Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

0 ‘N YETTINCHI BOB

Martin  ancha-muncha  yangi  narsalarni  o‘r- 

gandi.  Birinchi haftada ular bir kun Jo bilan ik- 

kovlari ikki yuzta oq koyiakni yuvib dazmolladi- 

lar. Jo to siniga bosimni to g‘rilab turuvchi polat 

prujina boglab uchiga dazmol osilgan mashinani


Martin  Iden

221

boshqardi.  U  shu  tarzda  ko'ylakning 

langan qismlarini dazmollar, keyin uni Martinga 

tashlardi.  Martin ulami taxta ustiga qo^ib,  qol- 

gan qismini dazmollab tugatardi.

Ayni  vaqtda,  bu  soatma-soat  to'xtovsiz  da- 

vom  etadigan  og‘ir,  mashaqqatli  ish  edi.  Meh- 

monxonaning  ayvonlarida  oq  kiyim  kiygan 

erkaklar  va  xonimlar  toza  havo  olib  sayr  qilib 

yurishardi  yoki  pastak  stolchalar  atrofida  o‘ti- 

rishib,  muzdek  ichimliklar  ichishardi.  Lekin 

kirxonada  havo  chidab  bolmaydigan  darajada 

dim.  Cho‘g‘dek qizarib  ketgan  plitadan  gup-gup 

issiq urar edi,  nam koyiaklarga tekkan dazmol­

lar ostidan  bug‘ burqib  chiqardi.  Bu yerda daz­

mollar,  odatda,  uy bekalarining dazmolidan bir- 

muncha kuchliroq qizdirilardi. Barmoqni tupuk- 

lab  turib  qizigan-qizimaganligini  bilishadigan 

dazmollar Martin bilan Jo uchun sovuq hisobla- 

nardi.  Ular  dazmolning  qizigan-qizimaganligini 

aniqlash  uchun,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  uni  yuzlariga 

yaqinlashtirardilar-da,  Martin  uchun  mutlaqo 

mavhum  bolgan  allaqanday  maxsus  bir  has- 

soslik  bilan  uning  haroratini  aniqlardilar.  Agar 

dazmol  judayam  qizib  ketgan  bolsa,  uni  suv- 

ga  tiqardilar.  Bu  ham  zo‘r  malaka va  chaqqon- 

lik talab  qilardi.  Dazmolni keragidan ortiq sovi- 

tish uchun uni suvda bir soniyagina ushlab tu- 

rish kifoya edi;  Martin ham bu og‘ir ishni xuddi 

avtomat singari aniq, benuqson bajarayotganiga 

o‘zi hayratlanardi.

Ammo hayratlanishga vaqt ham yo‘q edi. Mar­

tin butun diqqat-e’tiborini ishga qaratgan edi.  U 

misoli jonli mashinadek ham boshi, ham qoli bi-

kraxmal-



222

Jek  London

'  lan  tinim  bilmay ishlardi,  ish  esa unda  mavjud 

bolgan  jamiki  insoniy  xususiyatlami  zulukdek 

so‘rib olardi. Martinning boshida dunyo va uning 

sirlari  haqidagi  mulohaza  uchun  o‘rin  qolma- 

gan  edi.  Uning  miyasidagi  keng  va  katta  xona- 

lar berkitilib,  mixlab tashlangan edi.  Uning ongi 

shturman hujrasi singari torgina xonaga ко‘chib 

©‘tgan va shu yerdan turib,  qol va barmoqlariga 

bug'i chiqib turgan mato ustida dazmolni qanday 

yurgizish,  kiyimlaming  son-sanoqsiz  yenglari, 

yelkalari,  etaklari,  yonlarini bir enlik ham  chet- 

ga  chiqib  ketmasdan,  bir  me’yorda  izchillik  bi­

lan  qanday  dazmollash  kerakligi,  dazmollanib 

bolgan koyiakni qanday qilib g'ijimlanmaydigan 

qilib  otib  yuborish  haqida  farmoyish  berib  tu­

rardi.  Bir  kotylakni  dazmollab  bolgan  zahoti, 

butun  e’tibori  navbatdagi  ko*ylakka  qaratilardi. 

Shu  tarzda juda  ko‘p  soatlar  o'tardi.  Tashqari- 

da  Kalifomiyaning jazirama  oftobida butun  ha­

yot  to*xtab  qolgan,  lekin  dim  kirxonada  bir  on 

ham  to'xtamasdi.  Chunki  mehmonxona  ayvon- 

larida  salqinlab  o‘tirganlar uchun  muttasil toza 

kotylaklar kerak bolib turardi.

Martin terlab suv bolib ketdi. U haddan tash- 

qari  ko‘p  suv  ichar,  lekin  harorat  shu  qadar 

baland  ediki,  suv  uning  badanida  qolmay,  har 

bir  mo*y tagidan ter bolib  sirtga chiqardi.  Den­

giz  safari  paytida  eng  og‘ir  ish  ham  uning  fikr 

yuritishiga  xalal  bermagan  edi.  Kema  sohibi 

uning vaqtigagina xo jayin edi, mehmonxona so­

hibi  esa  uning  tafakkuriga  ham  xo‘jayin  bolib 

chiqdi.  Martin aqlini ham, vujudini ham holdan 

toydiruvchi  og‘ir  mehnatdan  o‘zga  hech  nima





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish