Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

mushak-


212

Jek  London

-   Menda  yarim  shishaga  pul  chiqib  qoladi. 

Yur. Bir ilojini o^lab toparmiz.

Martin bu taklifni rad etdi.

-  Ichmaysanmi? -  deb so'radi Jo.

Martin  bosh  chayqadi,  Jo  esa  shu  zahoti 

ma’yus ovoz bilan dedi:

-  Senga havasim keladi, lekin men hech tash- 

lay  olmayapman.  Bir  hafta  itday  ishlaganing- 

dan  keyin,  noiloj  qovoqxonaga  borasan.  Agar 

ichib  mast bolmaganimda,  allaqachon bo'ynim- 

ga  pichoq  solvorgan  bolardim,  yo  bolmasa bu­

tun  kirxonaga  o t  qo^ib  yuborardim.  Lekin  se- 

ning  ichmasligingdan  xursandman.  Shu  tarzda 

davom etaver.

Martin  o‘zi  bilan  bu  odam  o'rtasida  qanday 

chuqur  jar  -   kitoblar  yaratgan  jar  yotganini 

ko'rdi; lekin bu jardan qayta sakrab o‘tish uning 

uchun qiyin emas edi. Uning butun umri ishchi- 

lar  orasida  o'tdi,  shunga  ko‘ra,  o‘z  o'rtoqlariga 

hamkorlik hissi uning tabiatida eng katta o‘rin- 

ni egallardi.  Martin ко‘chib o‘tish masalasini bir 

zumda  hal  qildi-qoydi,  holbuki,  miyasi  g‘ovla- 

gan Jo uchun bu nihoyatda mushkul muammo 

edi.  Martin chamadonini Joning chiptasiga ilova 

yuk  sifatida  jo'natib  yuboradi-da,  o‘zi  «Qajmar 

Buloq»qa  velosipedda  boradi.  Yakshanba  kuni 

yetmish  kilometr  у о Ini  velosipedda  bosib  o‘tib, 

dushanba kunidan ishga kirishsa boladi.  Hozir 

u uyiga borib, yuklanni saranjomlaydi. Uning vi- 

dolashadigan hech kimi yo‘q. Ruf oilasi bilan Si- 

erradagi Toxo koli sohiliga butun yoz bo^yi dam 

olgani jo‘nab ketgan.

Martin  «Qaynar  Buloq»qa  yakshanba  kuni 

kechqurun horib-charchab,  changga botib yetib



Martin Iden

213

keldi. Jo uni quchoq ochib qarshi oldi. Jo 

ni  hoi  sochiq bilan  boglab  olgan  edi,  chunki u 

kun bo*yi ishlagan ekan.

-  Seni yollagani ketganligimdan kirlaming bir 

qismi o'tgan haftadan qolgan edi, -  deb tushun- 

tirdi u.  -  Yuking  eson-omon yetib  keldi.  0 ‘zing- 

ning xonangga qo'ydim. O'ziyam zilday oglr ekan. 

Nima solgansan o‘zi unga? Oltin emasmi?

Martin chamadonini ochib,  ichidagi narsalari 

ola boshladi, Jo uning karavotiga otirdi.  Ochigl, 

bu  chamadon  ham  emas,  shunchaki  konserva 

qutisi  edi,  shu  quti  uchun  mister  Xigginbotam 

Martindan  yarim  dollar  olgan  edi.  Martin  bu 

qutiga  arqondan  ikkita  band  yasab,  uni joma- 

donnamo  bir  narsaga  aylantirdi.  Uch-to‘rt  juft 

ichki  kiyim  olganidan  so‘ng,  chamadondan  ha- 

deb  kitoblar keti uzilmay  chiqib  kelaverdi,  buni 

ко‘rib, Joning ko'zlari baqrayib qoldi.

-  Ie! Tagigacha kitobmi deyman? -  deb soVadi u.

Martin tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi-da,  qol-

yuvgich chanoq vazifasini o'tovchi oshxona stoli 

ustiga birin-ketin kitoblarni olib qo'yaverdi.

-  Voy-bo‘!

Jo  shu nido bilan yuragini bo‘shatib olib, jim 

bolib  qoldi,  aftidan,  uning miyasida  allaqanday 

bir fikr tug‘ila boshlagan edi.  Nihoyat u:

-   Sen  qizlarga  qalaysan?  0 ‘chmisan?  -   deb 

so‘radi.

-  Yo‘q, -  deb javob qildi Martin. -  Kitob o‘qish- 

ga berilmasimdan oldin bolib turardi,  endi vaq- 

tim yo‘q.

-   E,  bu  yerda  kitob  o‘qishga  ham  vaqting 

bolmaydi, faqat ishlaysanu uxlaysan.

boshi-



214

Jek  London

Martin  besh  soatlik  uyqu  normasini  eslab; 

kulimsirab  qo'ydi.  Uning xonasi kirxonaning te- 

pasida  edi,  suv  chiqarish,  elektr  quwati  berish 

va kirxonadagi mashinalami harakatga keltirish 

vazifasini  bajaradigan  motor  ham  shu  binoda 

edi.  Qo'shni xonada turuvchi mexanik yangi kel- 

gan  ishchi  bilan  tanishgani  kirdi,  u  elektr  chi- 

rog'ini stoldan karavot boshiga olib yurishga qu- 

lay  bolsin  uchun  uni uzun  simga ulashda yor- 

dam berdi.

Ertasi kuni  ertalab  Martin  soat oltidan  chorak 

otganda  turdi,  unga  nonushta  soat  chorak  kam 

yettida boladi deb aytishdi. Bu yerda xizmat qiluv- 

chilar  uchun  vanna  ham  bor  ekan,  Martin  Joni 

hayratda qoldirib, muzday suvda cho‘milib oldi.

-  

G‘irt tentak ekansan-ku! -  dedi Jo ular osh- 



xonaga kirib nonushtaga o'tirishganda.

Mexanik, bog'bon, boglDon yordamchisi, yana 

ikki-uchta otboqar ham ular bilan nonushta qi- 

lishdi.  Hammalan  tumtayib,  apir-shapir  ovqat- 

lanishar va ahyon-ahyonda bitta-yarimta luqma 

tashlab  qo^yishardi;  Martin bunday sodda  suh- 

batga quloq solib o'tirarkan, bu toifadagi odam- 

lardan  qanchalik uzoqlashib  ketganini  o^ylardi. 

Ularning  mulohazalan  nihoyat  darajada  sayoz 

edi,  shuning  uchun  Martin  bular  davrasidan 

tezroq qutulib chiqishni istardi.  Shuning uchun 

u  ham  maza-matrasiz  suyuq  bo‘tqani  yonida 

o'tirganlar  singari apir-shapir yedi-yu,  oshxona 

eshigidan  tashqari  chiqqandan keyin  erkin  na- 

fas oldi.

Bug‘ bilan ishlaydigan mo'jazgina kirxona eng 

yangi mashmalar bilan juda 

yaxshi 


jihozlangan


Martin  Iden

215

edi;  bu  mashinalar  mashina  bajaradigan  ham- 

ma  ishni  bajarardi.  Martin  qisqagina yol-yo‘riq 

olgandan  keyin,  tog‘-tog‘  bolib  uyulib  yotgan 

kirlami  xillarga  ajratishga  kirishdi,  Jo  esa  bu 

orada  mashinalami  yurgizib  yuborib,  achchiq 

kimyoviy  moddalardan  tarkib  topgan  suyuq 

sovunni kovlay boshladi;  buning uchun u ko'zi, 

og‘zi,  bumini  sochiq bilan  o'rab  olishga majbur 

bolgan  edi,  natijada u  mumiyolangan  murdaga 

o^shadi-qoldi.  Martin  kirlami  saralab  bolgach, 

yuvilganlarini  siqishga  kirishdi.  Buning  uchun 

yuvilgan  kiyim  daqiqasiga bir necha ming mar­

ta  aylanib,  markazdan  qochma  kuch  yordami 

bilan  kiyimdagi  namni  siqib  chiqaradigan  max- 

sus baraban orasiga suqib qo'yilardi.  Martin ha- 

deganda kiyim quritadigan mashina bilan kiyim 

siqadigan  mashina  orasida  bo‘zchining  mokisi- 

day zir yugurib turdi, bo‘sh vaqtlarida yana kalta 

paypoqlar bilan uzun paypoqlami xilladi.  Tush- 

ki ovqatdan keyin ular to dazmollar qiziguncha, 

uzun  va  kalta  paypoqlarni yumalatishdi.  Keyin 

soat oltigacha ichki kiyimlami dazmollashdi,  le­

kin  soat  oltiga jom  chalganida,  Jo  gumonsirab 

bosh chayqab qo*ydi.

-  


Bitira olmadik! -  dedi u.  -  Kechki ovqatdan 

keyin ham ishlashga to‘g‘ri keladi.

Kechki  ovqatdan  keyin  ular  soat  o'ngacha 

ko‘zni  qamashtiruvchi  elektr  shulasida  ishlab, 

eng oxirgi ichki kiyimni dazmollab,  topshirishga 

taxt qilib qotyishdi. Kaliforniyaning issiq tuni, de- 

razalar lang ochilgan  bolishiga qaramay,  kirxo- 

na qizdirilgan plita va dazmollardan о4 bolib yo- 

nardi.  Kotylaklarining yenglarini shimarib  olgan



216

Jek  London

Martin bilan Jo nafaslari qaytib, qora terga botib 

ishlashardi.

-  Xuddi tropik mamlakat portida kemaga yuk 

ortganday  boldim!  -   dedi  Martin  ular  zinadan 

chiqib ketishayotganda.

-  Sen ishni eplab ketasan, -  derdi Jo. -  Juda 

azamat  ekansan.  Bundan  buyon  ham  shunday 

ishlasang,  faqat  bir  oygina  o'ttiz  dollar  olasan. 

Keyingi  oyga  borib,  qirq  dollarning  hammasini 

olaverasan.  Lekin  ilgari hech  dazmol  bosmagan 

bolishing mumkin emas. Meni laqillatib bo‘psan.

-  Xudo haqi, umrimda bir parcha lattani ham 

dazmollamaganman!

Martin  qattiq  charchaganini  his  qildi  va  o‘n 

to‘rt  soat  muttasil  oyoqda  tik  turib  ishlagani- 

ni  unutib,  charchaganidan taajjublandi!  U  soat 

qo‘ng‘irog‘ini  oltiga  to‘g‘rilab  qo^di-da,  uyqu- 

ga  besh  soat  ajratib,  soat  birgacha  o‘qimoqchi 

boldi. U oyoqlariga dam berish uchun botinkasi- 

ni  yechdi,  atrofiga  kitoblarni  uyib,  stol  ortiga 

o'tirdi.  U  Fiskning  kitobini  ochib,  ikki  kun  bu- 

run kelib to'xtagan yeridan o'qiy boshladi.  Lekin 

miyasi yaxshi  ishlamaganidan  bir  abzatsni  ikki 

qaytalab  o‘qidi.  Keyin  mushaklarining  zirqirab 

og‘rishidan,  tog  tomondan  ochiq  derazaga  esib 

kirayotgan  sovuq  shamoldan  uyg‘onib  ketdi. 

Soat ikki edi. U to rt soat uxlab qolibdi.  Shundan 

keyin  yechinib  о miga  yotdi-da,  boshi  yostiqqa 

tegar-tegmas yana uxlab ketdi.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish