yangi
ishchi keldi, Jo bilan Martin haftaning oxiriga-
cha ularga kirxonaning butun yo 1-yo ‘riqlarini
o'rgatish bilan mashg'ul bolishdi. Jo o'tirib olib,
yol-yo‘riq ko‘rsatardi, ammo o‘zi qolini hech
nimaga urmasdi.
- Ahmog‘i yo‘q! - dedi u, - hech narsa qilmay-
man. Muddatdan oldin bo'shatib yuborsa ham
mayli, baribir, qolimni hech nimaga urmay-
man. Ishlab bolganman. Endi yuk vagonlarida
sayr qilaman, daraxt soyalarida yotib uxlay-
man. Hey, shalviraganlar! Tezroq qimirlanglar!
Ter to‘kinglar! Ter to‘kib ishlanglar, jin urgurlar!
Tarrakdek qotganingizdan keyin, siz ham xuddi
men singari chiriysiz, siz qanday yashadingiz-u,
men qanday kun kechirdim, baribir emasmi? A?
Qani, menga ayting-chi, azizlar, baribir emas
mi, axir?
Shanba kuni ular hisob-kitob qilishib, chorra-
hagacha birga borishdi.
- Sen, albatta, men bilan ketmaysan, senga
yolvorishning ham hojati yo'qdir-a? - deb so'radi
Jo tamomila umidsiz qiyofada.
Martin boshini sarak-sarak qilib qo“ydi. U ve~
losipediga minmoqchi bolib turgan edi. Ular qol
238
Jek London
Ш Е Г -
siqishib xayrlashishdi. Jo Martinning qolini bir-
pas ushlab turib dedi:
- Bu dunyoda hali sen bilan yana ko‘rishamiz,
Mart. Yuragim sezib turibdi. Alvido, Mart! Baxt
yor bolsin senga. Yaxshi ko'raman seni, xudo
haqqi, yaxshi ko'raman!
To Martin muyulishga borib ko'zdan g'oyib
bolguncha, Jo yol o‘rtasida uning orqasidan xo-
mush tikilib turdi.
- Ajoyib yigit-da, - deb g'oldiradi u, - juda
ajoyib yigit.
Keyin u yol yoqalab, suv chiqargich tomon
ketdi; u yerda, chekka yolda, besh-oltita bo'sh
yuk vagoni poezd sostaviga ulanishini kutib tu
rardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |